Viii. Televideniening jamiyatdagi ijtimoiy vazifalari. Axborot uzatish vazifasi. Madaniy – Ma’rifiy vazifasi


Download 30.65 Kb.
bet6/7
Sana16.01.2023
Hajmi30.65 Kb.
#1095994
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MzSGEXAubzjxsHqnx1sehlbhHoeEQj14ts44okCo

Tashkilotchilik Vazifasi.
Ijtimoiy-pedagogik va boshqaruvchilik vazifasidan farqli o’laroq, televidenie u yoki bu ijtimoiy aktsiya tashkilotchisi bo’lib qolishi mumkin. Bunga misol tariqasida bir shaharning madaniyat saroyida sodir bo’lgan voqeani keltirish mumkin. Uzluksiz translyatsiya qilinayotgan "qiziqarli savollar kechasi" konkursiga minglab odamlar qishki kiyim va valenkalarda kirib kelishdi. Gap shundaki, olib boruvchi kimda kim qishki kiyimda tashrif buyursa uni sovg’a kutishini e’lon qildi. Yozning issiq kunida bunday holatni tasavvur qilavering.
Ayrim xollarda televidenie davlat oldida qandaydir masalani qo’shib uni harakatga keltiruvchi tashkilotchi vazifasini o’taydi. Shahar va tuman doirasida jurnalistning bunday faoliyati ko’rinarliroqdir. Hech qanday sensatsiya va shov-shuvsiz daha va mavze kabel televidenielari bu vazifasini o’z zimmasiga olmoqda. Chunki ular o’z auditoriyasiga yaqin va ular oldida ma’suldirlar (abonentlar uchun). AQShning kichik shaharlarida interaktiv kabel televideniesi sinovdan o’tkazilmoqda. Televizor knopkalari yordamida tomoshabin u yoki bu fikrga o’zining munosabatini, taklifini bildirishi mumkin. Bu kabi tashkilotchilik haqikiy ijtimoiy harakatdir. AQSH tadqiqotchilarining fikriga ko’ra yaqin, orada interaktiv televidenie xokimiyat yig’inlarining barcha masalalarini hal qilishni o’z bo’yniga oladi.
O’zbekiston televideniesida paydo bo’lgan telemarafonlar jamiyatdagi aholining turli qatlamiga o’ziga xos uslubda murojaatlar va tashabbuslarda namoyon bo’lmoqda. Dastlabki telemarafon 1990 yil "Navruz" bayramiga bag’ishlangan bo’lib respublikamiz aholisini bayramga chorlab, ijtimoiy muhofazaga muxtoj kishilar uchun xayriyalar yig’ishni – tashkil etgan edi. Bu xayirli ishga o’nlab – yuzlab jismoniy va yuridik shaxlar baholi qudrat o’z ulushi bilan ishtirok etdi. Bunday telemarafonlar mustaqillikka, "Sog’lom avlod" yiliga va boshqa mavzularda ham tayyorlanmoqda.
Respublikamiz xalqini ogohlik va jasoratga undovchi "Seni hech kimga bermaymiz O’zbekiston" telemarafoni yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta kasb etadi.

Download 30.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling