Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi
О‘quv xonalarida tashqi havo haroratiga nisbatan yelvizakli shamollatish davomiyligi
Download 1.92 Mb.
|
BO\'G 6-9- boblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktab xonalarida havo harorati
- Jismoniy tarbiya darslari
- Bola hayot faoliyatining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri tabiiy va sun’iy yoritishdir
О‘quv xonalarida tashqi havo haroratiga nisbatan yelvizakli shamollatish davomiyligi
7.30-jadval Maktab xonalarida havo harorati
1lentali oynalanganda 2optimal parametrlar 3ruxsat etilgan parametrlar Havo harorati iqlimiy sharoitlaridan kelib chiqqan holda 7.30 – jadvalda tavsiya etilgan kо‘rsatkichlarga mos kelishi kerak. Jismoniy tarbiya darslari yaxshi shamollatiluvchi zallarda о‘tkazilishi lozim. Buning uchun tashqaridagi havo harorati +50 S dan baland va shamol qattiq esmayotgan paytda zaldagi shamolga teskari tomonda joylashgan 1-2ta oynalarni ochib qо‘yish lozim. Havo harorati bundan past bо‘lganda va shamol kuchliroq esayotgan paytda zalda faqat framugalar ochiq turishi, eshik – derazalarni ochib shamollatish esa faqat tanaffusda – о‘quvchilar yо‘q paytda amalga oshirilishi lozim. Xonadagi havo harorati 15-140Sga yetganda, zalni shamollatish tо‘xtatiladi. Umumta’lim muassasalari binolarida havoning nisbiy namligi 40-60 % atrofida bо‘lishi kerak. Ustaxonalar, oshxona binolari, dushxonalar va xojatxonalar tortuvchi havo almashtirish uskunalari bilan jihozlangan bо‘lishi lozim. Tortuvchi havo almashtirish uskunalarining panjalari har oyda tozalab turilishi kerak. Maktabdagi issiqlik ajratib chiqaruvchi stanok va mexanizmlar ishlatiladigan о‘quv – ishlab chiqarish ustaxonalarida tortuvchi havo almashtirish uskunalari о‘rnatilishi kerak. Havo almashinuvi karraligigi har 1 bola uchun 1 soatga 20 m3dan kam bо‘lmasligi lozim. Bola hayot faoliyatining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri tabiiy va sun’iy yoritishdir. Maktabning barcha о‘quv xonalari tabiiy yorо‘g‘lik bilan yoritilishi lozim. Sport anjomlari saqlanadigan xonalar, yuvinish xonalari, dushxonalar, gimnastika zali qoshidagi xojatxonalar, dushxonalar va xodimlarning xojatxonalari, omborxona binolari (oson alangalanadigan suyuqliklar saqlanadigan binolardan tashqari), radiouzatish xonalari, kinofotolaboratoriyalar, kutubxonalar, ichimlik suvi va oqava suv nasosxonalari, suv isitiladigan qurilmalar binolari, havo almashtiruvchi va sovituvchi kameralar, boshqaruv xonalari hamda injenerlik va texnologik uskunalar о‘rnatilgan va boshqariladigan xonalar, dezinfeksiyalovchi vositalar saqlanadigan xonalar tabiiy yoritilishi shart emas. О‘quv binolarini chap tomondan yonlama yoritish nazarda tutiladi. Uzunligi 6 metrdan kо‘proq bо‘lgan о‘quv binolarini ikkiyoqlama yoritiladigan qilib loyihalashtirishda о‘ng tomondan balandligi kamida 2,2 metr bо‘lgan pastki yoritish bо‘lishi shart. Shu bilan birga yorug‘lik oqimi yо‘nalishini о‘quvchilarning oldi va orqa tomonidan yо‘naltirishga yо‘l qо‘yilmaydi. О‘quv ishlab chiqarish ustaxonalari, majlislar zallari va sport zallari ham yon tomondan ikkiyoqlama – tabiiy va aralash (yuqoridan va yondan) yoritilishi mumkin. О‘quv binolarini bir taraflama tabiiy yoritishda yorug‘lik tushadigan derazalar bor devorlar qarshisidan 1 metr masofada bir taraflama tabiiiy yoritishda tabiiy yoritish koeffisiyenti (TYOK) bilan о‘lchanadigan tabiiy yoritish darajasi 1,5 % bо‘lishi, ya’ni shu darajadagi kо‘cha yoritilganligining 1,5 foizga teng bо‘lishi kerak. Inson kо‘rish analizatori normal ishlashining muhim sharti – yoritilganlikning nafaqat yetarliligi, balki bir tekis bо‘lishi hamdir. О‘quv binolarida tabiiiy yoritilishning notekisligi 3:1 nisbatdan oshmasligi shart. О‘quv binolarida yorug‘lik о‘rinlari devor va mebellar rangigia mos tushuvchi och rangli gazlamali pardalar, plastik yoki temir darparda (jalyuzi) lar kabi rostlanadigan, quyoshdan himoyalovchi vositalar bilan jihozlanishi lozim. Tinch holatda pardalar ikkita derzalar oralig‘idagi devorga surib quyilishi lozim. Polivinilxlorid plenkalardan tayyorlangan pardalardan foydalanish ta’qiqlanadi. О‘quv xonalarini bezatish uchun jilosiz sath hosil qiluvchi bezatish materiallari va buyoqlaridan foydalanish kerak.7.31-jadvalda kо‘rsatilgan buyoq ranglaridan foydalanish zarur. 7.31-jadval Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling