«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


– rasm. Separatorni xarakatga keltirish mexanizmi


Download 3.15 Mb.
bet36/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

15 – rasm. Separatorni xarakatga keltirish mexanizmi.
1 – dasta; 2 – tirsak; 3 – ustki valik; 4 – katta tishli g‘ildirak; 5 – kichik tishli g‘ildirak; 6 – ostki valik; 7 – bronza shesterna; 8 – urchuq; 9 –ko‘tarib turgich vinti; 10 – bo‘yin podshipnigi; 11 - bo‘yin podshipnigining prujinasi; 12 – baraban.
Shesternalar diametri va tishlari soni evaziga beriladigan harakat tez yoki sekinlashishi kerak aylanishilar soniga erishiladi.
Qo‘l separatori dasta minutiga 45 marta aylantirilganida baraban 7500 marta aylanadi. Harakatga keltirish mexanizmi quyidagicha ishlaydi, dasta yoki elektrodvigatel shkividan harakat katta shesternaga, u harakatni pastki gorizontal valikdagi kichik shesternaga uzatadi. Shu valikning o‘zida bronza shesterna bo‘lib, xropovik bilan qotiriladi, chervyak qirqimlari orqali urchuqqa yopishadi, uning ustida esa baraban joylashadi. Barabanning bo‘sh quvirining bo‘rtigi va urchuqdagi kamtik ularning mahkam birlashishini ta’minlaydi, natijada urchuq bilan birga baraban ham aylanadi. Elektr bilan harakatlanadigan separatorlarda qayish orqali harakat gorizontal valga, friksion markazdan qochirma mufta orqali, bronza shesterna va urchuqqa beriladi.
Korpusi. Korpusda harakatga keltiruvchi mexanizm joylashgan. Uning ostki qismi fundamentga mahkamlanadi, ustki qismida uya bo‘lib, unga baraban 114 joylashtiriladi.Uya devorlari sut idishini joylashishiga moslashgan. SOM 3-1000 separatorning ostki qismida ikkita ostki va ustki moy vannalari mavjud.
Separatorning avtomatik moslamalari va sutdan qaymoqni ajratish.
Separatorning avtomatik qismlariga xropovik, prujina, poplovok va qo‘ng‘iroq kiradi. Xropovik bronza shesterna bilan mustahkam bog‘lanish va ish to‘xtaganda ajratishni ta’minlaydi. Natijada harakatga keltirish mexanizmi o‘chirilgandan so‘ng ham baraban aylanishi davom etadi., Lekin harakatga keltirish mexanizmi buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Prujina – podshipnikni aylanishi davomida mayin harakatni ta’minlab beradi. Qo‘ng‘iroq dastakning qarama-qarshi tomonida gorizontal val boshiga o‘rnatilgan, har aylanganda chalinadi va bir minutdagi aylanishlar sonini boshqarib turish imkonini beradi. Qo‘g‘iroq chalinishini to‘xtashi barabanning me’yorda aylanishidan dalolat beradi. Avtomatik tarzda baraban qopqog‘idagi iflosliklarni tozalash moslamasi hamma separatorlarda ham bo‘lavermaydi.

Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling