«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


Asidofilin va qimizdan o‘rtacha namuna olish


Download 3.15 Mb.
bet69/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

Asidofilin va qimizdan o‘rtacha namuna olish.
Laboratoriyada tekshirish uchun asidofilin va qimiz ular qadoqlangan bo‘lsa, 100 yashikdan, 1-2 ta idish (butilka) yoki poket olinadi. Yosh qishloq xo‘jalik hayvonlarini oziqlantirish uchun tayyorlangan asidofilin bo‘lsa, flyagadan o‘rtacha namuna olinadi, namuna olish tartibi esa xuddi sutdan o‘rtacha namuna olish kabi olib boriladi. O‘rtacha namuna olishdan oldin yaxshi aralashtiriladi va cho‘mich bilan 50-100 ml miqdorda asidofilin olinadi. O‘rtacha namuna olingandan so‘ng, uni 4 soat ichida tekshirish lozim. Tekshirishdan oldin yana aralashtiriladi, tarkibi barcha joyda bir xil bo‘lishi maqsadida. Harorati esa 20+20 C bo‘ladi. Qimizdan o‘rtacha namuna olish biroz murakkablikni namoyon etadi. Idishlar chaykalganda, unda ko‘pik va karbonat angidrid gazi hosil bo‘ladi. Bu hol namunani olishning aniqlik miqdoriga salbiy ta’sir qiladi. Gazni chiqib ketishi uchun qimiz konussimon kolbaga qo‘yiladi va suv hammomida 30-350C haroratga qizdirilib, 10 minut aralashtiriladi. Keyin namuna 20+20C ga sovutiladi. So‘ngra uni tekshirish mumkin (nordonligidan boshqa ko‘rsatkichlarini), nordonligini tekshirishda qimiz qizdirilmaydi.


Nordonlikni aniqlash.
Kolbaga pipetka bilan 10 ml aralashtirilgan mahsulotdan solinadi. Pipetka devoridagi qoldiq holdagi mahsulot distillangan suv bilan yuvib tushiriladi. Buning uchun kolbadan pipetkani olmasdan turib, boshqa pipetka yordamida undan 20 ml distillangan suv quyiladi.
Aralashmaga indikator sifatida 2-3 tomchi fenolftaleinning 1 % spirtdagi eritmasidan tomiziladi va byuretka orqali natriy yoki kaliy gidroksidining 0,1 normal eritmasi bilan och binafsha rang hosil bo‘lguncha titrlanadi (rang 1 minut davomida yo‘qolmasligi kerak).
Titrlash uchun sarflangan ishqorning miqdorini 100 ml mahsulotga tenglashtirib olish zarur, chiqqan son uning nordonligini bildiradi.
Masalan: 1,8 ml sarflandi (10 ml uchun).
1,8x10=180T (bu 100 ml mahsulotda nordonlik ko‘rsatkichdir).
Parallel ravishda aniqlanayotgan namunaning nordonligi bilan o‘rtadagi farq 10T dan oshmaslik lozim.
Sut mahsulotlari asosan yog‘i olingan yoki yog‘i olinmagan sutdan tayyorlanadi. Tayyorlash jarayonida sut kislotasini hosil qiluvchi mikroorganizmlarning toza kulturasi ishlatiladi, ya’ni bu mikroorganizmlar qanday sut mahsuloti tayyorlanayotgan xiliga qarab, sut kislotali va spirtli bijg‘ish natijasida oziq-ovqat mahsulotlaridan chuchuk qatiq (prostokvasha), asidofilin va asidofil suti, suyuq qaymoq, tvorog hamda sut kislotali va spirtli bijg‘ish natijasida kefir va qimiz tayyorlanadi. Sut kislota mikroorganizmlarning (Str.lactis, B.bulgaricum, B.acidophilum va boshqalari) ta’siri natijasida laktoza parchalanib, sut kislotasi hosil bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida, kazeinat kalsiyga ta’sir qilib, kalsiyni ajratadi va uni vodorod bilan almashtiradi va natijada quyqa hosil qiladi. Asidofil tayoqchasi boshqa sut kislota bakteriyalariga nisbatan, yo‘g‘on ichak bo‘limi ichaklari ichida yaxshi yashash qobiliyatiga ega. Bu tayoqchalar yordamida asidofilin va asidofil suti tayyorlanadi. Asidofil suti, chuchuk qatiq pastalari yuqori qiymatli oziq-ovqat hisoblanib, ko‘pgina kasalliklarni davolashda, shu jumladan oshqozon-ichak kasalliklarini va yiringli jarohatlarni davolashda dorivor mahsulot sifatida ishlatiladi. Hozirgi vaqtda shu narsa aniqlanganki, asidofil tayoqchalari, sutli achitqilar va ayrim sut kislota streptokokklari antibiotik moddalar ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lib, bu moddalar qorin tifi, dizenteriya, sil kasalliklarining qo‘zg‘atuvchilarini o‘ldirish qobiliyatiga ega.
Sut tarkibida, sut kislota bakteriyalarining rivojlanishidan diplokokksin, streptosin, laktolin va boshqa antibiotiklar ajratilgan. Sut kislota mikroorganizmlari va sut achitqilari ta’siri ostida laktoza parchalanishidan sut kislotasi, shu bilan birgalikda sut achitqilari ta’siridan galaktozaning parchalanishidan laktozalardan glyukoza hosil bo‘lib, bu esa spirt hosil bo‘lishining manbai hisoblanadi.

Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling