Viii. Televideniening jamiyatdagi ijtimoiy vazifalari. Axborot uzatish vazifasi. Madaniy – Ma’rifiy vazifasi


Download 30.65 Kb.
bet7/7
Sana16.01.2023
Hajmi30.65 Kb.
#1095994
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MzSGEXAubzjxsHqnx1sehlbhHoeEQj14ts44okCo

Ta’lim Berish Vazifasi.
Yirik olimlar, eng yaxshi mutaxassislar rivojlangan mamlakatlarda tashkil etilgan teleuniversitetlarda ta’lim beradilar. Tomoshabinlarga telelektsiya tekstlarini yuboruvchi, imtihondan so’ng diplom beruvchi pullik teleuniversitetlar ham mavjud. Televidenie maktab va oliy o’quv yurtlarida o’qiyotganlarga bevosita yordam berib, malakali pedagoglar yetishmovchilik masalasini hal qilmoqda. Uy sharoitida o’qish uchun asosan kabel orqali ikki tomonlama telealoqa zarur. Ko’p yillik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, telekurslar oddiy tayyorlov kurslaridan samaraliroqdir.
O’zbekiston televideniesida bu dastur yetarli yo’lga qo’yilmagan bo’lib, mavsumiy tayyorlanadi.
Rekrativ Vazifa.
Rekreatsiya so’zi, lotin tilidan «tiklanish» deb tarjima qilinadi, ya’ni «xordiq chikarish», «inson mehnat jarayonida sarflangan kuchlarni tiklash». Bu turdagi ko’rsatuvlar jurnalistikadan chetda. Ko’plab ko’ngil ochar ko’rsatuvlar jurnalistik ijodga aloqador bo’lmasa ham ma’naviy tomonlma bir tartibga solishni muharrirga ma’suliyat yuklaydi. SHu bilan birga, auditoriyaga jamiyatda yashovchi turli qatlamdagi kishilarning hayotiy va oddiy turmush tarzi- haqida ma’lumot beruvchi o’yin teleseriallarning hujjatliligi bilan chegaralanadi. Bunday ko’rsatuvlarga videokliplar, kamediyali filmlar, turli konkurslar, "Kelin kuyov", "Iqbol" shou dasturi kiradi.
Biz har doim ko’rib turgan ko’rsatuvda qahramonlar obrazlarning hayot va tafakkuri nomoyon qilib boriladi. Bunday tushunchalar ijtimoiy qadriyat va ijtimoiy ahloq mezoniga aylanib boradi. Natijada, bizga tanish bo’lgan turli mavzulardagi ko’ngil ochar ko’rsatuvlar dunyoqarashimizni shakllantirishga xizmat qiladi. Afsuski, bizning televidenieda real "voqeylikni aynan to’g’ridan to’g’ri ko’satib beradigan reportaj shaklidagi qiziqarli ko’rsatuvlar uchramaydi. Bu ishni amalga oshirishda jurnalist va rejissyordan yuksak maxorat talab qilinadi.
Ko’plab rivojlangan mamlakatlarda ko’ngil ochar ko’rsatuvlarnimaxsus telekompaniyalar vastudiyalarda tayyorlaydi. Jurnalist bunday dasturlarda ko’rsatuv olib boruvchi yoki muharrir vazifasini bajaradi. Biz, har kuni ko’rib turgan kontsert dasturi ham muharrir ishi hisoblanadi. Bordi-yu kontsert uning ishtirokchilari bilan suhbat qurish, yoki mashhur "yulduz" hayotini yoritib berilgan lavha bilan qo’shib olib borilsa, jurnalist ushbu ko’ngil ochar ko’rsatuvning to’la qonli ishtirokchisiga aylanadi.
Download 30.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling