«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


Download 3.15 Mb.
bet35/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

Tarelka ushlab turuvchi. Uning tashqi qismida tarelkalarni ma’lum tartibda ushlab turishni ta’minlovchi bo‘rtmalari bo‘ladi. Nayning teshigi qarshisida uchta kamon bo‘lib sutni pastga qarab harakatlanishini ta’minlaydi.
Tarelkalar. Separator rusumiga va unumdorligiga qarab 10 ta dan 100 donagacha bo‘ladi. Tarelkalar ostki, o‘rta va ustki- ajratuvchi, ya’ni qaymoq va yog‘sizlantirilgan sutni qo‘shilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ostki va o‘rta tarelkalar sutni qaymoq va yog‘sizlantirilgan sutga ajratadi, buning uchun sut ushbu 112 tarelkalar orasida yupqa qavat holida o‘tadi, natijada yog‘sizlantirish oson kechadi, yog‘ning yog‘izlantirilgan sutga o‘tishi kamayadi. Ostki tarelkaning uchta teshigi va bo‘rtigi bo‘ladi. U 0,3-0,5 mm bo‘lib tarelkalarni bir-biridan ajratib turadi. O‘rta tarelkalarda bo‘rtik ichki yuzasida, ostki tarelkalarda bo‘rtik tashqi yuzasida joylashgan.
Yuqorigi ajratuvchi tarelka oddiy tarelkalardan teshigining yo‘qligi va bo‘yni borligi bilan farqlanadi. Ustki tarelka tashqi yuzasida uzun yo‘llar bo‘lib kojux yopishishiga yordamlashadi. Tarelka bo‘ynida qaymoq vinti joylashgan, uning yordamida qaymoqning yog‘liligi boshqariladi. Vintning bir aylanasi qaymoqning yog‘liligini 4-5 % ga ko‘paytiradi. Ba’zi separatorlarda, jumladan «Saturn» rusumida vint kojuxda joylashgan va qaymoq yog‘liligi vintni soat yo‘nalishiga teskari harakat qildirish bilan amalga oshiriladi, qaymoq vinti orqali yog‘sizlantirilgan sut oqib chiqadi. Ayrim separatorlarda tarelkalar raqamlanadi, eng tagidagi 1 raqami bilan belgilanadi.
Kojux baraban qopqog‘i hisoblanadi. Uning pastki qismida rifti bo‘lib, tagning kemtigiga kiradi. Kojuxning ichki devorining pastki qismi va tarelkalar o‘rtasida bo‘shliq bo‘lib unda iflosliklar to‘planadi. Qotirish gaykasi barabanni yaxlitligini ta’minlaydi. Rezbaning chapga buralishi baraban aylanishi davomida uning bo‘shab ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Harakatga keltirish mexanizmi. Elektr dvigatelidan harakatni separatorning barabaniga uzatish vazifasini bajaradi. U shkif yoki qo‘l bilan aylantirish moslamasi, ustki gorizontal, katta tishli g‘ildirak, pastki gorizontal valik, kichik tishli g‘ildirak, bronza shesterna va urchuqdan iborat.
Urchuq-harakatga keltiruvchi asosiy qism. Uning ustki qismi qirqimlari bo‘lib barabanni mustahkam o‘rnatishni ta’minlaydi, ostki qismi esa to‘rt yo‘lli chervyakli kesimdan iborat bo‘lib va bronzali shesternya bilan bog‘lanadi. Tovon uning ostidagi vintda o‘tiradi, uning yordamida urchuqning balandligi o‘rnatilib, barabanning qaymoq va yog‘sizlantirilgan sut chiqadigan tarnovlariga mos bo‘lishi ta’minlanadi. Urchuqqa bo‘yin podshipnigi kiydiriladi, natijada uning vertikal holati ta’minlanadi. Bo‘yin podshipnigi ichiga prujina joylashtiriladi.






Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling