Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi


Bolalar kiyimi va poyabzali


Download 1.92 Mb.
bet9/84
Sana30.01.2024
Hajmi1.92 Mb.
#1809090
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   84
Bog'liq
BO\'G 6-9- boblar

7.1.1. Bolalar kiyimi va poyabzali.
Kiyim inson uchun tashqi muhitning nohush ta’sirlaridan himoyalanishda kо‘maklashadi, teri sathini mexanik shikastlanishlar va ifloslanishidan asraydi. Kiyim yordamida tana atrofida sun’iy kiyimosti mikroiqlimi paydo bо‘ladiki, u tashqi muhit iqlimidan sezilarli farqlanadi. Uning harorati 28 dan 340 S gacha о‘zgarib turadi, nisbiy namligi 20-40% bо‘ladi, havoning harakatlanish tezligi juda past, karbonat kislota miqdori 0,006 – 0,097% atrofida bо‘ladi. Kiyimosti mikroiqlimini paydo qilish bilan birga kiyimlar organizmning issiqlik yо‘qotishini anchagina kamaytiradi, tana haroratining doimiyligi saqlanishiga kо‘maklashadi. Terining termoregulyasiya, ya’ni haroratning doimiy bir xil bо‘lib turishiga xizmat qiladigan fiziologik jarayonlarning kechishini yengillashtiradi, teri teshikchalari orqali gaz almashinuvi jarayonlari yuz berishini ta’minlaydi.

Kiyimning himoyalovchi xususiyati bolalar uchun, ayniqsa, juda muhimdir, chunki:



  • bolalik davrida termoregulyasiya mexanizmlari о‘ta nomukammal bо‘ladi, organizmning о‘ta sovib ketishi yoki qizib ketishi salomatlik holatidagi buzilishlarga olib kelishi mumkin;

  • bolalar harakat faolligi kuchliligi bilan ajralib turishadiki, bunda issiqlik mahsuloti darajasi 2-4 barobar oshadi;

  • bolalar terisi nozik bо‘ladi va tez jarohatlanadi;

  • terining nafas olishi almashinuv jarayonlarida kattalarnikiga nisbatan kо‘proq solishtirma og‘irlikka ega.

Bolalar kiyimi о‘z tuzilishi va materiallarning fizikaviy – gigiyenik kо‘rsatkichlariga, yoshining anatomik – fiziologik о‘ziga xosligiga, faoliyat turi va ob-havo sharoitlariga mos tushishi, tez va oson kiyishga va yechishga tо‘sqinlik qilmasligi, bolaning estetik didini tarbiyalashga yordamlashishi kerak.
Bolalar kiyimini baholashda ularni tayyorlashda qо‘llaniladigan gazlamalar, gazlamalar majmualari – 1 m2 о‘lchamdagi yuqori qatlam, ya’ni avra, issiqlik saqlovchi qatlam va astar bichig‘idan iborat tо‘plam, - shuningdek, tayyor mahsulotlar sanitariya-gigiyena ekspertizasidan о‘tkazilishi lozim deb topiladi.
Gazlama tо‘qishda ishlatiladigan tolalar tabiiy (paxtadan, zig‘irpoyadan, shoyidan, jundan), sun’iy yoki sintetikadan bо‘lishi mumkin. Tolalardan hosil qilingan iplar chiyralgan va zich yoki yumshoq va momiqli bо‘ladi. Tо‘qilishiga kо‘ra gazlamalar tо‘qima va trikotaj – tо‘qima turlariga ajratiladi.
Bolalar kiyimini ishlab chiqarishda u yoki bu gazlamalardan foydalanish ularning tabiiy – gigiyenik kо‘rsatkichlari, ya’ni qalinligi, massasi, hajmiy massasi, g‘ovakdorligi, havo va nam о‘tkazuvchanligi, gigroskopiklik, shuningdek, issiqlik о‘tkazish xususiyatlariga bog‘liq bо‘ladi. Bu xususiyatlar qisman gazlamaning tuzilishi, havo tо‘la g‘ovaklar soni va о‘lchamiga qarab aniqlanadi.
Gazlama qalinligi millimetrlarda о‘lchanadi va gazlamaning issiqlik saqlash hususiyatiga bevosita ta’sir qiladi. Qalinroq bо‘lgan matolarda havo ham kо‘proq bо‘ladi va bu ularda issiqlikni kamroq о‘tkazish xususiyatini paydo qiladi. Demak, mato qanchalik qalin bо‘lsa, shunchalik issiq (masalan, batist – 0,1 mm, drap – 5 mm, tabiiy mо‘yna – 30-50 mm) bо‘ladi.
Gazlama massasi ma’lum maydondagi (1m2 va 1sm2) matoga nisbatan grammlarda о‘lchanadi. Barcha zarur xususiyatlarni saqlab qolgan holda vazni eng kam bо‘lgan mato gigiyenik jihatdan eng maqbuli hisoblanadi (masalan, krepdeshin – 25g/m2; drap – 77 g/m2, tabiiy mо‘yna – 1000,0 g/m2) .
Hajmiy massa – 1 m3 gazlamaning grammlardagi massasi bо‘lib, gazlamadagi zich moddalar va havoning nisbatini aniqlaydi.
Bu kо‘rsatkich qanchalik kam bо‘lsa, gazlama shunchalik yengil (garchi anchagina qalin bо‘lsa-da) bо‘ladi.
Hajmiy massa, shuningdek, ayni bir xil qalinlikda bо‘lgan gazlamalardagi issiqlikni saqlovchanlik xususiyatining mezoni ham hisoblanadi. Hajmiy massasi kichikroq bо‘lgan mato nisbatan issiqroqdir ( masalan, jun matoda – 0,07g/sm3, brezentda – 0,6 – 0,7g/ sm3).

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling