Vi a guruhcha elementlari kislorod va oltingugurt


Oltingugurtni tabiatda tarqalishi va olinishi


Download 133.63 Kb.
bet2/5
Sana30.04.2023
Hajmi133.63 Kb.
#1412268
1   2   3   4   5

3. Oltingugurtni tabiatda tarqalishi va olinishi


Tabiatda oltingugurtni to’rtta barqaror izotopi uchraydi:
1632S -95.06%, 1633S -0.74%, 1634S -4.18%, 1636S -0.014%/
Sun'iy ravishda uchta izotopi olingan. Oltingugurt yer po’stlog’i massasining 0,04% -ni tashkil etadi. U tabiatda erkin va birikmalar (sulfidlar va sulfatlar) holida uchraydi. Metall sulfidlari: FeS2 – temir kolchedani yoki pirit, CuS va PbS – mis va qo’rg’oshin yaltirog’i, ZnS – rux aldamasi, HgS – kinovar minerallari holida uchraydi.
Sulfatlardan CaSO4·2H2O – gips, CaSO4 – angidrid, BaSO4 – og’ir shpat, MgSO4·7H2O – taxir tuz, Na2SO4·10H2O – glauber tuzi holida uchraydi.
Oltingugurt inson organizmidagi ayrim vitaminlar va aminokislotalar tarkibida uchraydi. Bundan tashqari, u o’simlik va hayvon organizmidagi oqsillar asosini tashkil etishi oltingugurtni hayotiy element ekanligini ko’rsatadi. Oltingugurt termik, katalitik oksidlash va qaytarish usullarida olinadi.
Termik usulda maxsus kompressorlar yordamida oltingugurt joylashgan yer osti qatlamiga qaynoq suv bug’i va yuqori bosimli havo yuboriladi. Yer ostida suyuqlangan oltingugurt (112,80C) bosim ostida yer ustiga chiqariladi. Katalitik oksidlash usulida tabiiy gaz tarkibidagi H2S ni Fe2O3 yoki Al2O3 yordamida oksidlab oltingugurt olinadi:

Muborakdagi gaz tozalash zavodida har yili 100 ming tonna oltingugurt katalitik oksidlash usulida olinadi. Qaytarish usulida SO2 ni uglerod yordamida qaytariladi: SO2 +C = CO2 + S
Oltingugurt och sariq, mo’rt, oson maydalanadigan qattiq kristal modda. U suvda erimaydi, uglerod sulfidda, toluolda yaxshi eriydi. Oltingugurt rombik, monoklinik va plastik allotropik shakl o’zgarishlarini hosil qiladi va qaysi allotropik shaklda ekanligi haroratga bog’liq bo’ladi. Eng barqarori rombik oltingugurt bo’lib, 111,80C da suyuqlanadi, ρ≈2,07 g/sm3. Suyuqlangan S -ni asta- sekin sovitilsa monoklinik S hosil bo’ladi, tc≈1190C, ρ≈2,19g/sm3. Monoklinik S asta-sekin rombik oltingugurtga aylanadi. 94,50C dan yuqori haroratda monoklinik S barqaror bo’lib, uzun ignasimon to’q sariq rangli kristalar hosil qiladi. Rombik va monoklinik oltingugurt molekulasi S8 halqa shaklida bo’ladi. Suyuqlangan oltingugurt qaynash haroratiga yaqinlashganda tez sovitilsa, rezinasimon massa, plastik oltingugurt hosil bo’ladi. 4450C haroratda S qaynaydi. Oltingugurt bug’larida S8 – molekulasi 60%, S6- molekulasi 35% -ni, S4 molekulasi4%- ni,S2- 2%- dan iborat bo’ladi.

Download 133.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling