«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


-mavzu. Sutchilik sanoatida davlat veterinariya nazorati


Download 3.15 Mb.
bet77/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

18-mavzu. Sutchilik sanoatida davlat veterinariya nazorati

Reja:

1. Sigir sog‘ishdagi sanitariya qoidalari.
2 Sut sifatiga qo‘yiladigan talablar
3 Sutning standart talablari

Sigir sog‘ishdagi sanitariya qoidalari. Sigir sog‘ish vaqtida sutning mikroorganizmlar bilan nisbatan kamroq ifloslanishiga va yelinda yig‘ilgan hamma sutni sog‘ib olishga imkon beradigan barcha sharoitni hisobga olish lozim. Idish va aparatlar. Havo. Oziq.


Sutni sog‘ib olish, saqlash va qayta ishlashda veterinariya nazorati qyuidagi qoidalarning bajarilishini doimiy nazoratini o‘z ichiga oladi: sut sog‘ish zali va saqlash sexida tozalikka rioya qilish; binoni chivinlar kirishidan himoya qilish; sigirlar turadigan molxona va hududni go‘ng va axlatdan doimiy ravishda tozalab turish; sigirlar teri qoplamasini kunlik tozalab turish; sog‘ishdan oldin yelinni yuvish; sog‘ish idishlari va apparatlarini yuvish va sterillash; sigirlarni sog‘ishda va sutni saqlashda gigiyena qoidalariga rioya qilish; xodimlar tomonidan shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish; kasal hayvonlardan sut sog‘ib olish qoidalarni bajarish.
Sutdainson va hayvonlar uchun xavfli bo‘lgan vikroorganizmlar va ularning toksinlarini paydo bo‘lishini oldini olish: sigirlarni tuberkulez, brusellez, mastit rasalliklariga muntazam tekshirib turish va kasal hayvonlarni ajratish; hayvonlar,chorvachilik fermalari, sog‘in zali va bloklarini tozaligini saqlash; sutga birlamchi ishlov berish, sog‘ish apparatlarini toza saqlash va sntariya-gigiyena tadbirlarbni doimiy ravishda o‘tkazib turish yoli bilan amalga oshiriladi.
Sutga birlamchi ishlov berish ketma-ketlikda filtrlash, sovutish va pasterizatsiya jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Filtrlash orqali sutning tarkibidagi mexanik qo‘shilmalar yo‘qotiladi. Buning uchun oddiy filtrlar va sentrifugalardan foydalaniladi.
Sutni 4-60 Cga sovutish uning birlamchi sifatini bir sutkagacha, 100 C gacha sovutish esa 5 soatgacha saqlab turadi.
Pasterizatsiyalash uchun sutni 850 C da 30 daqiqa davomida ushlab turish yetarli bo‘ladi. Bunda tuberkulez, brutsellez, oqsil kabi xavfli yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining toliq yo‘qotilishiga erishiladi.
Sutni qabul qilish punkti va sut zavodlarining sanitariya holati sutning va undan tayyorlanadigan mahsulotlarning sifatiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi
Sut sisternalari, tanklari, sentrifugali tozalagichlar, separatorlar va pasterizatorlar belgilangan tartibda mexanik qo‘shilmalar, oqsil va yog‘lardan tozalanadi va zararsizlantiriladi (dezinfeksiyalanadi).
Sog‘ish jihozlarini dezinfeksiyalash uchun termik ishlov berish va kimyoviy vositalardan, ko‘pincha esa ularni birga qo‘llab termokimyoviy usuldan foydalaniladi.
Sutning umumiy ifloslanganligi (shu jumladan, bakterial ifloslanishlar) ko‘pincha sutning sifatini buzilishiga olib kelinadi. Titrlanuvchi kislotaligi, mexanik ifloslanish va bakteriyalar mavjudligiga qarab sut uch navga ajratiladi. Birinchi navli sut kiclotaligi 16-180 T, tozaligi bo‘yicha birinchi guruhga, bakterial ifloslanganligiga qarab birinchi klassga kiradi. Ikkinchi navli sut kislotaligi 19-200 T va ucinchi navli sutning kislotaligi esa 210 T (nokonditsion) ga teng bo‘ladi.



Maxsus sog‘ish apparatlari.

Sutning umumiy bakterial ifoslanganligini Petri likopchalariga ekib ko‘rish yoki reduktaza hamunasi orqali aniqlanadi. Ikkinchi usul juda sodda va tez bajariladigan usul bo‘lib, bunda metilen ko‘ki yoki rezazurinlardan biri ishlatiladi.



Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling