Viii. Televideniening jamiyatdagi ijtimoiy vazifalari. Axborot uzatish vazifasi. Madaniy – Ma’rifiy vazifasi
Download 30.65 Kb.
|
MzSGEXAubzjxsHqnx1sehlbhHoeEQj14ts44okCo
Madaniy – Ma’rifiy vazifasi.
Ushbu vazifa tomoshabinlar uchun mo’ljallangan barcha dasturlar mazmunini o’zida ifoda etadi. Biroq televidenieda shunday dasturlar va muhim kanal borki, aynan ular teleauditoriyani fan va madaniyat yutuqlari bilan tanishtirib boradi. Bu kanalda oxirgi yillarda maorif tizimini targ’ib qilish maqsadida didaktik ruhdagi mavzular yuzaga kela boshladi. Faqat madaniy-ma’rifiy vazifasi va ma’naviy vazifalar o’rtasida xuddi maktab va klubning o’zaro farqi singari tafovutlar mavjud. Televidenie tomoshabinlarga teatr spektakllari yoki o’yin telefilmlarini to’liq oynai jahonda olib ko’rsatish orqali madaniyat boyliklarini targ’ib etadi. San’atga aynan oid bu formalar jurnalistlar va bizning muxokamalarimiz doirasida vujudga keldi. Telejurnalistika maqsadlariga muvofiq ekranda ayniqsa, madaniy-ma’rifiy yo’nalishdagi. Ko’rsatuvlarda barcha tasvir imkoniyatlarini ishga solish bilan birga asosiy professionallik belgilari yuzaga keladi. Yozuvchilar, musiqachilar, rassomlar va san’atshunoslar izohlari bilan san’at mahsulotlarining namoyishidan iborat turli ko’rsatuvlar drammaturgiya va uyg’unlashuv qoidalariga asosan tuziladi. Mualliflarning madaniy-ma’rifiy yo’nalishidagi maqsadlariny a’lo darajada o’ziga singdirgan Bi-Bi-Sining 13 seriyali «Insonning yuksalishi» nomli filmi Yer yuzining xohlagan nuqtasida tomoshabinlarga televidenie layoqatini ko’rsatdi. Filmda Parfenon haqidagi televizion hikoya Afinada, unda izohlanganidek qadimgi rim voqealari haqida xiqoya Xozirgi Rimda bo’lib o’tdi va o’sha davrda yaratilgan me’moriy yodgorliklar yonida turib hikoya qilishda o’sha davr ruhi namoyon bo’ladi. SHuningdek, «TSivilizatsiya» nomli 15 seriyali filmning asosiy boshlovchisi Britaniya muzeyi direktori Kennet Klark bo’ladi. Bu ikki inglizcha televizion ma’rifiy ish butun dunyoga ma’lumdir. O’zbekiston televideniesi dasturida yaxlit madaniy-ma’rifiy ko’rsatuvlar kam uchraydi. «Bo’ston», «Olamga sayohat», «Ma’rifat», «Vatanni sevmoq iymondandir» kabi madaniy-ma’rifiy ko’rsatuvlar O’zbekiston televideniesi jurnalistlari tomonidan tayyorlansa, chet el telekompaniyalarida ishlab chiqarilgan «Kusto komandasining suvosti sarguzashtlari» (Frantsiya), «Uchinchi sayyora» (Avstraliya), «2000 yildan so’n» (Avstraliya), «Jilovlanmagan Afrika» (Xalqaro jo’g’rofik jamiyat) telefilmlari tarjima qilinib namoyish qilinmoqda. Bu yo’nalishdagi Rossiya davlat programmalariga, xususan, Yuriy Senkeevichning «Sayohatchilar klubi», Vasiliy Peskov va Nikolay Drozdovning «Hayvonotlar olami», Lev Nikolayovning «Pi belgisi ostida» larni kiritamiz. Professor Sergey Kapitsaning muharirligi ostida «Oydinlik – ehtimolga o’rin yo’q» programmasi keyingi jarayonda yuzaga keldi. Pekin britaniyalik hamkorlardan farqli o’laroq fizik olim Kapitsa ko’proq asosiy studiya maydonlarida ish olib bordi. Texnik sabablar natijasida tug’iladigan ta’sir, hayajonli to’qnashuvlar kinomaterialdan tashqari umuman boshqa paytda boshlovchining kinoparchalarini aks ettiruvchi matnlarini yozishga olib keldi. Bunday ko’rsatuvlarda ilhomlantiruvchi ijodiy muqaddimalar yo’k, bular tezda rasm bilan bezalgan lektsiyalar, shuningdek, tartibga solingan televideniening madaniy-ma’rifiy vazifalarini boshqacha saviyada bo’lishiga turtki edi. Download 30.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling