8-mavzu. Sutni dastlabki qayta ishlashda veterinariya sanitariya nazorati
Reja:
Sutni sanitariya-gigiyena talablari asosida olish.
Suti olish gigiyenasi.
Sut har xildagi mikrofloralarning o‘sishi.
Sutning sanitariya – gigiyenik sifatini aniqlash
Ma’lum davlat standartiga muvofiq fermer va boshqa xo‘jaliklarda davlatga sotish uchun sigirlardan sog‘ib olinayotgan sutga yuqori talablar yuklanadi. Qishloq xo‘jalik hayvonlaridan sog‘ib olinayotgan sut jadvalda keltirilgan talablarga javob berishi kerak.
Yaxshi sifatli sutning ko‘rsatkichlari
Sutning turi
|
Yog‘ning miqdori %
|
Zichligi
|
Quruq yog‘sizlantirilgan modda, %
|
Kislotalik oT
|
Sigir
|
32
|
1,027 – 1,038
|
8
|
20 – 22 gacha
|
Qo‘y
|
5 – 10
|
1,034 – 1,038
|
18 – 24
|
23 – 24
|
Echki
|
4,37
|
1,027 – 1,038
|
(10,8 – 18,2)
|
15
|
Baytal
|
1,2
|
1,033 – 1,035
|
9 – 11
|
5 - 7
|
Sut o‘zining organoleptik, fiziko-kimyoviy va mikrobiologik ko‘rsatkichlariga ko‘ra ikki navga bo‘linadi.
21. Sutning organoleptik va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha navlarga ajratish
Ko‘rsatkichlarning nomi
|
Ta’rifi
|
Birinchi nav
|
Ikkinchi nav
|
Tashqi ko‘rinishi kon-si, ta’mi va hidi
|
Bir xildagi suyuqlik, cho‘kma va kuyqasiz, muzlamagan, toza, sutga xos bo‘lmagan hid va ta’mga ega emas.
|
Rangi
|
Oq yoki kuchsiz sariq
|
Zichligi
|
1,027
|
Kislotaligi, oT
|
16-18
|
19-20
|
Etalon bo‘yicha tozalik darajasi
|
1
|
2
|
(Guruhdan past emas)
Reduktaza namunasi bo‘yicha bakteriyalar bilan ifloslanganlik darajasi
|
1
|
2
|
Olib kelingan sutning kislotaliligi va zichligi talabga javob bermasa, sutni yangiligiga, qaymog‘i olinmaganligiga qaramasdan nazorat tekshirishi o‘tkazilgandan keyin navli sut deb qabul qilinishi mumkin. Sutning navliligi tozalik darajasiga va baktyeriyalarning oz-ko‘pligiga qarab aniqlanadi. Kislotaligi 20o dan yuqori, bakteriyalarning miqdori 3-klassdan past va tozaligi etalon bo‘yicha uchinchi guruhdan past bo‘lsa, bunday sut navsiz sutga kiradi. Fermer va davlatning sut xo‘jaliklari va boshqa uyushmalar sutni topshirishdan oldin sutning sifatini yaxshilab tekshirishi va tekshirish natijasi davlat standartining talabiga javob berganda topshirishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |