«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


Ishni bajarish uchun kerakli bo‘lgan asbob-uskunalar


Download 3.15 Mb.
bet58/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

Ishni bajarish uchun kerakli bo‘lgan asbob-uskunalar
Sutni aralashtiradigan ko‘rakcha, chiqish teshigi 6 mm, ichki kengligi 9 mm bo‘lgan temir nay, maxsus o‘lchagichlar, sut oladigan idishlar yoki o‘lchov silindri, 200-250 ml sig‘imdagi butilkachalar (tiqini bilan), 10 foizli bixromat kaliy, 37-40 foizli formalin, tomizgich, 1 ml hajmdagi pipetkalar.
Ish bajarish tartibi
Flyagalarda, vannalarda yoki boshqa idishlarda olib kelingan ma’lum bir sut partiyalaridan namuna olishda har qaysi idishdan proporsional miqdorda sut namunasi olinib, umumiy yig‘ishtirilayotgan krujkalarga yoki pakirga solinadi. Ma’lum bir guruhlarga kiradigan sog‘in sigirlaridan namuna olishda ertalabki, tushki, kechqurun sog‘ilgan sutlardan o‘rtacha namuna proporsional ravishda olinadi. Idishlarda tinch turgan sut yuzasida tezda yog‘ yig‘ilib qolishni nazarda tutgan holda, namuna olishdan avval sut yaxshilab aralashtirilishi lozim.
Sut 8-10 marta aralashtirgich ko‘rakcha yordamida pastga - yuqoriga qilib aralashtiriladi. Agar idishlardagi sut uzoq vaqt turgan yoki juda yaxlagan, qisman muzlagan, sut yuzasi qaymoqlangan bo‘lsa, namuna olishdan oldin sut 30-35o darajada isitilishi kerak. Aralashtirilgan sutdan namuna olishda metall nay ishlatiladi, ya’ni bu nayni shunday tezlikda idishga tushirish kerakki, bunda nay ichida va idishda hamma vaqt sutning sathi bir xilda bo‘lishi kerak. (10 - rasm).
Sutga botirilgan noyning yuqori teshigi barmoq bilan bekitilib, nay ichidagi sut butilkachalarga solinadi. Nay ichidagi sut tezlikda tushib ketmasligi uchun nayni doimo vertikal holatda ushlash kerak. Turli idishlardan namuna olishda nayni shu idishdagi sut bilan chayqash kerak. Namuna olish uchun ishlatiladigan butilkachalar quruq bo‘lib, namuna olinayotgan sut bilan chayqalishi kerak. Har qaysi olingan sut namunasi bir soatdan kechiktirilmasdan sutning organoleptik ko‘rsatkichlari, tozaligi, bakteriyalar bilan ifloslanganligi, zichligi va kislotaliligi aniqlanishi kerak.
Namuna olish uchun nay bo‘lmasa, o‘lchov silindri yoki cherpak bilan sut o‘lchab olinadi, lekin oldindan olingan namuna proporsional bo‘lishi uchun hisob qilinadi.
Masalan, ikki sutkada sog‘in sigirlaridan sog‘ilgan sut uchun o‘rtacha sut namunasi tuzing. Namuna uchun olingan sutning miqdori 200 ml bo‘lishi kerak. Ikki sutkada ikki martadan sog‘ilgan sutning miqdori 24 litr deb taxmin qilinsa, har qaysi litr sutdan 200 : 24 = 8 ml sut olinadi, ya’ni birinchi kun ertalabki sog‘inda 5 litr, kechkisida 7 litr, ikkinchi kun ertalab va kechqurun sog‘ilgan sut 6 litrdan, bunda birinchi sutkada ertalabki sog‘inda olingan sut:
5 ∙ 8 ml = 40 ml
kechki sog‘inda 7 ∙ 8 = 56 ml
ikkinchi sutkada ertalabki sog‘inda olingan sut
6 ∙ 8 = 48 ml.
kechki sog‘inda 6 ∙ 8 = 48 ml
ikkinchi sutka ichida jami sut: 192 ml, yoki umumlashtirganda 200 ml sutni tashkil etadi.

10-rasm. Sutdan o‘rtacha namuna olish tartibi 1- flyagadagi sutni qo‘zg‘atkich bilan aralashtirish; 2-nay bilan sut namunasini olish; 3- olingan namunani butilkaga qo‘yish; 4-namunalarni yashikka joylash.

Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling