Vi a guruhcha elementlari kislorod va oltingugurt


Oltingugurt va vodorod sulfidni xossalari


Download 133.63 Kb.
bet3/5
Sana30.04.2023
Hajmi133.63 Kb.
#1412268
1   2   3   4   5

4. Oltingugurt va vodorod sulfidni xossalari


Xona haroratida oltingugurt ftor, xlor va konsentrlangan nitrat, sulfat kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi:
S + 3F2 = SF6, S + Cl2 = SCl2
3S + 4HNO3 = 3SO2 ↑ +4NO + 2H2O
S + 2H2SO4 = 3SO2 ↑ +2H2O
Oltingugurt havoda havo rang alanga berib yonadi, bunda asosan SO2, qisman SO3 lar hosil bo’ladi: S +O= SO2, 2S +3O2 = 2SO3.
Yuqoridagi reaksiyalarda oltingugurt qaytaruvchilik vazifasini o’taydi. Qizdirilganda oltingugurt C, Si, P, H2 va ko’pchilik metallar, ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib oksidlovchilik xossalarini namoyon qiladi:
S + C = CS2, 2S + Si = SiS2 3S + 2P = P2S3 S + H2 ↔ H2S S + Zn = ZnS, S + Fe = FeS
3S +6KOH = K2SO3 + 2K2S + 3H2O
S+Hg= Hg S – bu reakstiya hona haroratida boradi.
Vodorod sulfid H2S – palag’da tuxum hidi keladigan gaz. U suvda yaxshi eriydi. H2S tabiatda vulqon gazlarida, mineral buloq suvlarida va oltingugurtli organik moddalar chiriganda hosil bo’ladi, tq=–600C, tc=–860 C. Vodorod sulfid quyidagi usullarda olinadi:
H2 + S = H2S
FeS + 2HCl = H2S + FeCl2
Al2S3 +6H2O = 2Al(OH )3 + 3H2S
Gazsimon vodorod sulfid ko’kish alanga berib yonadi bunda SO2 va S hosil bo’ladi:
2H2S+3O2 =2SO2 +2H2O
2H2S+O2 =2S+2H2O
Vodorod sulfid galogenlar bilan reaksiyaga kirishadi:
H2S + Br2 =↓ S + 2HBr
H2S + J2 = S + 2HJ
Vodorod sulfid suvda eriganda kuchsiz sulfid kislotani hosil qiladi va kuchsiz kislota ikki bosqichda dissotsialanadi:
H2S ↔ H+ + HS- (K1 = 6 *10-8)
HS- ↔ H+ + S2- (K2 = 1*10-14)
Sulfid kislota ko’pchilik reaksiyalarda qaytaruvchilik vazifasini o’taydi. Masalan:
H2S +4Cl2 +4H2O = H2SO4 +8HCl
5H2S +2KMnO4 +3H2SO4 = 5S +2MnSO4 + K2SO4 +8H2O
2H2S + H2SO3 = 3S +3H2O
2FeCl3 + H2S = 2FeCl2 + S +2HCl
Sulfid kislota asosli oksidlar, asoslar va ba'zi tuzlar bilan reaksiyaga kirishib sulfidlar va gidrosulfidlarni hosil qiladi:
Na2O+H2S = Na2S +H2O
NaOH +H2S = NaHS+H2O
2NaOH +H2S = Na2S +2H2O
Pb(NO3 )2 +H2S =↓ PbS+2HNO3
ZnSO4 +H2S =↓ZnS+H2SO4
ZnS, CuS, CdS, HgS – suvda kam eriydi, Na2S, K2S, (NH4)2S, CaS – lar suvda yaxshi eriydi.

Download 133.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling