Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi
Bolalar kitoblari, darsliklari va о‘quv qurollari, qо‘llanmalariga gigiyenik talablari
Download 1.92 Mb.
|
BO\'G 6-9- boblar
7.1.3. Bolalar kitoblari, darsliklari va о‘quv qurollari, qо‘llanmalariga gigiyenik talablari.
Qadimdan axborot uzatishning asosiy vositasi – о‘qish hisoblanadi. Bola yoshligidanoq salmoqli hajmdagi axborotni о‘zlashtirish zaruriyati bilan tо‘qnashadi. Bilimlarni berish va о‘zlashtirishning yangicha yо‘llari va vositalari paydo bо‘lganiga qaramay, о‘qish axborot qabul qilishning asosiy usullaridan biri ekanligicha qolaveradi. Maktab yoshida, maktabda ham, uyda ham о‘quv jarayonining asosiy kо‘rinishi о‘qish bо‘lib qolaveradi, faqat bо‘sh paytda badiy adabiyotni о‘qish bilan tо‘ldirib boriladi. О‘qish bolalar va о‘smirlarga tushadigan umumiy aqliy va statistik yuklamaning kattaligiga tasir qiladi va uni о‘tkazish shartlarining tashkil etilishi, vaqti,rejimi cheklanishiga muhtojdir. О‘qish optimal sharoitda о‘tkazilishi kerak: mebellar о‘lchami meyoriy kо‘rsatmalarga mos, pyupitrdan foydalanilishi va unga о‘rnatilgan kitob gorizontal sathga nisbatan 450S burchak ostida qiya turishi, ish joyi sathini yorituvchi chiroqlar 300 lk. bо‘lishi kerak. О‘qish fiziologiyasining yoshga doir о‘ziga xosliklarini bilmay turib, о‘qishni fiziologik – gigiyenik meyorlashtirish mumkin emas. Kitob ustida ishlashning asosiy sharti kо‘rish idrokining osonligi bо‘lib, quyidagi hollarda uni amalga oshirish mumkin: buyum tevarak – atrof fonida yaqqol ajralib turadi va shu tufayli kо‘zning tо‘r pardasida yaqqol kо‘rinib turuvchi tasvir beradi; buyum tasviri tо‘r pardaning oldida yoki orqasida emas, balki aynan о‘zida shakllanadi; tasvir yetarlicha kattalikka ega bо‘lib, tо‘r pardada bir minutdan kam bо‘lmagan yoyni egallaydi (buyum qanchalik uzoq bо‘lsa, shunchalik katta bо‘lishi kerak, о‘shandagina talab qilinayotgan minimal kattalikdagi tasvirni bera oladi). Agar qaralayotgan buyum kо‘zdan uzoqda bо‘lsa, kо‘zning mushaklari minimal darajada ishlaydi. Bunday vaziyatda kо‘z о‘qlari parallel turadi, kо‘z soqqasi muvozanat holatida bо‘ladi, kо‘zni harakatlantiruvchi barcha apparat tinch holatda bо‘ladi. Agar buyum kо‘zga yaqinlashtirilsa, kо‘z о‘qlari bir-birini о‘tkir burchak ostida kesib о‘tishi kerak bо‘ladi. Bu konvergensiya – kо‘z soqqasining ichkariga aylanishi yuli bilan amalga oshiriladi. Buyum kо‘zga qanchalik yaqinlashgani sari, о‘qlar orasidagi burchak shunchalik о‘tkirlashib boraveradi va tabiiyki, buyumni qayd qilish paytida kо‘rish о‘qlarini birlashtiruvchi va ajratuvchi kо‘z soqqalarini harakatlantiruvchi mushaklarning ishlashi kuchayadi. Buyum yanada yaqinlashtirilaversa, qorachiq teshigi о‘lchamiga ta’sir kо‘rsatib, kamalaksimon parda mushaklari va qorachiq egriligini о‘zgartiruvchi akkomodasion mushaklar zо‘r berib ishlay boshlaydi. Buyumlarni yaqin masofadan tutib, uzoq vaqt kо‘rish kо‘z mushaklarining о‘ta toliqishiga olib boradi. Toliqish yorug‘likni sezuvchi kо‘z apparati (tо‘r parda, tayoqcha va naychalarning yorug‘likka sezgir tо‘qimalari, shuningdek, bosh miyadagi optik markaz)da ham paydo bо‘lishi mumkin. Yorug‘likni sezuvchi kо‘z apparati yorug‘lik qо‘zg‘atuvchilari ta’siri ostida qisqa vaqtdan sо‘ng (minutlar, sekundlar) shunaqangi holatga keladiki, uning sezuvchanligi belgilangan darajada aniqlanadi. Mushaklar apparatining toliqishi ish vaqtidagi uzoq muddatli о‘ta zо‘riqish yoki zо‘riqish va bо‘shashish tez-tez almashinib turadigan holatlarda yuz beradi. Kо‘z uchun bunday sharoitlar juda yaqin subyektlarni qayd etish yoki juda mayda detallarni kо‘rish zarur bо‘lganda hosil bо‘ladi. Bunday sharoitda uzoq muddat ishlaganda akkomodasion mushaklar о‘ta toliqish oqibatida qisqarish qobiliyatini yо‘qotishi yoki zо‘riqqan holatda qolishi siqilish (kо‘z yaqindagi buyumlarni kо‘rishga moslashgan holatda qoladi) yoki falaj holatiga tushishi mumkin. Yuqorida aytilganlarni nazarda tutgan holda о‘qiyotgan о‘quvchining boshini matnga nisbatan tо‘g‘rilab qо‘yish lozim. Demak, 8-9 yoshli о‘quvchining boshi pyupitrda joylashgan matndan о‘rtacha- 24,6 sm, 11-12 yoshdagilarniki - 29,1 sm. bо‘lishi kerak, faqat ancha katta yoshga kirgachgina о‘qiyotgandagi kitobgacha bо‘lgan masofa oshadi va 30-35 sm.ga yetadi. Bu kо‘rish idroki uchun yaxshi sharoit yaratadi va о‘quvchilarning yoshga doir о‘ziga xosliklariga mos tushadi. Aynan о‘qish jarayonining fiziologik ish sifatida yoshga doir farqlari anchaginadir. О‘qish murakkab ruhiy – fiziologik jarayon bо‘lib, о‘qish texnikasi bilan birga matnni tushunishni qamrab oladi. О‘qish, ayniqsa, kо‘rish idrokining boshlang‘ich bosqichlarida nafaqat kо‘rish о‘tkirligi, akkomodasiya, kо‘zlar harakatini, balki kо‘rib farqlash tezligi, kо‘rish diqqati va kо‘rish xotirasi kabi ruhiy funksiyalarning ham ishtirokini talab etadi. О‘qish texnikasi kо‘zlarning qatorlar bо‘ylab harakatlanib, nazarni tо‘xtatish (fiksasiya) bilan almashinishini qamrab oladi. Aynan shu vaqtda (faqat harakatlanish vaqtida emas) kо‘zlar ayni shu qayd qilingan maydondagi ma’lumotni qabul qilishadi, qayta ishlashadi va miyaning kо‘rish markaziga uzatishadi. Kо‘zlarning satr bо‘ylab oldinga harakatlanishidan tashqari yana matn elementlarini qayta qayd qilish (refiksasiya) ortga qaytuvchi harakatlari bо‘lishi mumkin. Qayd qilish (fiksasiya)lar muddati va kо‘z harakatlarining soni о‘qish jarayonini ifodalash imkonini beradi. Yosh ulg‘aygani sari о‘qish kо‘nikmasi ortadi, kо‘z harakatlarini tashkillashtirish mukammallashadi va о‘qish tezlashadi. Ammo bu jarayon bir tekis о‘tmaydi. О‘qish jarayonining takomillashishi quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi: fiksasiyalar sonini ularning muddatini sezilarli о‘zgartirmay turib, ya’ni har bir fiksasiya davrida tanish hajmini kо‘paytirish yо‘li bilan oshirish; fiksasiyalar muddatini ularning muayyan miqdorida, ya’ni ilgarigi hajmini saqlagan holda tanishni tezlashtirish yо‘li bilan kamaytirish; bir vaqtning о‘zida fiksasiyalar soni va ularning davomiyligini о‘zgartirish. 1-sinfda satrlarni о‘qish kо‘p miqdordagi fiksasiyalar va kо‘zning bir fiksasiyadan boshqasiga harakatlanishi, ular davomiyligining rang – barangligiga va boshqa yoshdagilarga nisbatan uzoq fiksasiyalar sohasining almashinishi bilan kechadi, satrlarning 60 %i refiksasiyasiz, ammo juda sekin о‘qiladi. 2 – sinfda о‘qishda kо‘proq qisqa fiksasiyalar kuzatiladi, illo ularning satrdagi soni kamayadi; kо‘p qatorlar yo refiksasiyasiz yoki bitta refiksasiya bilan о‘qiladi. Bu yoshda о‘qish tezligi birinchi sinfdagilarga qaraganda 2 marta oshadi. 3 – sinfda о‘qish kо‘p sonli fiksasiyalar bilan kechadi, shu bilan birga ularning satrlardagi miqdori turlicha bо‘lishi qayd qilinadi. Deyarli barcha satrlarni о‘qishda kо‘zning о‘qilgan matnga qaytuvchi harakati kuzatiladi. Shu tariqa, uchinchi sinfdagilarda noturg‘un kо‘z harakati funksiyalari kо‘z harakatlarining norasionalligi va о‘qishga qiynalishi kuzatiladi. 5-sinfda о‘qish jarayoni kо‘p sonli fiksasiyalar va refiksasiyalar hisobiga tezlashadi, ammo davom etish muddati bо‘yicha fiksasiyalar kо‘lami yanada kengayadi va ularning о‘rtacha davomlilik muddati uzayadi. 7- sinfda refiksasiyalar, qatordagi fiksasiyalar ortsa-da, ularning davomiyligi kamayadi. 9-sinflarda kо‘z harakatlarini tashkillashtirish hali kattalardagi singari refiksasiyalar mutlaqo yо‘q bо‘lgan, bir maromdagi yuqori darajali mukammallikka erishilmagan bо‘ladi. О‘qish paytida kо‘z harakatlanishining о‘ziga xosliklari yoshga doir funksional imkoniyatlar va bolalar hayotining turli bosqichida о‘qishga bо‘lgan turli talablarga kо‘ra aniqlanadi. О‘quvchi qanchalik kichik bо‘lsa, о‘qish shunchalik yoyilgan bо‘ladi. Matndagi barcha elementlar kо‘z bilan qarashda tushirib qoldirishlarsiz idrok etiladi, bu esa satrning refiksasiyasiz va sekin о‘qilishiga sabab bо‘ladi. Yosh ulg‘aygani sari о‘qish tezligiga bо‘lgan talab oshaveradi. О‘qitishning 1-chi yili oxiriga kelib, о‘qish tezligi minutiga 40-50 ta, 2-chisida 60-70 ta, 3-chisida 80-90 ta sо‘zni tashkil etishi va kattalarning 1/3-1/2 о‘qish tezligiga teng bо‘lishi kerak. 2-3 sinfdagi о‘quvchilar bо‘g‘inlarni tahlil qilib о‘qishdan idrokning yaxlit usullariga, ya’ni sintetik о‘qishning boshlang‘ich bosqichiga о‘tishadi. 3-sinfdagi о‘qitishning asosiy usuli tez о‘qishdir, ammo sо‘zlarni tanish va matnni tushinish (о‘qish) ikki parallel jarayon sifatida amalga oshadi. Bu yoshdagi о‘quvchilar idrok etishning murakkab ishlarni va kо‘z orqali olingan ma’lumotlarni qayta ishlashni bajarishga ulgura olishmaydi, bu esa о‘qish sekinlashishiga olib boradi. О‘qishning qaytarilishi, о‘qilgan matn mazmunini qayta aytib berishdagi xatolar о‘qiganini tushunish qiyinligini kо‘rsatadi. О‘rta va katta maktab yoshida kо‘z harakatlari yaxshi tashkillashtirilgan bо‘ladi, ammo kо‘z harakatlari kattalarga xos bо‘lgan bir tekislik va muntazamlikda bо‘lmaydi. Yosh ulg‘aygani sari о‘qish kо‘nikmasi shakllana boradiki, bu uning tezlashishi bilan ifodalanadi. Maktabdagi о‘qitishda kichik yoshdagilarga uchinchi va birinchi yо‘ldagi о‘zgarishlar xos bо‘lib, katta yoshda esa о‘qishning takomillashtirilishi fiksasiyalar davomiyligini kamaytirish yо‘li bilan amalga oshiriladi. Bolalarga mо‘ljallangan kitoblar va darsliklarga qо‘yiladigan eng jiddiy talab, bu-о‘qishning о‘ng‘ayligi bо‘lib, u uzoq ishlash paytida kо‘rish a’zosi maksimal darajada samara berishi bilan birga minimal darajada zо‘riqishi va charchashni ta’minlashdir. Bu darslikning sirtdan yaxshi bezatilishi, bosma harfi (shrift)lari о‘lchami, undagi rasmlar va suratlarni bosish rangining quyuqligi va tekisligi, qog‘oz rangi va bezatishning boshqa elementlarini tо‘g‘ri tanlash orqali amalga oshiriladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda kо‘rish yordamida idrok etishning yoshga doir о‘ziga xosliklari yetarlicha rivojlanmasligi tufayli о‘qish jarayonini qiyin va toliqtiruvchi qilishi sababli ham, ularga mо‘ljallangan nashrlarning sifati ayniqsa muhimdir. Darslik nashrlari, shuningdek, darsliklar, о‘quv qо‘llanmalari, amaliy kо‘rgazmali qurollar tayyorlanadigan nashriyot materiallarining og‘irligi, harfli bezagi va sifati uchun sanitariya qonun qoidalari mavjuddir. Katta formatlarni, og‘ir muqovalarni, qalin qog‘ozni qо‘llash darslikni og‘irlashtirib, uni qо‘llashga noqulay qiladi, har kuni kо‘tarib yuriladigan maktab yukini kupaytiradi. О‘quv nashrlarining og‘irligi 1-3 (4) - sinflar uchun 300 grammdan, 5-6- sinflarada – 400 grammdan, 7-9 - sinflarda – 500 grammdan oshmasligi lozim. (San QvaM № 0218-07). 1-3 (4)-sinflar uchun faqat maktabda foydalanishga mо‘ljallangan nashrlar (kitobning titul, ya’ni nomi, muallifi, nashr yili va h.k. kо‘rsatiladigan varag‘ida bunday foydalanishning о‘ziga xos xususiyatlari albatta kо‘rsatiladi) og‘irligi 500 grammdan oshmasligi kerak. Nashrning og‘irligi faqat 10 foizgacha oshirilishiga ruxsat beriladi. Nashriyot materiallari va qog‘ozning sifati darslikning sanitariya holatiga qarab aniqlanadi. Muqovalashning sifati pastligi, g‘adir-budur g‘ovakdor bо‘sh, yelimlanmagan (namlikni oson shimadigan) qog‘oz ishlatilishi darslikning tez ifloslanishiga va yaroqsiz bо‘lib qolishiga olib keladiki, bu gigiyena kо‘nikmalarini tarbiyalashni qiyinlashtiradi va sanitariya-epidemiologiya tomonidan havfli bо‘lib qolishi mumkin. О‘quv nashrlari yumshoq muqovali yoki qattiq muqovalangan bо‘lishi mumkin. Nashr qism (bloklari) о‘qishni qiyinlashtiruvchi, ya’ni ip bilan choklab tikish, yelimli choksiz yopishtirish usullari bilan biriktirilishiga ruxsat berilmaydi. Darsliklarni tayyorlash uchun oqlik kо‘rsatkichi 74-88 % bо‘lgan va faqat kitob nashr etish uchun mо‘ljallangan qog‘ozlar (ofset, nashriyot, kitob-jurnal qog‘ozi) qо‘llaniladi. Gazeta qog‘ozini qо‘llashga yо‘l qо‘yilmaydi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling