Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi


Download 1.92 Mb.
bet10/84
Sana30.01.2024
Hajmi1.92 Mb.
#1809090
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   84
Bog'liq
BO\'G 6-9- boblar

G‘ovakdorlik – g‘ovak hajmining ushbu matoning prosentda ifodalangan umumiy hajmiga nisbati bilan aniqlanadi va hajmiy massa bilan bevosita bog‘liqdir. Matoning g‘ovakdorligi uning issiqlilik xususiyati bilan aniqlanadi (masalan, drap, diagonal – 50%, junli trikotaj- 93-95%, yarim junli vatin – 97%, paxtali momiq – 99%, paxtali vatilin – 99% ).
Havo о‘tkazuvchanlik kub desimetrda о‘lchanadi va matoning 1 m2 dagi g‘ovaklar orqali 1 sekundda qancha havo о‘tkaza olish qobiliyatini bildiradi. Turli kiyimlar uchun qо‘llaniluvchi gazlamalar turlicha havo о‘tkazuvchanlikka ega bо‘lishi kerak. Masalan, qishki va kuzgi kiyimlar salqin havodan himoyalashi uchun ustki qatlami past havo о‘tkazuvchanlikka ega bо‘lishi kerak. Yozgi kiyim eng yuqori darajada shamollatilinishi, ya’ni katta havo о‘tkazuvchanlikka ega bо‘lishi kerak ( masalan, oq surp – sekundiga 111 dm3/ m2, tabiiy shoyi – sekundiga 341 dm3 / m2, kapron – sekundiga 125 dm3 / m2 ).
Bug‘ о‘tkazuvchanlik – 1 soat ichida 1m2 gazlamadan о‘tadigan suv bug‘ining grammlardagi о‘lchovi bо‘lib, matoning kiyim ostidagi bо‘shliqda paydo bо‘ladigan suv bug‘larini diffuziyalash yо‘li bilan о‘tkazish qobiliyatini aniqlaydi. Issiqlik almashinuvi kо‘proq darajada bо‘g‘lanish hisobidan amalga oshadigan issiq iqlimli joylarda foydalanadigan kiyimlar eng yuqori bug‘ о‘tkazuvchanlikka ega bо‘lishi kerak ( masalan, oq surp – saotiga 16,2g/m2, tabiiy shoyi – soatiga 4,62 g/m2, kapron – soatiga 1,09 g/m2 ).
Gigroskoplik, ya’ni nam shimish gazlamaning suv bug‘larini tortib olish xususiyatini ifodalab, prosentda belgilanadi. Yaxshi gigroskoplik kiyim – kechaklarning ichki qavati uchun ishlatiladigan matolarning ijobiy fazilati hisoblanadi va teri yuzasidagi terini yо‘qotishga yordamlashadi. Qishki va bahorgi – kuzgi kiyimlarning ustki qavati uchun ishlatiladigan gazlamalarning nam shimish xususiyati о‘ta past bо‘lishi kerakki, bu uni yog‘in – sochinlarda namiqib qolishdan va issiqni saqlash qobiliyati pasayishidan asraydi (masalan, batist, volta, chit >90%, oq surp – 18%, yengil drap – 17,2%, tabiiy shoyi -16,5% jun – 14%, reps – 7-8%, suv yuqtirmaydigan modda shimdirilgan reps – 1,2%, kapron – 5,7%, lavsan – 0,5% ).
Namlik sig‘imi – suvga botirilgan gazlamaning uni shimib olish xususiyatini aniqlab, prosentlarda ifodalanadi. Gazlamaning hо‘llanganidan keyin ham ba’zi g‘ovaklarini bо‘sh saqlay olish xususiyati katta ahamiyatga ega, chunki bunda havo о‘tkazuvchanlikning ma’lum darajasiga erishiladi va ushbu matoning issiqlik hususiyatlari kamroq о‘zgaradi.
Gidrofillik, gazlamaning namlikni tez va tо‘liq shimib olish qobiliyatini bildirib prosentlarda ifodalanadi. Bevosita teriga tegib turuvchi va teri yuzasidagi suv bug‘larini shimib oluvchi gazlamalarning gidrofilligi yuqori bо‘lishi kerak ( masalan, batist, volta, chit > 90%, suv yuqtirmaydigan modda shimdirilgan reps – 0% atrofida ).
Gidrofoblik (namlanmaslik) – gidrofillikning teskarisi bо‘lgan xususiyatdir. Kiyim – kechaklarning yuqori qavatini hosil qiluvchi va uni qor, yomg‘ir, tumandan himoya qiluvchi gazlamalarning gidrofoblik darajasi yuqori bо‘lishi shart.
Lipofillik – gazlamaning teri yuzasidagi yog‘ni shimib olish hususiyatini bildirib, prosentlarda ifodalanadi. Uning yuqori kо‘rsatkichlari salbiy xususiyat hisoblanib, asosan sintetik matolarga xos bо‘ladi, yog‘ tomchilari tolalar orasidagi havo bо‘shlig‘ini tо‘ldiradi va shu bilan matolarning tabiiy – gigiyenik hususiyatini yomonlashtiradi.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling