Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi
Download 1.92 Mb.
|
BO\'G 6-9- boblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kiyimning issiqlik qarshiligiga gigiyenik tavsiyalar.
t о‘rt.о‘lch.tana – t q
I = ------------------------------------------ - I h N Bu yerda Ik – kiyimning issiqlik qarshiligi ( 0S m2/Vt ); Ix - kiyimosti bо‘shlig‘idagi havoning issiqligi ( 0S m2/ Vt ); T о‘rt.о‘lch.tana – teri haroratining о‘rtacha о‘lchangan kо‘rsatkichi ( 0S ); N – issiqlik oqimi zichligining о‘rtacha о‘lchangan kо‘rsatkichi; Tx – tashqi muhit havosining harorati (0S ). Issiqlik о‘tkazmasligi 0,150 S / m2 Vt bо‘lgan kiyim nisbiy oromdagi yoki yengil mehnat sharoitidagi inson uchun qulay issiqlikni ta’milaydi. Bu kattalik issiq о‘tkazmaslik birligi deb qabul qilingan va adabiyotlarda Q/K ramziy belgisi bilan ifodalanadi. Kiyim-kechaklarning issiqlik qarshiligini gigiyenik baholashda 7.4- jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga tayanish mumkin. 7.4 – jadval Kiyimning issiqlik qarshiligiga gigiyenik tavsiyalar.
Poyabzal – kiyim –kechaklar tо‘plamining asosiy qismi hisoblanadi. U organizmni sovuq qotish va isib ketishdan saqlaydi, oyoq kaftini shikaslanishlardan himoyalaydi, oyoq kafti gumpazini normal holatda ushlab turishda mushaklar va paychalarga kо‘maklashadi, shu tariqa turli urilishlar zarbini kamaytiruvchi, ressorlik funksiyasini bajaradi. Poyabzal yurish uchun qulaylik yaratadi, bolalarning harakat faolligiga ta’sir qiladi, oyoq kaftining kо‘plab qiyshayishlari va kasalliklariga sabab bо‘ladi. Bolalar uchun turli – tuman poyabzallar ishlab chiqariladi: yil bо‘yi kiyiladigan, yozgi, qishki va bahorgi – kuzgi; shu bilan birga – kundalik, modali, uyda kiyiladigan, yо‘lbop, milliy, sportcha va hokazo. Gigiyena nuqtai nazardan poyabzal quyidagi talablarni bajarishi kerak: bola organizmini ob – havoning nohush ta’sirlaridan va mexanik shikastlanishlardan himoyalash; bola organizmining, birinchi navbatda, uning oyoq kaftini anatomik – fiziologik о‘ziga xosligiga mos kelish; oyoq kafti atrofida qulay miqroiqlim hosil qilib, tashqi muhitning har qanday miqroiklim sharoitlarida ham kerakli harorat – namlik rejimi saqlanib turishiga kо‘maklashish. Bolalar va о‘smirlar oyoq kiyimlariga bо‘lgan gigiyenik talablari poyabzalning tuzilishiga bо‘lgan talablardan hosil bо‘lib, ular davridagi oyoq kafti tuzilishining о‘ziga xos tomonlarini aniqlab, shu bilan birga, poyabzal tayyorlanadigan materiallarga bо‘lgan talablarni ham qamrab oladi. Bolalarning oyoq kafti uchidagi barmoqlari yelpig‘ichsimon kengaygan radial shakli bilan xarakterlanadi. Kattalarda oyoq panjasining eng kengaygan joyi - u oyoq kafti bо‘g‘inlarida kuzatiladi. Bolalar oyoq kafti uchi esa kattalarnikidan farqli о‘laroq, tovon va oyoq kafti old qismining nisbati butkul boshqacha, uning orqa qismi ancha uzinroq bо‘lib, poyabzal ( ayniqsa, qolip ) ni loyihalashtirishda buni e’tiborga olish lozimdir. Bolalik paytida oyoq kafti skeleti tog‘aylardan tashkil topgan bо‘ladi. Suyaklanish faqat о‘sish tugaganidagina nihoyasiga yetadi, shuning uchun ham mexanik ta’sirlar ostida bolaning oyoq kafti osongina qiyshayishi mumkin. Shu sabablarga kо‘ra poyabzalning qayishqoqlik, qalinlik, og‘irlik kabi sifatlari, shuningdek, issiq saqlash kabi hususiyatlari gigiyena meyorlariga moslashtirilishi lozim. Bolalar poyabzali oyoq kaftining uzunligi, ya’ni tovonning eng turtib chiqqan joyi va eng uzun barmoqning uchigacha bо‘lgan masofaga qarab belgilanadigan о‘lchamlar bо‘yicha tanlanadi. О‘lchov birligi sifatida millimetr qabul qilingan, sonlar orasidagi farq 5 millimetrga teng (7.5 – jadval ). Poyabzalning asosiy tarkibiy qisimlari tepasi ( uch tomoni, oxirchо‘p, ya’ni о‘kchadan yuqori qismi, boshliq, boldir qismi, kunji ) va pasti (tagcharm, patak, poshna) dan iborat bо‘ladi. Poyabzalning uch qismi oyoq kaftining tovon qismiga qaraganda kengroq bо‘lishi kerak. Poyabzalning pastki qismi (patak, tagcharim, poshna) 1 va u oyoq barmoqlari suyaklarini birlashtiruvchi, 250 burchakkacha bо‘lgan egri chiziq bо‘yicha berchlik – qarshilik (killogrammda ifodalangan)ning maqbul kо‘rsatkichlariga ega bо‘lishi kerak. 7.5-jadval Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling