«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


Tezlashtirilgan usulda aniqlash


Download 3.15 Mb.
bet46/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

Tezlashtirilgan usulda aniqlash.
1. Probirkaga 10 ml sut solinib, 38-40o C ga isitiladi (suv hammomida).
2. Isitilgan sutga 1 ml metil ko‘kining ishchi eritmasidan solinadi, (1 ml metil ko‘kiga 9 ml suv qo‘shilgan). U eritma oldin tayyorlanib qo‘yilgan bo‘lishi
kerak. Bu sutga solinib, yaxshi aralashtiriladi va yana 38-40o C suv hammomiga qo‘yiladi.
3. Aralashmaning rangsizlanishi 8 minutdan 1 soatgacha kuzatiladi va quyidagi jadvalga qarab bakteriyalar bilan ifloslanganlik darajasi aniqlanadi.


Sutning sanitariya - gigiyena holati
Bu holatni nazorat qilishdan maqsad, fermada sut ishlab chiqarishning sanitariya-gigiyena holatiga e’tibor berish orqali sifatli sut ishlab chiqarishni tug‘ri yo‘lga quyish hisoblanadi.

  • • Tozaligi (guruhi)

  • • Nordonligi (16-180T)

  • • Sinfi (bakteriyalar soni)

  • • Somatik xujayralar soni.



. Sutni sifatini tekshirish
Sutga dastlabki ishlov berish jarayonlari:

  • Sutni suzish.

  • Sutni sovutish.

  • Sutni saqlash.

  • Sutni tashish.

Standart usulda bakteriyalar sonini aniqlash.
Metil ko‘ki ishchi eritmasini tayyorlash. 10 g metil ko‘ki olinib, ustiga 96 % li etil spirtidan 100 ml qo‘shiladi va 37 yoki 38oC haroratdagi termostatga 1 kun saqlanadi. Bu eritma 3 oygacha termostatda saqlanishi mumkin. Shu eritmadan ishchi eritma tayyorlanadi.
Buning uchun eritmani 45 + 1oC suv hammomida 5-10 minut aralashtiriladi, keyin 20oC ga sovutilib,undan 5 ml olinib, ustiga 195 ml distillangan suv qo‘shiladi va aralashtiriladi. Bu ishchi eritma xisoblanadi. Ishchi eritma muzlatgichda 7 kungacha saqlanishi mumkin.
Sutni sinfini aniqlash tartibi.
1. Probirkaga 1 ml metil ko‘kining ishchi eritmasidan qo‘yilib, ustidan 20 ml sut solinadi, rezina qopqoq bilan yopilib, 3 marta chayqatiladi va 37 + 38oC haroratdagi reduktaznikka qo‘yiladi. Yoki suv hammomiga qo‘yiladi. Nur tushmaslik kerak.
2. Suv xammomiga qo‘yilish vaqti belgilab olinadi va 20 minutdan 5,5 soatgacha aralashmaning rangsizlanishi kuzatiladi.
3. Rangsizlanish vaqti aniq bo‘lgandan so‘ng, yuqoridagi jadvalga asoslanib, bakteriyalar soni asosida sinfi aniqlanadi.

Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling