Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi


Og‘ir metal tuzlarining me’yorlari


Download 1.92 Mb.
bet20/84
Sana30.01.2024
Hajmi1.92 Mb.
#1809090
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   84
Bog'liq
BO\'G 6-9- boblar

Og‘ir metal tuzlarining me’yorlari

Gazlama

1 kg gazlamadagi elementlarning maksimal miqdori.

surma

margumush

Bariy

kadmiy

xrom

qurg‘oshin

simob

selen

Og‘irlik va buyoqni qо‘lga surilishini shakllantirmaydigan barcha gazlamalar

60


25


500


75


60


90


60


500


Og‘irlik va buyoqni qо‘lga surilishini shakllantiradigan gazlamalar.

62


25


250


50


25


90


25


500


О‘yinchoqlardan monomerlar, plastifikatorlar, rezinaning murakkab birikmalari ajralib chiqmasligi va ularning mahsulotlari oziq – ovqat mahsulotlari bilan aloqada bо‘luvchi buyumlar uchun yil quyiluvchi migrasiya miqdori yoki atmosfera havosi uchun TREM (tо‘yinganlikning ruhsat etilgan meyori) dan oshib ketuvchi tо‘yinmalarga aylanmasligi lozim. О‘yinchoqlardan havo muhitiga ajralib chiqadigan kimyoviy moddalarning uchuvchanligi ham cheklanadi. Dinamik muvozanat sharoitda uchuvchi kimyoviy moddalarning ajralib chiqishi ushbu moddalarning (formaldegid, ftolatlar, stirol, etilbenzol, akronitril) atmosfera havosi uchun TREM idan oshmasligi kerak. О‘yinchoqlardan suv muhitiga ajralib chiquvchi kimyoviy moddalar (ftolatlar, formaldegid, stirol, metilmetakrilat, tiuran)ni baholashda, aniqlanayotgan moddalarning tо‘yinmalari oziq – ovqat mahsulotlari bilan aloqada bо‘luvchi polimer va boshqa mahsulotlaridan ajralib chiquvchi kimyoviy moddalarning migrasiya ruxsat etiluvchi miqdori ( MREM ) sanitariya bilan solishtiriladi.
“О‘yin va о‘yinchoqlarni ishlab chiqarish va sotish “Sanitariya qoidalari va meyorlari” da о‘yinchoqlarni ishlab chiqarishda ishlatish mumkin bо‘lmagan materiallar haqida ma’lumotlar berilgan. Ular jumlasiga rezina, polietilen, mis quvurlar, ruhlangan pо‘lat, oq tunkaning ba’zi turlari va boshqalar kiradi.
О‘yinchoqlarning tuzilishi va о‘ziga xosligiga bо‘lgan gigiyenik talablarga organoleptik meyorlashlar, bezatish, о‘yinchoqlar qoplamasining, shuningdek, о‘yin va о‘yinchoqlar ishlab chiqarishda foydalaniladigan polimer materiallarning chidamliligi taalluqli bо‘ladi. О‘yinchoqlarning usti silliq, quruq, yopishmaydigan bо‘lishi lozim. Har qanday turdagi о‘yinchoqlarning hidi bо‘lmasligi kerak.
Uchuvchi kimyoviy moddalar ajralib chiqishining dinamik muvozanati 24 -28 soat davomida aniqlanadigan darajasi 2 ballni tashkil etib, hidni aniqlaydigan tajribali mutaxassis (degustator) bо‘lmagan odam ham e’tibor bergan xolda uni aniqlay oladi.
О‘yinchoqlarning bezatuvchi yoki himoyalovchi qoplamasir sо‘lak, ter ta’siriga va suv bilan ishlov berishga chidamli bо‘lishi kerak. О‘yinchoqlar qoplamasining sо‘lak va ter ta’siriga chidamliligiga bо‘lgan gigiyenik talablar yumshoq о‘yinchoqlardan tashqari barcha о‘yinchoqlarga dahldordir.
Xona ichida о‘ynashga mо‘ljallangan о‘yinchoqdan chiqadigan ovoz 65 dBA dan oshmasligi ( musiqiy, puflab va urib chalinuvchi о‘yinchoqlar bundan mustasno ), ochiq havoda о‘ynashga muljallangan о‘yinchoqdan chiqadigan tovush darajasi esa 75 dBA dan yuqori bо‘lmasligi lozim. О‘yin lahzalarida impulsli shovqin taratuvchi ( bir marta otish ) о‘yinchoqning ovoz darajasi 95 dBA dan balandlashmasligi shart.
Stol ustida о‘ynaluvchi xarfli о‘yinlarda matn fonga mos tushuvchi rangda bosilgan bо‘lishi kerak. Raqamli yoki xarfli belgilar qora rangda yoki bо‘rtib chiqqan qora tusli bо‘lishi kerak. Fon sifatida quyidagi ranglarning ishlatilishi gigiyenik jixatdan oqilona ekanligi isbotlangan: havorang, yashil, sarg‘ish – yashil, sariq, qizg‘ish, qizg‘ish-qizil. Stol ustida о‘ynaladigan harfli о‘yinlarning 10 yoshli bolalar о‘qishi uchun mо‘ljallanganlaridagi xarflarning balandligi kamida 2,3 mm, 10 yoshdan katta bо‘lgan bolalar uchun – kamida 1,75 mm bо‘lishi shart.
О‘yinchoqlarning ba’zi biriktiruvchi qismlarini ( burni, ovoz chiqaruvchi moslama va hokazo ) mustaxkamligiga bо‘lgan talablarga rioya etilishi bolalar jarohatlanishining oldini olish va sog‘lig‘ini saqlashda kо‘maklashadi. Bu biriktiruvchilarning bari 10 kg kuch ta’sirida uzilib tushmasligi, ya’ni bolaning kuchi yetmaydigan darajada mustahkam о‘rnatilishi lozim.
Bolalar uchun о‘yin va о‘yinchoqlar ishlab chiqaruvchi korxona bolaning sog‘lig‘i uchun xavfsiz ekanligi tegishli hulosa bilan tasdiqlangan mahsulot tayyorlanishiga kafolat bermog‘i lozim.
О‘yinchoqlar ishlab chiqarish va sotish bilan bevosita bog‘liq bо‘lgan xodimlar ushbu sanoatda, muassasada sog‘lig‘i jihatidan normativ hujjatlarga kо‘ra mos kelmasliklari mumkin emas. Harid о‘ramasi yoki ilova varaqasida ayni shu о‘yinchoq yoki о‘yinning necha yoshli bolalarga mо‘ljallanganligi aniq kо‘rsatilishi shart.
О‘yinchoqlarning sanitariya qonun – qoidalari talablariga mos kelmasligi oqibatida ularni ishlab chiqarish yoki sotish ta’qiqlanadi (tо‘xtatib qо‘yiladi).
Mahsulotlarni sotish paytida bolaning labiga tegadigan о‘yinchoqlarni namoyish etishda ularni labga tekkizib chalib kо‘rish ta’qiqlanadi. sotuvchida namoyish etiluvchi namuna bо‘lishi shart.



Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling