Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi


Bolalar poyabzali tagcharm qalinligi, mm


Download 1.92 Mb.
bet16/84
Sana30.01.2024
Hajmi1.92 Mb.
#1809090
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   84
Bog'liq
BO\'G 6-9- boblar

Bolalar poyabzali tagcharm qalinligi, mm .



Gazlamalar turlari

Poyabzal turi

chaqaloqlar

kichik maktabgacha yosh

maktabgacha yosh

maktab yosh

Charm
G‘ovakli rezina “Malish”
G‘ovakli rezina VSH

3-3,5 3,5-4 3,8-4,3 4-4,5
- - 4,5-5 4,5-5
- - 4,5-5 4,5-5

Tagcharm qalinligi ishlatilgan xomashyoga va poyabzalning turiga qarab meyorlashtiriladi Bolalar poyabzali uchun biriktirishning ipli va qurama usullari qо‘llaniladiki, bu oyoq kaftining tovon tarafida katta qayishqoqlik, yengillikni ta’minlaydi, poyabzalni bо‘shlig‘ida havo о‘tkazuvchanlik va shamollatishning eng yaxshi kо‘rsatkichlariga erishishga kо‘maklashadi.






7.1-rasm. Poshna balandligiga qarab oyoq kaftining oldingi va orqa bо‘limlariga yuklama taqsimlanishi.

A – poyabzalsiz oyoqda yuklamaning katta qismi orqa bо‘limga tushadi;


B – 2 sm poshnali poyabzalda yuklama old va orqa bо‘limlarga bir xil tо‘g‘ri keladi;
V – baland poshnali poyabzalda yuklama oldingi bо‘limga tо‘g‘ri keladi.

G‘ovakdor rezina poliuretan va boshqa materiallardan foydalanishda poyabzalning suv о‘tkazmasligini ta’minlash maqsadida biriktirishning yelimlash va yaxlit qо‘yish usullaridan foydalaniladi.


Tagcharm materiallarining issiqni saqlash xususiyati ularning issiq о‘tkazuvchanligiga bog‘liq bо‘ladi. Hozirgi vaqtda qо‘llaniladigan materiallardan g‘ovakdor rezina issiqni saqlash xususiyatlariga kо‘ra tabiiy charm va silliq rezinaga qaraganda ancha afzalroqdir. Shu bilan birga tevarak muhit namligi oshgani sari charm va jun (jun etikda) ning issiqlikni yо‘qotishi oshib boradi, g‘ovakdor rezinaning esa issiqni saqlash xususiyati о‘zgarmaydi. G‘ovakdor rezinaning nafaqat issiqlikni saqlash qobiliyatiga ega bо‘libgina qolmay balki kerakli qalinlik, qayishqoqlik va sirg‘anmaslik kabi xususiyatlarni ta’minlay olishi bolalar oyoq kiyimlari tagcharmi sifatida undan kо‘proq foydalanish imkonini beradi.
Poshna oyoq kafti gumbazini sun’iy ravishda kо‘tarib, uning ressorlik xossasini oshiradi, tovonlarni yerga о‘rilib shikaslanishidan asraydi, shuningdek, poyabzalning yeyilishiga qarshi chidamligini oshiradi. Faqat chaqaloqlarning boshmoqchalaridagina poshna bо‘lmaydi. Poshna balandligi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun – 5-10 mm, 8-10 yoshli о‘quvchilar uchun – 20 mm,dan baland emas, 13 -17 yoshli о‘g‘il bolalar uchun – 30 mm, 13 -17 yoshli qizlar uchun – 40 mm,gacha bо‘lishi kerak. Har kuni baland ( 4 santimetrdan yuqori ) poshnali oyoq kiyimda yurish о‘quvchi qizlar uchun zararli – og‘irlik markazini oldinga tushirib, yurishni qiyinlashtiradi. Bunda katta bel qiyshayishi hosil bо‘lib, toz suyagining holatini о‘zgartiradi, oqibatda esa uning kо‘ndalang о‘lchami kichrayadi. Baland poshnada yurganda yetarlicha barqarorlik bо‘lmaydi, tovon oldinga sirg‘anib ketaveradi, barmoqlar ingichka uch tomonda siqilib qoladi, oyoq kaftining oldingi bо‘limiga tо‘shadigan yuklama ortadi, buning oqibatida oyoq kafti gumbazi yassilanadi va barmoqlar qiyshayib ketadi. 7.1 – rasmda poshna balandligiga qarab oyoq kaftining turli bо‘limlarida yuklama taqsimlanishi kо‘rsatilgan.
Poyabzal tovonni qismasligi, qon va limfa aylanishini bо‘zmasligi, oyoqlarning tabiiy о‘sishiga halaqit bermasligi lozim.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling