Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi


-11 sinflar uchun nashrlarni shriftli bezatishning


Download 1.92 Mb.
bet23/84
Sana30.01.2024
Hajmi1.92 Mb.
#1809090
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   84
Bog'liq
BO\'G 6-9- boblar

5-11 sinflar uchun nashrlarni shriftli bezatishning
optimal о‘lchamlari



Sinflar

Shrift kegli, punktlar

Interlinyaj kattalashishi, punktlar

Qatorlar uzunligi, mm

5-6
7-9
10-11

12
10
10

2
4
2

100-120
90-110
90-105



7.11-jadval


Monitorlarga bо‘lgan texnik talablar



Monitorlar tavsifi

SanQvaM 0224-07 talablari

Pozitiv kontrast bilan ishlovchi kadrlar chastotasi
Tekst qayta ishlash rejimida ishlovchi kadrlar chastotasi
Tasvir elementlarning titrashi
Antiblik qoplama
Shovqinning ruxsat etilgan darajasi
41-soatlik ish haftasida, ekrandan 5 sm oraliq masofada rentgen nurining doza quvvati

60 Gs dan kam emas
72 Gs dan kam emas
0,1 mm kо‘p emas
Shart
50 dBA dan kо‘p emas

0,03 mkR/s



Keyingi yillarda bolalar videodispleyli terminallar (VDT) yordamida salmoqli hajmdagi ma’lumotga ega bо‘lishmoqda, shu bois ularga nisbatan muayyan talablar belgilangan.


Monitorlarga bо‘lgan texnik talablar 7.11-jadvalda kо‘rsatilgan.
Ergonomika bо‘yicha talablar 7.12-jadvalda kо‘rsatilgan.


7.12-jadval


Videodispleyliterminal (VDT)ning meyoriy vizual parametrlari

Parametrlar




Belgi yoki fon yorqinligi (qorong‘ida о‘lchanadi)
Kontrast
Tasvirning ruxsat etilgan vaqtincha noturg‘unligi (miltillashi)

Belgining burchak о‘lchami


Belgi kengligining balandligiga nisbati (bosh harflar uchun)
Bir xil tip belgilarning kengligidan va matrisa balandligining ruxsat etilgan aralashishi
Ekranning kaytaruvchanlik qobiliyati (bliklar)

35 – 120 kd/m2
3:1 dan 1,5:1 gacha
90% ortiq kuzatuvchi qayd etilmasligi kerak
16 – 60’
0,5 – 1,0

5% kо‘p emas


1% dan kо‘p emas

Ravshanlik о‘zidan yorug‘lik taratuvchi jismlarga moslashishni yengillashtirish uchun meyorlashtiriladi. Bunda ochiq rangli elementlarning yorqinligi, ya’ni negativ tasvir uchun – belgi va pozitiv tasvir uchun – fon nazarda tutiladi. Shuningdek, ravshanlikning notekis tebranishlari ham cheklanadi (+25 foiz atrofida). Bu parametrlardan tashqari, ekranning tashqi yoritilganligi ham meyorlashtiriladi (100dan 25 lk.gacha). Tadqiqotlarning kо‘rsatishicha, ekran yoritilganligining nisbatan balandroq darajalarida kо‘rish kо‘rsatkichlari tez va sezilarli pasayadi.


Kо‘rish uchun qora ekran va yorug‘ belgilar (negativ tasvir) yaxshimi yoki aksincha (pozitiv tasvir)mi, degan savol shu paytgacha yechimini topgani yо‘q. Mutaxassislar ikkala variantning ham ijobiy va salbiy tomonlari mavjudligi haqida kо‘plab dalillar keltirishadi. Gigiyenistlarning fikricha, agar PEVM bilan ishlash paytida qog‘oz vositasi (daftar, kitob)dan ham foydalanishni taqoza etsa, unda monitor ekranidagi tinimsiz moslashishiga tо‘g‘ri kelmaydi. Ranglarni tanlaganda spektrning yashil – havorang qismiga kо‘proq e’tiborni qaratgan ma’qul.
Kо‘rish a’zolari tez toliqishga sababchi bо‘ladigan omil, bu – ekrandagi fon va belgilar о‘rtasidagi kontrastlilikdir. Agar u kichik bо‘lsa, belgilarni ajratib olish qiyinlashadi, ammo katta kontrastlilik ham zarardir. Shuning uchun ham kontrast 3:1 dan 1,5 :1 gacha bо‘lgani ma’qul. Kontrastlilik bundan – da pastroq darajalarida kо‘zlar charchashi va umumiy toliqish haqida shikoyatlar kо‘payishi qayd etiladi.
Monitordagi belgilar о‘lchami 16dan 60 burchak minutiga teng bо‘lishi kerak, agar foydalanuvchi ekranga 50 sm. (gigiyena nuqtai nazari buyicha yо‘l qо‘yiladigan minimal masofa) masofadan qarayotgan bо‘lsa-0,46dan 1,75 sm.gacha bо‘lishi kerak.
Gigiyenistlar, shuningdek, noodatiy, jimjimador shakldagi harflarni о‘qish, ayniqsa, bolalarda qiyinchilik paydo qilishini va kо‘proq toliqtirishni ta’kidlaydilar. Boshlang‘ich sinflar о‘quvchilar murakkab shakldagi shriftlarni
о‘qiganlarida о‘qish tezligi keskin tushib ketadi, kо‘pincha yorug‘lik miltillashlarining qо‘shilishidan kritik chastotasi pasayishi kuzatiladi, bu nisbatan sezilarliroq toliqish rivojlanayotganidan darak beradi. Shu sababli ham gigiyenistlar bolalar uchun mо‘ljallangan ta’lim dasturlarida turli xil shriftlarni qо‘llashga salbiy munosobatda bо‘ladilar.
Turli belgilar bilan ishlashni yengillashtirish uchun ular kengligining balandligiga bо‘lgan nisbati meyorlashtiriladi (0,5dan 1:0 gacha; yaxshisi 0,7dan 0,9gacha).
VDTlar bilan ishlashda kо‘z toliqishni asosiy sababchisi tasvirning noturg‘unligi va uning ekranda buzilib kо‘rinish ehtimollaridir. Shu sababli ham bir xildagi belgilarning aralashib ketishi monitor ish ekrani tug‘ri tо‘rtburchak shaklda bо‘lmasligi; tasvirning fazoviy noturg‘unligi meyorlashtiriladi (maxsus formulalar yordamida hisoblagan holda). Tasvirning vaqtinchalik noturg‘unligi 90 foiz kuzatuvchilarda qayd etilmasligi mumkin. Ekranning qaytaruvchanlik qobiliyati 1 foizdan kо‘p bо‘lmasligi kerak. Chaqnashlar sonini kamaytirish va diqqatni jamlashni yengillashtirish uchun monitorning korpusi qaytarish koeffisiyenti 0,4-0,6 bо‘lgan bir xil rangli (och kulrang, och qaymoqrang tusli) yaltiroq detallarsiz va old tomonidagi boshqaruv a’zolari hamda yozuvlari iloji boricha kamroq bо‘lishi kerak.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling