«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


Download 3.15 Mb.
bet57/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

Sutni tashish
Sutni yig‘ishtiradigan punktlarga va sut zavodlariga olib borish uchun flyaga va sisternalar ishlatiladi (hajmi 2 dan 20 ming)
l). Bular issiqlikni o‘tkazmaydigan materiallar bilan o‘ralgan bo‘ladi.
Ayrim paytlarda temir yo‘l sisternalaridan foydalaniladi (hami 30 t). Sisternaning ichidagi sutning harorati 1,5-2o bo‘lishi kerak.
Sut bilan to‘ldirilgan flyagalarning og‘ziga rezina halqalari qo‘yib yopiladi.
Yozda flyagalar sut bilan qopqog‘igacha to‘ldirilishi kerak, chunki to‘ldirmasa chayqalib, yog‘ ajralishi mumkin. Qishda u darajada to‘ldirilmasa ham bo‘ladi. Sutni tashib olib borishda, yozda isib ketmasligi va qishda muzlamasligi uchun flyagalar tashqi tomonidan biror himoya qiladigan narsa bilan yopilishi lozim. Hozirgi vaqtda sutni tashish markazlashtirilgan usulda tashkil qilinib, bunda issiqlik va sovuqlikni o‘tkazmaydigan vagonlar yoki avtotsisternalar ishlatiladi. Zaharli va yomon hid chiqaradigan moddalar bilan sutni tashib borish taqiqlanadi.


Sut va sut mahsulotlarining ekspertizasi
Sutni tekshirish va Davlat standarti asosida sutning tovarlik sifatini aniqlash
Tekshirishdan maqsad
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tarmoqlarida jamoa va davlat xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilayotgan sut o‘zining sifat ko‘rsatkichlariga binoan, davlat standarti talabiga javob berishi kerak. Umumiy ta’limotlarga ko‘ra sutning tarkibi juda ham murakkab birikmalardan tashkil topgan. Agar yuqori sifatli sut yetishtirishda veterinariya-sanitariya tadbir-choralariga e’tibor qilinmasa, sutning tarkibiy qismi tezda o‘zgaradi. Shuning uchun ham chorva mutaxassislari, vetvrachlar sutning tarkibini o‘zgarganligini o‘z vaqtida aniqlab, uning oldini olish tadbirlarini ko‘rishlari kerak. Sut tarkibiy qismlarining har tomonga o‘zgarishini yaxshi aniqlash uchun, mutaxassislar yuqori bilimga ega bo‘lishi kerak. Asosiy maqsadlardan biri sog‘in sigirlardan olinayotgan sutlarni o‘z vaqtida ekspertiza qilishga asoslangan.
Sutdan o‘rtacha namuna olish usullari, tekshirilayotgan sutlardan to‘g‘ri namuna olish Davlat standarti talabi asosida belgilangan.
Sutdan to‘g‘ri namuna olinsa, hamma o‘tkaziladigan tekshirishlar natijasi yaxshi bo‘ladi. Agar sutdan namuna olishda xatoga yo‘l qo‘yilsa, tekshirishdan olingan natija xulosasi noto‘g‘ri bo‘ladi.
Bundan tashqari namuna olish paytida shu mahsulot uchun javobgar kishi ishtirok etish kerak. Sutchilik ishida kimyoviy yoki bakteriologiya tekshirish uchun namuna olinadi. O‘rtacha namuna har xil ishlab chiqarish sharoitlarida olinadi. Jumladan, sutning tarkibini har qaysi alohida sog‘in sigirlardan olib o‘rganish uchun molxonalarda, yoki yozgi lagerlarda olinadi. Sutni xo‘jaliklar bo‘yicha ta’riflashda molxonalarda, yoki fermalarda sog‘in sigirlar sog‘ilgandan keyin o‘rtacha namuna olinadi. Davlatga topshirilayotgan sutning sifatini aniqlash uchun sutni qabul qilib olish joylarida taroziga tortishdan oldin namuna olinadi. Sutning kislotaliligini va yog‘ini aniqlashda 50 ml, bordiyu boshqa tekshirishlar o‘tkazish kerak bo‘lsa, shu jumladan, sutning zichligi va uning tarkibidagi oqsilni aniqlash uchun 200-250 ml sut namunasi olinadi.



Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling