Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi


Download 1,92 Mb.
bet30/84
Sana30.01.2024
Hajmi1,92 Mb.
#1809090
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   84
Bog'liq
BO\'G 6-9- boblar

7.9 – rasm. Lingofon xonasi.

О‘qish hududida ikki о‘rinli о‘quvchilar laboratoriya stollari ( ustkurmali va usiz )ga suv quvuri hamda elektr, siqik havo yuboruvchi (fizika xonasida) bilan ta’minlovchi uskunalar о‘rnatiladi.


Kimyo laboratoriyasida о‘qituvchi stoli yonidagi tashqi devor yonida tortuvchi shkaf о‘rnatilishi lozim.
Hozirgi paytda maktablarda bir necha xil sinf doskalaridan foydalaniladi:

  • bо‘r bilan yoziladigan;

  • flomaster bilan yoziladigan;

  • bо‘r bilan yoziladigan va nota chiziqlari bor (musiqiy);

  • e’lonlar uchun pо‘kakdan yasalgan.

Emallangan pо‘lat taxtadan yasalgan doskalar eng qulay hisoblanadi.


Emal buyog‘ining rangiga qarab, bо‘rda yoziladigan (yashil tusli) va flomasterda yozib, quruq artiladigan (oq rangli) doskalar qо‘llaniladi.
Pо‘lat taxtadagi yuqori sifatli oyna-emalli qoplam va ovozni yutuvchi moslamadan foydalanish ma’lumotni yuqori kontrast bilan oson va shovqinsiz yozib, tezgina sochiq bilan artib tashlash, shuningdek, magnitlar yordamida yengil suratlar, chizma va diagrammalarni doska sathi uzra joylashtirish imkonini beradi.
Oyna-emalli doskalar 1 dan 7 tagacha sathga ega bо‘lib, qо‘zg‘olmas, kо‘chma, bitta yoki turli ranglarda, shuningdek, turlicha о‘lchamlarda bо‘lishi mumkin.
Nota chiziqli doskalar musiqa maktablari va qо‘shiq aytish xonalari uchun mо‘ljallangan. Ular qora rangli anodlangan alyuminiy taxtadan tayyorlanib, nota chiziqlari chizilgan bо‘ladi.
E’lonlar doskalari haqiqiy yoki sun’iy pо‘kakdan yasalib, turli e’lon va xabarlar oddiy idora qistirgichi yordamida osib qо‘yiladi.
О‘quv anjomlarini joylashtirish va о‘quvchilarni joy-joyiga о‘tkazish juda muhim hisoblanadi. О‘quv xonalarida maqsadga kо‘ra о‘quvchilar stollari (bir о‘rinli va ikki о‘rinli), auditoriya stollari, chizmachilikka moslashtirilgan stollar yoki laboratoriya stollari qо‘yilishi mumkin. Stollarni joylashtirish, qoidaga kо‘ra, uch qator bо‘lishi mumkin, ammo ikki qatorli yoki bir qatorli (orasi tusilgan) bо‘lishi ham mumkin




Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling