«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”
Texnologik uskunalar, jihozlar, inventarlar, idishlar va taralarga qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablari
Download 3.15 Mb.
|
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik jarayonga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Texnologik uskunalar, jihozlar, inventarlar, idishlar va taralarga qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablari
Sut va sut mahsulotlarini qadoqlash uchun ko‘zda tutilgan polimer va boshqa sintetik materiallardan tayyorlangan buyumlar, plyonka, inventar, tara (maxsus idish), idishlar, apparatlar va texnologik jihozlar, oziq-ovqat mahsulotlari bilan aloqada bo‘luvchi materiallar xavfsiz bo‘lishi kerak. Vannalar, metall idishlar va tog‘oralar silliq, ichki tomoni oson tozalanadigan, yoriqlarsiz, tirqishlarsiz, chiqib turgan murvatsiz bo‘lishi kerak. Texnologik jihoz va apparatlar tashqi tomondan zararli qo‘shimchalar saqlamagan, ochiq rangdagi bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi kerak (zanglamaydigan material bilan qoplangan yoki tayyorlangan jihozlardan tashqari). Idishlar va inventarlar tarkibida qo‘rg‘oshin, xrom, kadmiy saqlagan bo‘yoqlar bilan bo‘yash taqiqlanadi. Ishchilar uchun jihozlarni ishlata olish, ishlab chiqarish jarayoni, xomashyo sifatini nazorat qilish, xona va jihozlarni yuvish, tozalash hamda dezinfeksiya qilish imkoniyati ta’minlash maqsadida jihozlar qulay joylashtirilishi lozim. Sut, qaymoq, smetana va boshqa sut mahsulotlarini tayyorlash va saqlash uchun rezervuarlar (tvorog va pishloqni qayta ishlash rezervuarlari bundan mustasno) zich yopiladigan qopqoqlar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Sut mahsulotlari tayyorlanadigan apparatlar, vannalar va boshqa jihozlar suv oqimini sifonli voronka yordamida ajratish orqali oqava suv tizimiga ulanadi. Uskunalar oqava suv tizimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulash va ulardan suvni erga tushishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Korxona ichi transporti va sex ichi taralari tayyor mahsulot va xomashyoning alohida turlari uchun mo‘ljallangan bo‘lishi va mos holda belgi qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Texnologik jarayonga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari Sut va sut mahsulotlarini qabul qilish, qayta ishlash va saqlashning barcha jarayonlari ularni puxta tozalik va buzilishdan, ularga yot modda va predmetlarni tushishidan muhofaza qilish sharoitida o‘tkazilishi kerak. Ishlab chiqarish sanitar-gigiyenik holati mazkur sanitariya qoidalarining 2-ilovasiga muvofiq baholanadi. Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalari tomonidan tasdiqlangan texnologik yo‘riqnomaga rioya etish ustidan javobgarlik masterlar, texnologlar, ishlab chiqarish mudirlari va sex (uchastka) boshliqlari zimmasiga yuklatiladi. Epizootik noxush xududlardan, shu jumladan brutsellyoz va sil kasalliklari aniqlangan xo‘jaliklardan qayta ishlash uchun sut qabul qilinmasligi lozim. Sutni birlamchi qayta ishlash (filtratsiya, sovutish) amalga oshiriladigan korxonada, xom sut saqlanganda, quyidagi qoidalarga rioya etish zarur: qabul qilingan sovutilgan sut, saqlanayotgan (sovutilgan) sut bilan aralashmasligi; kislotaligi 18°T dan yuqori bo‘lmagan, 4°Cgacha sovutilgan sut jo‘natilguncha 6 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqt, 6°Cgacha sovutilgani — 4 soatdan ko‘p bo‘lmagan holda saqlanishi lozim. Sutni tashish davomiyligi 10 soatgacha bo‘lganda, sut 6°Cdan yuqori bo‘lmagan haroratda ortilishi kerak, tashish davomiyligi 10 soatgacha bo‘lganda sut 4°C dan yuqori bo‘lmagan haroratgacha sovutilishi lozim. Korxonalarda sutni pasterizatsiya qilish quyidagi holatlarda o‘tkaziladi: kislotaliligi 19-20°Tli sutlar qabul qilinganda; sutni 6 soatdan ko‘p muddatga saqlash zaruriyati yuzaga kelganda; sutni tashish muddati yuqorida ko‘rsatilgan muddatlardan o‘tib ketganda. Bevosita sut qabul qilishdan oldin tsisternaning shlanglari va shtutserlari dezinfeksiyalanishi va ichimlik suv bilan chayib tashlanishi lozim. Sutni qabul qilish tugagandan so‘ng shlanglar yuvilishi, dezinfeksiyalanishi, qopqoq yoki suv o‘tkazmaydigan g‘ilof bilan yopilishi va kronshteynga osib qo‘yilishi kerak. Sisternaning shlanglari va trubachalarini qayta ishlash uchun yuvish va dezinfeksiyalovchi eritmalar maxsus belgi qo‘yilgan idishlarda saqlanishi kerak. Qabul qilingan sut va qaymoqlar filtrlanishi va zudlik bilan sovutilishi (+4-+2)°C yoki tezlikda pasterizatsiyaga jo‘natilishi kerak. Sovutilgan sutni saqlash muddati +4°Cda 12 soatgacha, +6°Cda 6 soatgacha hisoblanadi. Xom va pasterizatsiyalangan sutni saqlash uchun rezervuarlarga belgi qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Download 3.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling