Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi


Download 1.92 Mb.
bet22/84
Sana30.01.2024
Hajmi1.92 Mb.
#1809090
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   84
Bog'liq
BO\'G 6-9- boblar

7.2-rasm. Tipografik litera. a – oyoqcha; b – boshi; v – ochko;
g – kegl; d – qalinligi.

Kо‘rish yuklamasi kattaligi о‘qish paytidagi kо‘rish sharoitlari va о‘qishning qulayligiga bog‘liq. Matnning kо‘rinishi qog‘ozning sifati (rangi, о‘tkazuvchanligi, silliqligi) bosish (terilgan harflar va fonning kontrastligi, buyoqning quyuqligi va chidamliligi ) bilan aniqlanadi, о‘qish qulayligi esa bosma belgilar (shrift о‘lchami –kegl), garnitura (shrift surati), bosma buyoq rangi, terilgan sahifa о‘lchami va matnning sahifada joylashganligi (satr uzunligi, interlinyaj – yuqori satrdagi belgilarning pastga chiqarilgan elementlari va pastki satrdagi belgilarning yuqorigi chiqarilgan elementlari о‘rtasidagi oraliq ( bu kattalik “punkt” bilan о‘lchanadi, bir punkt –nashriyot о‘lchamlari tizimida 0,376 mm.ga teng)ning oshishi, maydonlar о‘lchami bilan belgilanadi.


Maktab darsliklarining bosilishi aniq, quyuq qora rangda va bir tekis bо‘lishi kerak. Noaniq, “uzuq-yuluq” va kulrang tusdagi matnlarni bosishga ruxsat berilmaydi.
Nashriyot amaliyotida shrift о‘lchamini aniqlash uchun “kegl” tushunchasidan foydalaniladiki, u tipografiya punktlarida ifodalangan litera maydoni balandligini tasvirlaydi.
Darsliklarni shriftli bezatish ushbu nashr va о‘quv darsligi (gumanitar, matematik, tabiiy va maxsus boshlang‘ich kasbiy ta’lim uchun) qaysi sinfga mо‘ljallanganligiga bog‘liq.
Alifbe va alifbedan keyingi о‘qish uchun (gumanitar fanlar) shriftli bezatishning oqilona о‘lchamlari quyidagicha: shrift kegli – 20 punkt ; satr uzunligi -126 -130 mm; interlinyaj kattalashishi – 4 punkt; shriftlar – normal yorqin tо‘g‘ri chiziqli (alifbe qismi uchun yarim yog‘li) qirrali guruhi.
Masalan, garnituraning qirrali shriftlar guruhiga “alifbega oid”, “alifbe”, “jurnal qirralisi”, “gelvenika”, “pragmatika”lar mansubdir.
She’rlardan boshqa asosiy matnning ikki stunda terilishiga ruxsat etilmaydi. Ikki stunda terilgan she’rlarga ham faqat stunlar orasidagi masofa 18 mm.dan kam bо‘lmagan holdagina ruxsat etiladi.
2-4 sinf о‘quvchilari uchun mо‘ljallangan nashrlarda qо‘yidagi о‘lchamlar optimal hisoblanadi: shrift kegli-16 punkt; satr uzunligi-120-130 mm; interlinyaj oshishi – 2-4 punkt; shriftlar – normal yorqin tо‘g‘ri chizilgan qirralilar guruhidan.
She’rlardan boshqa asosiy matnning ikki stunda terilishiga ruxsat berilmaydi. Ikki stunli terish faqat stunlar orasidagi masofa 9 mm. dan kam bо‘lmagan holda ruxsat beriladi.
5-11-sinflar uchun nashrlarni shriftli bezatishning optimal о‘lchamlari 7.10- jadvalda kо‘rsatilgan.
5-11- sinflar uchun nashrlarda kam kontrastli normal yorqin tо‘g‘ri chizilgan
( masalan, “maktab”, “jurnal”, “Peterburg” garnituralari) shuningdek, qiya о‘qli harflari dumaloq mediyeval shriftlar (masalan, “Tayms” tipidagi garnitura) guruhi eng optimal hisoblanadi.
Bir о‘qish kuniga hisoblangan darsliklar og‘irligi (maktab papkasi va о‘quv anjomlarining vaznini hisoblamaganda) о‘quv majmualarini kо‘tarishning yо‘l qо‘yiluvchi darajasidan oshmasligi lozim: 1-3 sinf о‘quvchilari uchun 1,5-2,0 kg. gacha ; 4-5 sinflar uchun 2,0-2,5 kg.gacha; 6-7 sinflarda 3,0-3,5 kg. gacha; 9-sinflarda va maxsuslashtirilgan о‘quv muassasalarida 4,0-4,5 kg. gacha


7.10-jadval



Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling