«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


Maishiy xonalarga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari


Download 3.15 Mb.
bet101/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

Maishiy xonalarga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Maishiy xonalar alohida turgan binolarda, yonma-yon turgan binolarda yoki asosiy ishlab chiqarish binosining ichida joylashtiriladi.
Ishlab chiqarish sexlarida ishlovchilar uchun mo‘ljallangan maishiy xonalar tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
ustki kiyim, uy kiyimi, ish kiyimi, sanitar (maxsus) kiyim va poyafzal saqlanadigan garderob;
toza va kir sanitar kiyimlar saqlanadigan bo‘lim;
dush, hojatxona, ayollarning shaxsiy gigiyena xonasi;
salomatlik punkti yoki tibbiy ko‘rik xonasi, ovqatlanish punkti;
tozalash inventarini saqlash va sanitar tozalash uchun xonalar.
Ish va sanitar kiyimlar uchun mo‘ljallangan shkaf ustki kiyim va uy kiyimlari uchun mo‘ljallangan shkaflardan alohida xonalarda joylashtirilishi kerak.
Dush kiyim ilinadigan shkaf bilan yonma-yon joylashtirilishi kerak. Bunda dushga kirish eshigi oldida alohida kiyim ilgichlar va o‘rindiqlar bilan jihozlangan xona bo‘lishi lozim.
Ishlab chiqarish sexlari, boshqaruv va o‘quv xonalari, umumiy ovqatlanish xonalari, salomatlik punkti bo‘limlarining yuqorisiga hojatxona, dush, ayollar gigiyena xonasi va yuvinish xonalarini joylashtirish taqiqlanadi.
Hojatxonalar o‘zi yopiladigan eshiklar, kirish eshigi oldida dezinfeksion gilamchalar bilan ta’minlangan bo‘lishi, unitazlar suvni tushirish uchun moslamaga, vodoprovod kranlari maxsus boshqaruvga ega bo‘lishi kerak.
Qo‘l yuvish uchun rakovinalar sovun, cho‘tka, qo‘llarni dezinfeksiya qilish uchun qurilmalar, qo‘l quritish moslamasi yoki bir marta qo‘llaniladigan sochiqlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Smenada 5 tonnagacha sutni qayta ishlovchi va kanalizatsiya o‘tkazilmagan joyda joylashgan korxonalar uchun hojatxonalar ishlab chiqarish va ombor xonalaridan kamida 30 metr uzoqlikda tashkil etilishi kerak.
Maishiy xonalardagi to‘siq yuzalarini pardozi quyidagicha bo‘lishi kerak:
dushdagi devorlarning 1,8 metr balandlikkacha bo‘lgan qismi — sirlangan plitkalar bilan qoplangan;
sanitar kiyimi va matolar saqlanuvchi xona, ayollarning shaxsiy gigiyena xonalari — 1,5 metr balandlikkacha sirlangan plitka bilan qoplangan, undan yuqori turgan panellar va undan pastda turuvchi konstruksiyalar suv emulsiyaviy yoki boshqa ruxsat etilgan bo‘yoqlar bilan bo‘yalgan;
dush bo‘limidagi shift moyli bo‘yoq bilan bo‘yalgan, qolgan barcha xonalarda esa shift ohak bilan oqlangan;
barcha maishiy xonalarning poli sopol plitkalar bilan qoplangan bo‘lishi kerak.

Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling