Viii. Televideniening jamiyatdagi ijtimoiy vazifalari. Axborot uzatish vazifasi. Madaniy – Ma’rifiy vazifasi
Download 30.65 Kb.
|
MzSGEXAubzjxsHqnx1sehlbhHoeEQj14ts44okCo
Axborot uzatish vazifasi.
Barcha ommaviy axborot vositalari maqsadidan kelib chiqqan holda eng avvalo, yakka shaxsning, jamiyatning va davlatning axborot olishga bo’lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan. Televidenie o’zidan ilgari vujudga kelgan ommaviy axborot vositalaridan farqli o’laroq axborotni tezroq, ishonchliroq va xissiyotga boyroq tarzda tarqatadi. Muntazam ijtimoiy axborotga ega bo’lish zamonaviy hayotda to’laqonli ishtirok etishning asosiy shartiga aylanib qoldi. Butun dunyoda, yoxud muayyan xududda ro’y berayotgan voqealar haqidagi og’zaki xabarlar, reportajlardan iborat axborot dasturi xabarlar oqiminiig yaxlit majmuasi sifatida shakllanadi. Axborot dasturi ko’rsatuvlarning dolzarbligi va muhimligini taqozo etadi. Qolgan ko’rsatuvlar esa yangilik va axborot eshittirishlar orasida foydalanilishi mumkin. Axborot ko’rsatuvlarining dasturdagi o’rni va vaqti o’zgarmas tamoyil hisoblanadi. Ba’zan, yangiliklarda voqea joyidan to’g’ridan-to’g’ri olib borilayotgan reportajlar beriladi, to’g’rirog’i, o’sha voqea-hodisa (albatta, sodir bo’lishi avvaldanoq ma’lum bo’lgan) aynan yangilikning shu soni efirga ketayotgan payti sodir bo’layotgan bo’ladi. Biroq, to’g’ridan-to’g’ri, ya’ni bo’lib o’tgan emas, balki bo’lib o’tayotgan voqea hodisalarni yoritish bilan shug’ullanish maxsus axborot kanallarining vakolatiga kiradi (Masalan, Si-En-En va boshqalar). Ushbu kanallar tufayli ang tezkor yangiliklar oqib tushayotgan vodoprovod suvi, tarmoqdagi elektr quvvati kabi ko’plab kishilar uchun zaruriy omilga aylanadi. Ma’lumki, dunyodagi yetakchi siyosatdonlar xonasi va qabulxonasidagi televizorlar kanali Si-En-Enga ulangan bo’ladi. Bu esa, dunyodagi siyosiy va boshqa sohalardagi eng tezkor yangiliklardan o’z vaqtida xabardor bo’lish va ulardan samarali foydalanish imkonini beradi. Kishilarning ehtiyojini qondirish maqsadida, tezkor xabarlarni vaqtida qidirish, topish va auditoriyaga uni ta’sirchan tarzda va yangi-yangi usullarda berish axborotning samaradorligi va ta’sirchanligini yana bir karra oshiradi. Download 30.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling