Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi
О‘yinchoqlarga bо‘lgan gigiyenik talablar
Download 1.92 Mb.
|
BO\'G 6-9- boblar
7.1.2. О‘yinchoqlarga bо‘lgan gigiyenik talablar.
Bolalarning hayotida ham, tarbiyalashda ham о‘yinchoqlar muhim о‘rin tutadi. Ular atrof muhitni о‘rganishga kumaklashadi, ijobiy hissiyotlar manbai bо‘lib xizmat qiladi. Tarbiya vositasi sifatida о‘yinchoq tanlashda bolaning yoshga oid о‘ziga xosligiga asoslaniladi. Hayotining 1-chi yilida о‘yinchoqlar kо‘rish va eshitish idrokini, ovozga nisbatan reaksiyalarni, tana vaziyatini о‘zgartirishga imkon beruvchi harakatlar (о‘tirish, turish, qullari bilan buyum chetini ushlash va hokazo) ni rivojlantirishi kerak. Polimer materiallardan tayyorlangan о‘yinchoqlar – shiqildoq, halqachalar juda ommalashgan. Ular yetarlicha yirik, ushlash uchun qulay, yorqin bо‘yoqli, ovoz chiqaradigan bо‘lmog‘i kerak. Hayotining birinchi yili oxirida bola qо‘g‘irchoqlar, hayvonchalar, mashinalar, yumalovchi о‘yinchoqlarni о‘ynashi mumkin. Keyingi yillarda bola tevarak – atrofni faolroq о‘rganadi, uning nutqi rivojlanadi, harakatlari takomillashadi. Bu yosh davrida nisbatan turli – tuman va murakkab о‘yinchoqlar, vadama naqsh – mozaikalar, tayoqchalar, qublar, qurilish materiallari, zehnni о‘stiruvchi о‘yinlardan foydalanish kerak. Maktabgacha bо‘lgan yoshdagi bola haqiqiy rolli о‘yinlarga о‘tadi (oyisi, buvisi, shifokorga taqlid qiladi), bunda ommaviy о‘yinlarga mо‘ljallangan о‘yinchoqlardan faol foydalaniladi. Bolalarning morfofunksional о‘ziga xosliklariga asosan, bilimni orttirish va aqliy salohiyatini о‘stiruvchi о‘yinlar va о‘yinchoqlar 5 guruhga bо‘linadi: bir yoshgacha bо‘lgan bolalar о‘yinchog‘i (lk), 1 yoshdan 3 yoshgacha bо‘lganlarga (bog‘chaning kichik guruhi), 3 yoshdan 6 yoshgacha bо‘lganlarga (maktabgacha bо‘lgan), 6 yoshdan 10 yoshgacha bо‘lganlarga (qо‘yi sinflar), 10 yoshdan 14 yoshgacha bо‘lganlarga (о‘rta sinf). Bolalar о‘yinchog‘i xavfsiz va gigiyena talablariga javob beruvchi, bolaning aqli va yoshiga mos bо‘lishi kerak. О‘yin va о‘yinchoqlarga qо‘yiladigan gigiyena talablari, ular tayyorlanadigan materiallarga, о‘yin va о‘yinchoqlarning tuzilishi va alohida tavsifiga, shuningdek. о‘yinchoqlarni ishlab chiqarish va sotishga ham dahildor bо‘ladi. О‘yinchoqlar tayyorlashda ishlatiladigan xom ashyo va materiallar sanitariya qonun – qoidalari asosida ishlatiladi. О‘yinchoq (о‘yin)lar ishlab chiqarishda о‘yinchoqlar tayyorlash uchun ruxsat berilgan xom ashyo materiallar rо‘yxatiga kiritilgan yoki gigiyenik baxolashdan о‘tgan va tegishli qonun – qoidalarga binoan tasdiqlangan polimer materiallar (polistirol, polietilen, polipropilen, PXV, dakril, sevilen, viniliskoja, ftorolon va boshqalar), polimer plenkalar (polivinilxloridli, polietilenli, polietilenpoliamidli, sellofan va boshqalar), rezina , kauchuk, shuningdek, loklar, bо‘yqlar, emallar va boshqalar ishlatiladi. О‘yinchoqlar ishlab chiqarishda materiallarning sanoat chiqindilaridan (ikkilamchi qayta ishlash) foydalanishga ruhsat beriladi. Bolalar о‘yinchoqlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilmagan korxonalardan keladigan sanoat chiqindilardan faqat sanitariya – epidemiologiya xizmati tashkilotlari bilan maslahatlashilgan xolda foydalanishga ruxsat etiladi. О‘yinchoqlarni tayyorlashda chiqindi latta – puttalar, tabiiy mо‘yna va charm ( 3 yoshgacha bо‘lgan bolalar uchun mо‘ljallangan о‘yinchoqlarda ) parchalari, daraxt pо‘stlog‘idan foydalanish ma’n etiladi. Bolalarning labiga tegib turuvchi puflab chalinadigan musiqiy о‘yinchoqlar va shiqildoqlar namliklarni shimmaydigan, oson dezinfeksiyalanadigan materiallardan tayyorlanishi lozim. О‘yinchoqlar tarkibida og‘ir metallar (bariy, kadmiy, xrom, qо‘rg‘oshin, simob, selen) ning mavjud bо‘lishi gigiyena talablariga muvofiqlanadi ( 7.9 – jadval ). 7.9- jadval Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling