«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


Pishloq yoki brinzaning tarkibidagi suvni suvsizlantirilgan yog‘ yoki parafinda aniqlash


Download 3.15 Mb.
bet74/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

Pishloq yoki brinzaning tarkibidagi suvni suvsizlantirilgan yog‘ yoki parafinda aniqlash.
Aniqlash usuli.
1. Quruq alyumin stakanchaga pergament qog‘oz qo‘yilib, uning ustidan 0,5 sm qalinlikdagi suvsiz yog‘ yoki parafin solinib, tarozida tortilib uning ustiga 5 g pishloq o‘lchab solinadi. Stakancha maxsus ushlagichlar yordamida ushlanib gaz yoki spirtovka alangasida qizdiriladi. Qizdirish aralashma qo‘ng‘ir rangga aylanguncha va chirsillash ovozi tinguncha davom ettiriladi. Stakan sovutilib, tarozida tortilib, maxsus formula yordamida pishloqning tarkibidagi namlik miqdori aniqlanadi:
(a - b) • 100
V = -----------------:
a – b1
Bu yyerda:
a – alyumin stakan, qog‘oz, parafin va pishloqning qizdirishgacha bo‘lgan og‘irligi, g
b – alyumin stakan, pergament qog‘ozi parafin va pishloqning qizdirilgandan keyingi og‘irligi, g
b1 – alyumin stakan qog‘oz va parafinning og‘irligi, g
Pishloq yoki brinzaning tarkibidagi quruq modda miqdorini aniqlash uchun, 100 sonidan suvning foizdagi miqdori ajratiladi.
Misol: a = 53,1 kg : b = 51,1 g : b1 = 48,1 g

53,1 – 51,1 x 100


V = ----------------------- = 40 %
53,1- 48,1
Bunda: 100 – 40 = 60 %
Demak, pishloq tarkibida 60 % quruq modda bor.
Pishloqning tarkibidagi yog‘ miqdorini kislotali usul bilan aniqlash.
Kuchli sulfat kislotaning ta’sirida pishloqning tarkibidagi yog‘siz organik moddalarning erishi oqibatida, pishloqning tarkibidagi yog‘ ajralib chiqadi, ayniqsa izoamil spirti solinib, sentrafugada aylantirilishi bu jarayonni yanada tezlashtiradi.
Aniqlash tartibi:
Jiromerga zichligi 1,50 – 1,55 g/smz ga teng bo‘lgan sulfat kislotasidan 10 ml solinib, uning ustiga 2 g pishloq yoki brinzadan o‘lchab solinadi.
Pishloqning ustidan 9 ml yana shu sulfat kislotasi va 1 ml izoamil spirtidan solinib, jiromerning og‘zi yopiladi, harorati 70-75oS teng suv hammomiga qo‘yilib, tez-tez chayqatilib, to‘liq eriguncha suv hammomida saqlanadi. Keyingi aniqlash usuli sutning tarkibidagi yog‘ni aniqlashdek, olib boriladi.
Jiromer shkalasidagi yog‘ning ko‘rsatkichlariga qarab, pishloqning tarkibidagi yog‘ foizi qo‘yidagi formula yordamida aniqlanadi.
J = R x 5,5
J – pishloqning tarkibidagi yog‘, %
R – jiromer shkalasidagi yog‘ning miqdori, %
5,5 – doimiy koyeffisent
Quruq modda hisobidagi yog‘ miqdori %, qo‘yidagi formula yordamida aniqlanadi.
J x 100
S = ----------------
SV
S – pishloqning quruq moddasi hisobidagi yog‘, %
SV – pishloqning tarkibidagi quruq modda, %
Misol: Pishloq quruq moddasining tarkibidagi yog‘, %.
pishloqning jiromyerdagi yog‘ ko‘rsatgichi 5,6
pishloqning tarkibidagi quruq modda 60 %

J = 5,6 x 5,5 = 30,8 %


30,8 x 100


S = ----------------- = 51,3 %
60
Demak, pishloq tarkibidagi quruq moddasining 51,3 % ni yog‘dan iborat ekan.

Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling