«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


Download 3.15 Mb.
bet51/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

Listerioz
Bu kasallik bilan sog‘in sigirlar, qo‘y va echkilar hamda odam ham kasallanadi. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi sut bezida hamda sutning tarkibida bo‘ladi. Lekin hozirgi vaqtgacha hayvonlar va odamning bu kasallik bilan kasallanish yo‘llari aniqlanmagan. Kasal hayvonlardan olingan sutni ishlatishdan oldin 80o haroratda 30 daqiqa pasterizatsiya qilinadi.
Leptospiroz
Sutning tarkibidan leptosperlarni ajratib olish mumkin, lekin odamlarni bu kasallik bilan xom sutni iste’mol qilganda, kasallanishi uchramagan. Kasal hayvonlardan olingan sutning rangi sariqqa bo‘yalgan va yoki uning tarkibida qon aralashmalari bo‘lganda, bunday sut qaynatish yo‘li bilan zararsizlantirilib, hayvonlar uchun ozuqa sifatida ishlatilishi mumkin.
Tulyaremiya
Bu kasallik bilan qo‘y, echki, ot, qoramol, tuya va boshqa hayvonlar kasallanishi mumkin. Odamlar sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida kasallikning qo‘zg‘atuvchisi bo‘lganda kasallanadi. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi sutda o‘zining faolligini 8 kungacha, muzlatilgan sutda 104 kungacha saqlaydi. Sut 60o haroratda 5 daqiqa isitilganda kasallikning qo‘zg‘atuvchisi halok bo‘ladi. Kasal hayvonlardan olingan sut xo‘jalikning o‘zida qaynatish yo‘li bilan zararsizlantiriladi. Zararsizlantirilgan sutni oziq-ovqat sifatida ishlatish mumkin.
Qo‘y va echkining yuqumli agalaktiya kasalligi
Bu kasallikda hayvonlarning sut berishi to‘xtaydi. Kasallikka xos belgilardan sut bezning yallig‘lanishi hisoblanib, sut havo rangiga kirib, ta’mi sho‘r bo‘ladi. Kasal hayvonlardan olingan sutning kimyoviy va fizikaviy tarkibining o‘zgarishi o‘rganilmagan.
Ko‘pgina tekshirishlar natijasida shu narsa aniqlanganki, sut bilan kasallikning qo‘zg‘atuvchilari ajralib chiqadi, lekin bunday ajralish kasallik tuzalgandan to‘rt oy o‘tgandan keyin boshlanadi. Kasal hayvonlardan olingan sutning organoleptik ko‘rsatkichlari o‘zgargan bo‘lsa yo‘qotiladi. Agar hayvonlarda kasallikning ko‘z yoki bo‘g‘um formalari bo‘lsa, ulardan olingan sut qaynatilgandan keyin oziq-ovqat sifatida ishlatilishi mumkin. Qo‘ychilik va echkichilik xo‘jaliklarida bu kasallik uchrab turadigan bo‘lsa, olinayotgan sut xo‘jalikning o‘zida pasterizatsiya qilinishi kerak.

Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling