Mastitga tekshirish
Qishloq xo‘jalik hayvonlarini sut bezining holati ma’lum veterinariya dasturlari asosida nazorat qilib turiladi. Klinikasi aniq bo‘lmagan mastit kasalligiga (subklinik) diagnoz qo‘yish uchun dimastin, mastidin namunalari qo‘llaniladi.
Dimastin namunasi
Ishni bajarish uchun kerakli bo‘lgan asboblar va reaktivlar: 4 ta chuqurchali sut plastinkasi, 1 millimetrli pipetkalar, shisha tayoqcha, 5 foizli distillangan suvda tayyorlangan dimastin eritmasi, 1 ml.ga mo‘ljallangan pipetka-avtomat.
Aniqlash tartibi
Maxsus chuqurchali sut plastinkasi olinib, sut bezining har qaysi bo‘lmalaridan 1 millilitrdan sut sog‘ib olinadi (namuna oxirgi porsiya sutdan olinadi) va uning ustiga 1 millilitrdan 5 foizli dimastin eritmasi qo‘shiladi. So‘ngra har qaysi chuqurchadagi sut bilan dimastin, shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi. Agar mastit bilan kasallangan sut olingan bo‘lsa, cho‘ziluvchan quyqa hosil bo‘ladi va aralashmaning rangi qizil tusga bo‘yaladi.
Mastidin namunasi
Bu namuna ham xuddi dimastin namunasi qabi bajariladi. Reaksiyaning natijasi sut bilan mastidin qo‘shilgandan keyin hosil bo‘ladigan aralashmaning quyuqlashishi asosida baholanadi. Agar musbat reaksiya bo‘lsa, aralashma tovuq tuxumi oqsili singari quyuqlashadi va rangi binafsha tusga kiradi. Reaksiya manfiy bo‘lsa aralashmaning rangi och-binafsha tusga kiradi.
12-mavzu. Brutsellyoz kasalligida sutni veterinariya sanitariya jihatdan baholash
Agar sog‘in sigirlari brusellyoz bilan kasallangan bo‘lsa, sutining tarkibida antitela paydo bo‘ladi, shuning uchun ham bunday sutga brusellyoz antigeni qo‘shilsa, antitela bilan antigen bir-biriga yopishadi va sutdagi yog‘ sharikchalarining yuzasiga shimiladi.
Brutsellyoz kasalligida sutni sanitariya jihatidan baholash
Ma’lum bo‘lishicha, brutsellyoz kasalligining uch turining brutsellalari odamlar uchun xavfli hisoblanadi va ular odamlarda kasallik keltirib chaqiradi.
Br. Abortus bovis
Do'stlaringiz bilan baham: |