Sut achitqi pishloqlar saqlangan (yashil) va yangi (choy, kofe uchun). Shuningdek eritilgan yoki qayta ishlangan pishloqlar ham bo‘ladi.
A.I.Chebotarov tasnifi bo‘yicha barcha pishloqlar 3 sinf, sinf osti, tip, guruh va turlarga bo‘linadi. Har bir turdagi pishloq aniq shakl, orgonoleptik xossalar va kimyoviy tarkibiga ega bo‘lib, andoza talablari darajasida bo‘lishi kerak.
Ko‘pchilik pishloqlarning yetilishi davrida kazein oqsili murakkab biokimiyoviy jarayonlar ta’sirida o‘ziga xos (spesifik) ta’m va xushbo‘y hidni hosil qiladi.
Pishloqni tayyorlash uchun qo‘yidagi ishlar bajariladi.
Sutni uyushga tayyorlash, uyutish, uyugan oqsilni kesish va unga ishlov berish, pishloq mahsuliga shakl berish, yetilishi va yetilgan pishloqqa ishlov berish.
Pishloq tayyorlash jarayonlarining turiga qarab, ferment ta’sirida (fermentli), sut kislotasi ta’sirida uyutilsa, nordon pishloq deb ataladi.
Pishloqlar katta, kichik, o‘z o‘zidan bosiladigan (samopressuyushiye) yumshoq va tuzlangan pishloqlarga bo‘linadi. Katta pishloqlarga Shvesariya, Sovet, Rossiya pishloqlari misol bo‘ladi.
Mayda pishloqlarga: Golland (dumaloq yoki to‘rtburchak), Yaroslav, Latviya va boshqa pishloqlar kiradi.
Yumshoq pishloqlarga: Rokford, Dorogolyubov va boshqa tuzlangan pishloqlar – brinza, chanah Moldaviya va boshqalar kiradi.
Pishloqlarni tayyorlash uchun kerakli asbob uskunalar.
1. Pishloq tayyorlash uchun vanna, mexanikaviy aralashtirgich pichog‘i bilan.
2. Liralar (oqsil xamirini kesish uchun)
3. Har xil shaklli qoliplar.
4. Pishloqni yetilishi uchun salqin etajerkalar, xonalar (podval)
5. Tayyor yetilgan pishloqni parafinlaydigan qozon va boshqalar.
Ko‘p tarqalgan pishloqlar xarakteristikasi. Pishloq
|
Bir donasining og‘irligi, kg
|
Quruq modda hisobi da, yog‘, %
|
Namligi kamida,
%
|
Tuz,
%
|
Yetilish vaqti,oy hisobida
|
Dumaloq Golland
|
3 – 3,5
|
50
|
43
|
2 – 3,5
|
2,5
|
To‘rtburchak Golland
|
5 – 6
|
45
|
44
|
2 – 3,5
|
2,5
|
Rossiya
|
11 – 13
|
50
|
43
|
1,3 – 1,8
|
2,3
|
Kostroma
|
9 - 12
|
45
|
44
|
1,5 – 2,5
|
2
|
Yaroslav
|
12 - 13
|
45
|
44
|
1,5 – 2,5
|
6
|
Shvesariya
|
50 - 100
|
50
|
42
|
1,5 – 2,5
|
4
|
Oltoy
|
12 - 22
|
50
|
42
|
1,5 – 2,5
|
4
|
Sovet
|
12 - 16
|
50
|
42
|
1,5 – 2,5
|
4
|
Latviya
|
2,2 – 2,5
|
45
|
48
|
2 – 3,5
|
2
|
Do'stlaringiz bilan baham: |