«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”
Download 3.15 Mb.
|
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sut konservalari.
- Nordonligini aniqlash.
Tarkibidagi yog‘ miqdorini aniqlash.
1. Jiromerga 10 ml sulfat kislotasi (zichligi 1,81-1,82 g/sm3); 10,77 ml aralashma sut va 1 ml izoamil spirti solinadi. 2. Aniqlash tartibining keyingi qismi, xuddi sutni tarkibidagi yog‘ni aniqlash kabi olib boriladi. 3. Quyiltirilgan sutning tarkibidagi yog‘ miqdorini topish uchun jiromer shkalasidagi son 2,57 ga ko‘paytiriladi. Sut konservalari. Sut konservalari pasterlangan, sterillangan, quyiltirilgan yoki quritilgan holatda ishlab chiqariladi. Quyiltirilgan sut sut konservalarining vitaminlashtirilgan turlari ham mavjud. Sut konservalarining laboratoriya sharoitida tarkibidagi yog‘ va namlik ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Namligi refraktometr asbobi yordamida aniqlanadi.Sut konservalarining tarkibidagi yog‘ miqdori ham ishlab chiqarilishiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. 31-32 rasmlar. Pasterlangan va sterillangan sut konserva mahsulotlari. Tarkibidagi yog‘ miqdorini aniqlash xuddi oddiy sutniki singari olib boriladi. Quyiltirilgan va quritilgan sutda yog‘ miqdorini aniqlash biroz farq qiladi. Nordonligini aniqlash. 1. Kolbaga 10 ml aralashma sutdan olinib, ustidan 20 ml distillangan suv solinadi. 2. Aralashmaga 3 tomchi fenoftoleindan tomizilib, aralashtiriladi va 0,1 normal NaOH bilan och binafsha rang hosil bo‘lguncha titrlanadi (Ushbu rang 1 minut ichida yo‘qolmasligi kerak). 3.Titrlash uchun sarflangan ishqorning miqdori 25 ga ko‘paytiriladi.Chiqqan son uning nordonlik darajasini bildiradi (oT). Tarkibidagi namlik miqdorini aniqlash (RL-2 REFRAKTOMETR asbobi yordamida). Ushbu asbob yordamida aniqlash, quyiltirilgan sutni tarkibidagi quruq moddaga bog‘liq bo‘lib, nur singdirish ko‘rsatkichiga asoslangan. Tarkibidagi namlik, tayyor mahsulotda o‘rganiladi. Vakuum apparatda ham o‘rganiladi. Bu quyiltirilganlik darajasini tugallangaligini bildiradi. Vakuum apparatidan olingan namuna asosida qaynatib, tayyorlanganlik darajasini aniqlash. 1. Refraktometr asbobi o‘rnatiladi. 2. Refraktometrni pastki prizmasiga 1 tomchi sutdan tomiziladi va ustki prizma bilan yopiladi. Oynasi yordamida yorug‘lik nuri ustki prizmaga yo‘naltiriladi. 3. Okulyar orqali kuzatiladi. Nur tushayotgan va yorug‘likni soya chegarasiga richagi aylantiriladi. 4. Okulyar harakatlantiriladi, toki ko‘rish oynasida yorug‘lik chegarasi soyasi bir-biriga mos kelguncha (ustma-ust tushguncha). 5. Refraktometrning shkalasi orqali quruq modda miqdori hisoblanib topiladi. 100 sonidan quruq modda miqdorini ajratib, namlik miqdori topiladi. Masalan: Refraktometrning o‘ng tomonidagi shkalasida quruq modda miqdori 74 %. Bunda 100 - 74 = 26 %. Demak, quyiltirilgan sutning tarkibidagi namlik miqdori 26 % ga teng. Sterillangan va quyiltirilgan sutdan o‘rtacha namuna olish suv bilan aralashma tayyorlash, tarkibidagi yog‘ , nordonlik va boshqa ko‘rsatkichlar xuddi qand bilan aralashtirilgan sutdagi kabi olib boriladi. Faqatgina yog‘ miqdorini aniqlashda 3 marta sentrifugaga qo‘yish talab etiladi. Download 3.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling