Vi a guruhcha elementlari kislorod va oltingugurt
Oltingugurtning kislorodli birikmalari
Download 133.63 Kb.
|
5. Oltingugurtning kislorodli birikmalariOltingugurt kislorod bilan bir necha hil oksidlar hosil qiladi, bular ichida SO2 – oltingugurt (IV)-oksid va SO3 – oltingugurt (VI)- oksid katta ahamiyatga egadir. Oltingugurt 3600C da yonib, SO2 ni hosil qiladi: S+O2 =SO2. Laboratoriya sharoitida sulfitlarga va ba'zi bir metallarga xlorid va sulfat kislotalar ta'sir ettirib olinadi: Na2SO3 + 2HCl = SO2 ↑+2NaCl + H2O Cu + 2H2SO4(конц.) = SO2 ↑+CuSO4 + 2H2O Zn + 2H2SO4 (конц.) = SO2 ↑+ZnSO4 + 2H2O Sulfit angidrid sanoatda ZnS yoki FeS2 –ni kuydirish yo’li bilan olinadi: 2ZnS + 3O2 = 2ZnO + 2SO2 4FeS2 +11O2 = 2Fe2O3 + 8SO2 Oltingugurt (IV)- oksid yoki sulfit angidrid rangsiz, o’tkir qo’lansa hidli, zaharli gazdir, -100C ga sovitilsa rangsiz suyuqlikka aylanadi, u po’lat balonlarda suyuq holda saqlanadi. SO2 oksidlanish va qaytarilish xossalariga ega: SO2 suvda yaxshi eriydi, 1hajm suvda 40 hajm SO2 erib faqat suvli eritmalarda mavjud bo’ladigan sulfit kislotani hosil qiladi: Demak, sulfit kislota ikki qator tuzlar-sulfitlar va gidrosulfitlarni hosil qiladi: H2SO3 + NaOH = NaHSO3 + H2O H2SO3 + 2NaOH = Na2SO3 + 2H2O 2H2SO3 + Na2CO3 = 2NaHSO3+H2O +CO2 Sulfit kislota kislorod va galogenlar ta'siridan oksidlanadi: 2H2SO3 +O2 = 2H2SO4 H2SO3 + H2O+Cl2 = H2SO4 + 2HCl Na2SO3 +Cl2 + H2O = Na2SO4 + 2HCl Na2SO3+J2 + H2O = Na2SO4 + 2HJ NaHSO3 + H2O2 = NaHSO4 + H2O NaHSO3 konservant sifatida ishlatiladi. Oltingugurt (IV)-oksid oksidlanganda oltingugurt (VI)- oksid hosil bo’ladi. SO3 – suyuqlik bo’lib, zichligi 1,92 g/sm3, tq=44,9 0S, tmuz=16,8 ga tengdir. Uzoq vaqt saqlansa polimerlanadi. SO3 – kuchli oksidlovchi, suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishib sulfat kislotasini hosil qiladi: H2O+SO3 =H2SO4 +88kЖ SO3 konsentrlangan H2SO4 da erib oleumni hosil qiladi. Sulfat kislota rangsiz, moysimon suyuqlik, 96%- li H2SO4 zichligi 1,84 g/sm3ga tengdir. 100%- li H2SO4 10,50C da qotadi. Sulfat kislota suvga o’ch modda bo’lib, suv bilan aralashtirilganda ko’p miqdorda issiqlik chiqadi, shuning uchun suvga sulfat kislota qo’shish kerak. Sulfat kislota sanoatda ikki hil kontakt va nitroz usullarida olinadi. Kontakt usuli: 4FeS2 +11O2 =8SO2 +2Fe2O3 2SO2 +O2 ↔2SO3 SO3 +H2O=H2SO4 Nitroz usulida: SO2 + NO2 +H2O= H2SO4 + NO 2NO+O2 = 2NO2 ga aylanadi va jarayonga qaytariladi. Sulfat kislota ikki negizli kislota bo’lgani uchun ikki bosqichda dissotsialanib, o’rta va nordon tuzlarni hosil qiladi: Suyultirilgan sulfat kislota aktivlik qatorida vodoroddan chapda turgan barcha metallar bilan reaksiyaga kirishadi: Zn+H2SO4 =ZnSO4 +H2 Konsentrlangan sulfat kislota oltin va platinadan tashqari hamma metallarni eritadi, masalan: Cu + 2H2SO4 = CuSO4 + SO2 + 2H2O Zn + 2H2SO4 = SO2 + ZnSO4 + 2H2O 3Zn + 4H2SO4 = S ↓ +3ZnSO4 + 4H2O 4Zn + 5H2SO4 = H2S + 4ZnSO4 + 4H2O Konsentrlangan sulfat kislota metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi: S + 2H2SO4 = 3SO2 + 2H2O, C + 2H2SO4 = 2SO2 + CO2 + 2H2O 2P + 5H2SO4 = 2H3PO4 + 5SO2 + 2H2O Bundan tashqari H2SO4 asosli oksidlar, asoslar va tuzlar bilan reaksiyaga kirishib sulfatlarni va gidrosulfatlarni hosil qiladi. Sulfat kislota va uning tuzlari 4500C dan yuqori haroratda parchalanadi: Eng muhim sulfatlar: Na2SO4 *10H2O,K2SO4,CaSO4 *2H2O,MgSO4 *7H2O,BaSO4,CuSO4 *5H2O FeSO4 *7H2O,ZnSO4 *7H2O,KAl(SO4 )2 *12H2O,K2SO4,Fe2(SO4 )3 *24H2O Download 133.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling