Viii. Televideniening jamiyatdagi ijtimoiy vazifalari. Axborot uzatish vazifasi. Madaniy – Ma’rifiy vazifasi


Download 30.65 Kb.
bet4/7
Sana16.01.2023
Hajmi30.65 Kb.
#1095994
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MzSGEXAubzjxsHqnx1sehlbhHoeEQj14ts44okCo

Integrativ Vazifasi.
Integrativ so’zi birlashtiruv ma’nosini anglatib bu vazifa orqali jamiyatdagi turli millat va elatlarni bir maqsad sari birlashtirishni targ’ib qiladi.
Barcha ommaviy aloqa vositalari, avvalo, televidenie o’z tabiatiga yarasha jamiyatdagi me’yoriy holatlarni qo’llab-quvvatlash uchun o’z ta’sir doirasini kengaytirishga intildi. Kishilarning turli programmalarni muntazam ko’rib borish fakti ularning muayyan birliklari haqida guvohlik beradi, lekin, efirga olib chiquvchi ish jarayonida barchaga alohida e’tiborni his qilgan holda ishlamoq shart. Ko’rsatuvning vazifasi auditoriyaga barcha qimmatli (umuminsoniy, umumxalq va hokazo) qimmatli ma’lumotlarni ochiq ko’rsatish, jamiyatga havf tug’diruvchi qarama-qarshiliklarni, barcha muammolarni hal qilish yo’llarini muhokama qilishidadir.
Ko’rsatuvning efirga uzatilishida qancha keng ko’lamda va rang-barang ma’lumot berilsa, shuncha programmalarga bo’lgan e’tibor kuchayadi, ya’ni auditoriyaning hech biri chetda qolmasligi uchun ahamiyat beriladi. Milliy va diniy xususiyatlardan tashqari odamlarning ijtimoiy-psixologik, yoshidagi tafovutlarga qarab ijtimoiylikka e’tiborberadilar. Bundan tashqari televizion kanallar har bir tomoshabinning dunyodagi barcha yangiliklardan xabardor bo’lishdek ehtiyojlarni, ularning muayyan guruhini, aniq kiziqishlarini hisobga olgan holda qondirishadi.
Integrativ vazifa efirga uzatiladigan televizion publitsistik, sport, san’at, ko’ngil ochar ko’rsatuvlarda o’z ifodasini topmokda. U go’yo televideniening boshqa (axborot, madaniy-ma’rifiy, tashkilotchilik, ma’naviy va hokazolar) vazifalarini o’ziga umumlashtirib, qamrab oladi. Jurnalist uchun televideniening integrativ vazifasini ta’min etishda, avvalo lozim belgi sifatida mavzuga, televizior oldidagi har bir insonga g’amho’rlik tariqasida jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda yondashish talab qilinadi. Ilgari keng tomir yoygan vatandoshlarni jipslashtirish yo’lida jahondagi boshqa millatlar bilan taqqoslashtirish holati (albatta ko’rsatuvlarda) o’tib ketdi; «Biz» va «Ular» vaholanki «Bizda» g’oyaviy yuksakliklar talqin qilinsa, «Ularda» aynan salbiy sifatlar ko’rsatilar edi. G’oyaviy kurashga olib boruvchi bu yo’lni daf etish uchun 1986-87 yillar sobiq Sovet Ittifoqi, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya kabi qator davlatlar bilan teleko’prik o’rnatildi, natijada «Biz» va «Ular» sayyoramizdaga oddiy muloqatdagi hamkor qo’shnilardek his qilina boshlandi.
O’zbekistonda xalqlarning millatlararo munosabati televidenie orqali, tayyorlangan dasturlarda ifodlanishi mumkin. "Xalqaro kanal" deb nomlangan IV kanalda mamlakatimizda yashayotgan turli millatlar tilida birdamlikni ifoda etuvchi ko’rsatuvlar tayyorlanmoqda. SHu bilan bir qatorda tojik, qozoq, qirg’iz tilida tayyorlanayotgan ko’rsatuvlar hajmi oshmoqda.
Ko’rsatuv tayyorlayotgan jurnalist siyosiy jihatidan yetuk bo’lishi bilan birga boshqa millat va davlat manfaatiga zid bo’lgan materiallardan foydalanishga yo’l qo’yilmasligi zarur. Har bir voqea atroflicha, har tomonlama ob’ektiv talqin etiladi.
1993 yil Rossiyada Davlatlararo «Mir» telekompaniyasi tashkil etildi. Bu telekompaniya televideniening integrativ vazifasi ko’lamini kengaytiruvchi va mazmunan axborot madaniyati va ma’naviyatning yagona makonini saqlab qolish ekanligini anglab boryapmiz.

Download 30.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling