Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi
Download 1.92 Mb.
|
BO\'G 6-9- boblar
7.1.4. Turli mashg‘ulot va ish turlarida tо‘g‘ri tana holatining fiziologik asoslari. О‘quv mebeli, asbob-uskunalari va ularni joylashtirishga nisbatan gigiyenik talablar.
Bola ma’lum bir holatdagi, skelet qismlarini qimirlamaydigan qilib qо‘yish yо‘li bilan erishiladigan kо‘plab gavda vaziyatlariga moslashishga qodirdir. Gavda vaziyatlari bir qancha (ba’zan juda qisqa) vaqt davomida saqlanib turadi va ozroq yoki kо‘proq barqaror muvozanat holatiga mos keladi. Gavda holatlarining har biri gavdani zamin sathi uzra chо‘ziltirib qо‘yishga intiluvchi yer tortish kuchini yengishdek mutloq zaruriyatni bajarishga qaratilgan. Odatda kо‘rib chiqiladigan uchta asosiy gavda vaziyati orasida vertikal holat alohida qiziqish uyg‘otadi. Bu holat insonga xos bо‘lib, uning asosiy gavda vaziyatidir. U tanadagi о‘qi taxminan bitta vertikal sathda joylashgan turli bо‘g‘inlarning; umurtqaning tik holatga о‘tishi oqibatida paydo bо‘lgan uchta egik joyi (buyin, kо‘krak va bel)ning mos holati bilan aniqlanadi, bundan faqat oyoq kafti mustasnodir. Asosiy gavda vaziyati doirasida kо‘plab variantlar bо‘lishi mumkin: tik turish (antropometrik о‘lchovlarda foydalaniladi) “g‘oz yurish” gavda vaziyati, yozuv stoli yonida turish va boshqa mushaklarni qisqartiruvchi va umurtqa egiklari о‘zgarishlarini keltirib chiqaruvchi vaziyatlar. Gavdaning qulay tik vaziyati qо‘yidagi holatlarga kо‘ra aniqlanadi: a) oyoq kaftlari tovonlar orasidagi masofa 8-10 sm bо‘lgan holda 30 burchak ostida tashqariga о‘girilgan; b) qо‘llar tabiiy ravishda tana yonida osilib turadi; v) nigohlar tо‘g‘riga qarab, cheksizlikka yunaltirilgan bо‘lib, bu boshning holatini aniqlaydi; g) ikkala oyoq kaftiga teng tayanilgan; d) mushaklar bir tekis bо‘shashgan. Bu gavda vaziyatini qо‘llash mushaklar va bog‘lovchi a’zolarning birgalikdagi samarasini talab qiladi. Qulay tik gavda vaziyatidan yasama gavda vaziyatlariga о‘tish mushaklar faolligi oshishi bilan birga kechadiki, bu kuchaygan mushaklar faolligi almashgan og‘irlik markazini chegaralashga qaratilishiga xos bо‘ladi. О‘tirgandagi tabiiy gavda vaziyati о‘z-о‘zidan paydo bо‘ladi, bilaklar tabiiy ravishda tana yonboshida osilib yoki son ustida turadi. Muvozanatning mexanik shartlari nuqtai nazaridan olganda, о‘tirish holati qо‘shimcha tayanch nuqtasi borligi bilan ifodalanadiki, u-о‘rindiqdir. О‘tirish tabiiy gavda vaziyati suyanchig‘i yо‘q о‘tirg‘ichlarning о‘ziga xosliklari bilan aniqlanadi: a) о‘tirg‘ich gorizontal sathga ega; b) uning chuqurligi son uzunligining 2/3 qismini tirab turadi; v) uning balandligi sonlarning gorizontal holatini ta’minlaydi; sо‘ngisi boldir bilan tо‘g‘ri burchak hosil qiladi, oyoq kafti butun yuzasi bilan yerga tiraladi. Yozuv va yozilgan matn ishlarini bajarish uchun mо‘ljallangan о‘rindiq nisbatan mukammalroq о‘rganilgan. Uning tuzilishi buyicha fiziologik-ergonometrik tavsiyalar qо‘yidagicha: о‘tirganda gavda holatini о‘zgartirish imkoniyati ta’minlangan bо‘lishi kerak; tana og‘irligi asosan quymuch bо‘rtiqlari bilan ushlab turilishi kerak, buning uchun esa eng avvalo о‘rindiqga nisbatan qattiq bо‘lishi lozim; о‘rindiq balandligi muayyan yoshdagi bolalar sonining minimal uzunligidan oshmasligi lozim; sonning orqa yuzasiga о‘rindiq botishi oqibatida noqulaylik yuzaga kelmasligi uchun son va о‘rindiq chekkasi orasida yetarlicha masofa bо‘lishiga rioya qilish kerak. О‘rindiqning qulay bо‘lgan maksimal chuqurligi sonning uzunligi bilan aniqlanadi; о‘rindiqning minimal kengligi quymuch bо‘rtiqlari uchun tayanch ehtiyoji va barqaror tana vaziyatini saqlash zaruriyatiga kо‘ra aniqlanadi. О‘rindiq kengligi yonlama harakatlarni ta’minlash imkoniyatini beruvchi bо‘rtiqlar orasidagi masofa о‘lchamlari bilan о‘lchanadi. tana holatini о‘zgartirish zaruriyati tufayli yumshoq yoki egilgan о‘rindiqdan kо‘ra yassi о‘rindiq ma’qulroqdir. Orqa tomoni 3-5 nishabroq bо‘lgani maqsadga muvofiq. stuldan turishning eng о‘ng‘ay usuli oyoq kaftlarini tana ostiga yig‘ishidan iborat bо‘lib, shu holatda harakatlanganda mushaklar zо‘riqishi kamayadi. Shu sababli ham stul oyoqlari orasiga yoki uning old tomonida kо‘ndalang taxtacha о‘rnatish yoki oyoq uchun taglik quyish qat’iyan man etiladi; belni ushlab turuvchi tayanch suyanchiq tanadagi mushaklar faolligini kamaytiradi; ammo u umurtqa va qо‘llar harakatchanligini kamaytirish kerak (uni kuraklardan pastroq joylashtirish kerak); agar bel tayanchi pastroq bо‘lsa, dumg‘azaga tegib turadi, bu esa qulay о‘tirishga halaqit beradi va oldinga sirg‘anishga sabab bо‘ladi. Shu tariqa, bel uchun tayanch holati tepadan va pastdan chegaralanadi. Eng maqbuli, о‘zgartirib turiladigan bel tayanchi bо‘lib, uning qiyaligi 105 atrofida bо‘lishi lozim. stol va stul yaxlit bо‘lib, bolalarning antropometrik ma’lumotlari asosida loyihalashtirilishi kerak. Stol ostida bolalarning oyog‘i uchun yetarlicha kenglik bо‘lishi lozim. Stol osti kengligi va о‘rindiq orasidagi masofa songacha bо‘lgan minimal balandlikdan katta bо‘lishi kerak. Stol ostida boldirlar uchun ham yetarlicha kenglik bо‘lishi lozim. xavfsizlikni ta’minlash uchun stul mustahkam va pishiq bо‘lishi kerak; bu talabga kо‘proq 4 oyoqli stullar mos keladi. Bolalar muassasalarini mebel bilan tо‘g‘ri jihozlash va ularning uy sharoitida bо‘lishi bolalar va о‘smirlar sog‘lig‘ini saqlashda, shuningdek tarbiyaviy va pedagogik jarayonlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Asosiy talablardan biri – mebel о‘lchamlari bolaning о‘lchamlari va ularning mutanosibligiga mos tushishidir. Bu talab buzilganda tana egilish kuchayadi, unda assimetriya rivojlanadi, noqulay tana holatini qо‘llab turishga majbur bо‘lgan mushaklarda zо‘riqish yuzaga keladi. Fiziologik jihatdan oqilona tana vaziyatini qо‘llab turish uchun zaruriy shart - mebel bilan jismoniy jihatdan normal rivojlangan bolalar va о‘smirlar antropometrik о‘lchovlarining о‘zaro mos tushishidir. Bolaning buyiga mos keluvchi mebel tanlash, rejalash, о‘quv xonalariga joylashtirish, bolalarni kо‘rish va eshitish holatiga qarab о‘tkazish, bolalarni о‘tkazishni baholash bolalarning sanitariya – epidemiologik farovonligini ta’minlash bilan shug‘ullanuvchi tibbiy va pedagogik faoliyatining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Maktabgacha bо‘lgan yoshdagi bolalar uchun bolalar jamoat muassasalari va uy sharoitida foydalanishga mо‘ljallangan turli о‘lchamdagi bolalar stollari, stullari, karavotchalardan foydalaniladi. Tо‘rt xil turdagi bolalar stollari tayyorlanadi: I – 1,5-5 yoshli bolalar uchun mо‘ljallangan tо‘rt о‘rinli stol; II – 5-7 yoshli bolalar uchun qiya qopqog‘i о‘zgartiriladigan va о‘quv anjomlari solinadigan qutisi bor ikki о‘rinli stol; III – 1,5-4 yoshli bolalar uchun trapesiya shaklidagi ikki о‘rinli stol (qо‘shimcha); IV – uyda ishlatiladigan bir о‘rinli stol. Maktabgacha bо‘lgan yoshdagi bolalar uchun 6 guruhdagi mebellar ishlab chiqariladi, ular о‘ziga xos xarakteristikaga ega. (7.13-jadval). 7.13-jadval Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling