«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


Suv ta’minoti va kanalizatsiyaga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari


Download 3.15 Mb.
bet102/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

Suv ta’minoti va kanalizatsiyaga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Korxonalar ichishga yaroqli suvning yetarli miqdori bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Ichimlik suv tizimining kirish joyi alohida yopiladigan xonada bo‘lishi va zaruriy texnik hamda sanitar holatda saqlanishi, monometrlarga, suvdan namuna olish uchun jo‘mraklarga, suv oqimini qaytishga yo‘l qo‘ymaydigan teskari klapanlarga, trap (ko‘chma zinapoya) larga ega bo‘lishi kerak. Korxonada ichimlik va kanalizatsiya tarmoqlarining sxemasi mavjud bo‘lishi kerak.
Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning suv ta’minoti tizimida suv iste’molining eng yuqori vaqtida va favqulodda vaziyatlarda korxonalarni uzluksiz suv bilan, xlorlash yoki ultrabinafsha dezinfeksiyalash uchun doimiy oqim tezligini ta’minlash uchun kamida ikkita toza suv rezervuari bo‘lishi kerak. Rezervuarlardagi suv almashinuvi 48 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshirilishi kerak. Har bir rezervuarda texnologik va maishiy ehtiyojlar uchun kunlik suv talabining yarmi saqlanishi kerak.
Yoritilganlik, isitish tizimi, ventilatsiya va havoni konditsionerlashga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Alohida sanitar rejimni talab etuvchi xonalarda (achitish sexi, pishloqni plyonkaga qadoqlash bo‘limi, bolalar sut mahsulotlarini qadoqlash, laboratoriya bokslar va boshqalar) havoni zararsizlantirish uchun bakteriotsid lampalarni o‘rnatish ko‘zda tutilishi kerak. Bakteriotsid lampalarning ish rejimi ulardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma talablariga mos bo‘lishi lozim.
Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarining ishlab chiqarish va maishiy xonalari havoni olib keluvchi, olib ketuvchi umumalmashinuvchi mexanik ventilatsiya yoki konditsionerlash, zarurat bo‘lganda mahalliy ventilatsiya bilan ta’minlanishi kerak.
Maishiy xonalar, hojatxonalar, achitqi tayyorlash xonalari, laboratoriyalar umumalmashinuv va mahalliy ventilatsiyaning o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan tizimlariga ega bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqarish xonalariga beriladigan havo oqimi changdan tozalanishi lozim. Achitqi va ochiq texnologik jarayonli ishlab chiqarish xonalari, bolalar sut mahsulotlari sexi, aseptik sharoitda sterillangan sut quyish bo‘limlariga keluvchi havo oqimi tozalash filtrlarida changdan tozalanishi lozim.
Havo olib keluvchi ventilatsiyaning pastki qismi yer sathidan 2 metrdan past bo‘lmagan balandlikda joylashishi kerak.

Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling