«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”
Download 3.15 Mb.
|
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua
Nazorat uchun savollar:
1.Sut nima maqsadda soda qo‘shib soxtalashtiriladi? 2.Sutda kislotalik qanday aniqlanadi? 3.Sut tarkibida sodani aniqlash tartibi? 12-AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu: Sutni qayta ishlash korxonalari tuzlishi. Mashg‘ulotning maqsadi – talabalarga sutni qayta ishlash korxonasining tuzulishi, qismlarga ajratilishi, ish yuritish jarayonini tashkillashtirilishini o‘rgatish. Sutni qayta ishlash korxonalariga sutni yetkazish va tashishni to‘g‘ri tashkillashtirishni o‘rgatish. Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning faoliyatiga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi talablarni belgilaydi. Mazkur sanitariya qoidalari tashkiliy-huquqiy shakli va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, faoliyati sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha korxonalarga tatbiq etiladi. Sut va sut mahsulotlarining xavfsizlik mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 474-son qarori bilan tasdiqlangan Sut va sut mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament va SanQvaN 0366-19-son “Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha gigiyena normativlari”da belgilab berilgan. Ushbu sanitariya qoidalarida quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: sut — mexanik va/yoki issiq harorat bilan ishlovdan o‘tgan, qishloq xo‘jaligi hayvonlarining sut bezlari normal fiziologik sekretsiyasining foydalanishga tayyor mahsulot; sut mahsuloti — xom (yoki qayta ishlangan) sutdan va/yoki uning tarkibiy qismlaridan va/yoki sut mahsulotlaridan sutni qayta ishlash uchun qo‘shimcha mahsulotlarni qo‘shgan holda yoki qo‘shmasdan tayyorlanadigan (sut saqlovchi mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida olingan sutni qayta ishlash mahsulotlari bundan mustasno), sutni qayta ishlash uchun funksional zarur bo‘lgan tarkibiy qismlarni o‘z ichiga olgan sutga xos bo‘lmagan yog‘ va oqsillar qo‘shilmagan oziq-ovqat mahsuloti; Download 3.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling