«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”
Ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi talablar
Download 3.15 Mb.
|
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxona hududini loyihalashtirishga bo‘lgan sanitariya-gigiyena talablar
- Ishlab chiqarish sexlari va yordamchi xonalarga bo‘lgan sanitariya-gigiyena talablari
Ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi talablar
Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning sanitariya himoya mintaqasi SanQvaN 0350-17-son “O‘zbekiston Respublikasi aholi turar-joy atmosfera havosini muhofaza qilish sanitariya qoidalari va normalari”ga muvofiq belgilanadi.Ishlab chiqarish sexlarini yerto‘la xonalari va bino devorining eng pastki qismi (tsokol) qavatlarida joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Korxona hududini loyihalashtirishga bo‘lgan sanitariya-gigiyena talablar Sut va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar shamol yo‘nalishini e’tiborga olgan holda, turar joy binolari, davolash-profilaktika va madaniy-maishiy muassasalardan keyin, zararli moddalar ajratib chiqaruvchi ishlab chiqarish korxonalardan oldin joylashtirilishi lozim. Korxona hududini loyihalashtirishda yog‘ingarchilik va oqava suvlarning oqib ketishi ko‘zda tutilishi kerak. Bunda, mahsulotlarni saqlash bazasidan, sanitariya bloki va yoqilg‘i xo‘jaligidan chiqadigan chiqindi suv korxonaning qolgan qismiga tushmasligi lozim. Korxona hududi toza holda saqlanishi kerak. Unda tozalash ishlari har kuni o‘tkaziladi. Qattiq chiqindilarni yig‘ish uchun qopqoqli metall baklar yoki metall konteynerlardan foydalaniladi, ular qo‘yiladigan maydon bak va konteynyer egallagan joydan uch karra katta bo‘lgan asfaltlangan yer bo‘lishi kerak. Bunday maydonlar ishlab chiqarish va yordamchi xonalardan 25 metr uzoqda joylashtirilishi kerak. Ishlab chiqarish sexlari va yordamchi xonalarga bo‘lgan sanitariya-gigiyena talablari Ishlab chiqarish sexlari bilan maishiy xonalar alohida joylashtirilishi kerak. Xonalar ko‘p yoki bir qavatli ishlab chiqarish binolarida joylashtirilishi mumkin. Ishlab chiqarish sexlarining joylashuvi texnologik jarayondagi texnologik kommunikatsiyalar (sut oquvchi tarmoq) hamda xomashyo va tayyor mahsulot tarmoqlarining ketma-ketligini ta’minlashi lozim. Korxona binosiga kirish eshigi oldida poyafzalni loydan tozalash uchun kurakcha, panjara yoki metall to‘r, bino ichidagi ishlab chiqarish sexlari va maishiy xonalarda esa dezinfeksiyalovchi gilamchalar bo‘lishi kerak. Sutni qabul qilib olish yopiq xonalarda yoki ayvonchali yuk tushirish platformasida amalga oshirilishi lozim. Xona yoki platforma sutni qabul qilib olish uchun sutni haydovchi moslama (kronshteyn) va shlang bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Sisterna yoki flyagadan sutni haydovchi shlang uzunligi 80 — 100 sm zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan poynak bilan tugashi lozim. Sisternadan sutni haydash uchun tsisternaning chiquvchi trubasiga ulangan ilmoqli-poynakli shlangadan foydalanish zarur. Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasidagi bolalar sut mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha sexlar asosiy ishlab chiqarish xonalaridan alohida joylashtirilgan bo‘lishi lozim. Achitqini tayyorlaydigan bo‘limlar ishlab chiqarish xonalaridan alohida va achitqi ishlatadigan sexlarga yaqin bo‘lishi kerak. Achitqi tayyorlanadigan xonalar bir-biriga o‘tuvchi shaklda joylashtirilmasligi kerak. Achitqi tayyorlanadigan bo‘limga kirish eshigi oldida sanitar kiyimni almashtirish uchun tambur va dezinfeksiyalovchi gilamcha bo‘lishi kerak. Achitqi bo‘limi alohida xonalar jamlanmasiga ega bo‘lishi kerak. Asosiy ishlab chiqarish sexi, achitqi tayyorlanadigan bo‘lim va laboratoriyalar devorlari balandligi 2,4 metrdan past bo‘lmagan holda sirlangan plitkalar bilan qoplanishi kerak. Ushlab turuvchi konstruksiyalarning yuqori va pastki qismi suv-emulsiyaviy yoki boshqa bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. Tayyor mahsulotlar saqlanadigan issiq va salqin kameralar emulsiyaviy yoki boshqa ruxsat etilgan bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi kerak. Asosiy va yordamchi sexlarning shifti suyuq emulsiyaviy bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi yoki oqlanishi kerak. Barcha ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning devori, shifti zaruratga qarab bo‘yalishi yoki oqlanishi kerak, bunda ochiq ranglardan foydalanish lozim. Oqlash bilan bir vaqtda o‘rab turuvchi konstruksiyalar yuzasi dezinfeksiyalanadi. Ishlab chiqarish xonalarining poli tekis yuzali, kislota va ishqorlarga chidamli, suv o‘tkazmaydigan materiallar bilan qoplangan, usti yopiq idish va traplar (ko‘chma zinapoya) tomoniga qiya holatda bo‘lishi lozim. Sex ichidagi suv ta’minoti, kanalizatsiya, bug‘, gaz quvurlari maxsus ranglarda bo‘yalgan bo‘lishi lozim. Ishlab chiqarish xonalarida chiqindilar uchun qopqoqli pedalli baklar hamda chiqindilarni yig‘ish uchun polimer materiallardan tayyorlangan idishlar joylashtirilishi kerak. Chiqindilar uchun foydalanilgan bak va idishlar har kuni tozalanishi, yuvish vositalari bilan yuvilishi va dezinfeksiyalovchi vositalar bilan zararsizlantirilishi kerak. Ishlab chiqarish xonalarida texnologik jarayonda foydalanilmaydigan inventar, jihozlar va chiqindilarni saqlash mumkin emas. Tozalash inventarlarni yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalarni saqlash uchun alohida xona (joy) ko‘zda tutilishi, ular ifloslangan suvni to‘kish uchun issiq va sovuq suvli rakovina, quritgich va shkaflar bilan jihozlanishi, kichik quvvatli korxonalar uchun esa jihozlangan, devorga qurilgan shkaf yoki tokchalar bo‘lishi kerak. Tozalash inventarlari markirovkalangan bo‘lishi kerak. Korxonaning ish rejasida umumiy tozalash va barcha xonalar, jihozlar, inventarlarni dezinfeksiya qilish, shuningdek joriy ta’mirlashni o‘tkazish uchun oyda bir martadan kam bo‘lmagan sanitar kunlarni ko‘zda tutish lozim. Bolalar sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi sexlar, achitqi tayyorlash bo‘limlari doimo tozalanib, dezinfeksiyalanadi. Ishlab chiqarish xonalari pollarini tozalash ish jarayonida va ish smenasi tugagandan so‘ng zarurat bo‘yicha namli usul bilan o‘tkazilishi lozim. Mahsulotni saqlash uchun ishlab chiqarish xonalari, saqlash kameralari va omborxonalardagi havo harorati va nisbiy namlik SanQvaN 0324-16 “Ishlab chiqarish xonalari mikroiqlimining sanitariya-gigiyena normativlari”da o‘rnatilgan talablarga muvofiq bo‘lishi lozim. Download 3.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling