Вывод отчета на печать Антиплагиат
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
KARIMOV SH
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi
15 3.3.Supachadan sakrash va krol usuli bilan kukrakda va
chalqanchasiga yotib suzganda burilish texnikasini o‘rganish usullari. 75-76 16 3.4.Pedagogik tadqiqot natijalari. 76-77 17 UMUMIY XULOSA 78 TAKLIFLAR 79 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 80-83 4 KIRISH Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasining mustaqillik yillari mobaynida mamlakatimizda xalqning sog’lig’ini mustahkamlashga juda katta ahamiyat berilmoqda, birinchi navbatda o’sib kelayotgan kelajak avlodning jismoniy rivojlantirish va sportga jalb qilish ishlari keng olib borilyapti. Jumladan 2018 yil 22 yanvardagi 5308-sonli Prezident farmoniga muvofiq hamda suv sporti turlari bo‘yicha sport zaxirasi va yuksak mahoratli sportchilarni tayyorlash, suv sporti turlari bo‘yicha bolalar murabbiylarini tayyorlash va seleksiya ishlarini yo‘lga qo‘yish, sport muassasalari murabbiylari va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish Sportning suzish turini yanada shakllanish va rivojlanishi davlatning va unda yashayotgan aholining sog’lig’ini baholovchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi hamda hukumatning sog’lom avlodni shakllantirish masalalariga bo’lgan munosabatni belgilab beradi. Mamlakatimiz kelajagi bo’lajak avlod qanday bo’lib voyaga yetishi, qanday boyliklarni o’zlashtirishi, ularni hayotiy pozitsiyasi qanchalik faol bo’lishi, qanday yuksak maqsadlarga xizmat qilishiga bog’liq ekanligini unutmasligimiz kerak. Biz bolalarimiz qalbi, ularning ma’naviy, axloqiy va jismoniy salomatligi uchun doim faol kurash olib borishimiz kerak. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab sportni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Bu esa o’sib borayotgan yosh avlodni tarbiyalash vositasi sifatida xizmat qiladi. O’zbekiston sportchilari ko’plab xalqaro musobaqalarida qatnashib kelmoqda va ular ichida Jahon chempionati, Osiyo o’yinlari va Olimpiya o’yinlari g’oliblar va sovrindorlari bor. O’zbekistonimizning mustaqillik davrlarida suzish sport turida juda ko’p sport ustalari tarbiyalanib kelmoqda va davlatimizda suzish yuqori darajada rivojlanyotganini amalda ko’rish mumkin. Suzish inson organizmiga har tomonlama ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Buni o’pgina omillar bilan tushintirish mumkin. Avvalombor, suv muhiti va uning organizmga jismoniy, mexanik, 15 5 biologik va harorat ta’siri unda yoqimli hissiyotlar hosil qilib, organizmning barcha tizimlarini funksional rivojlantirish, tayanch-harakat apparatining, yurak- tomir nafas va nerv tizimida turli kasalliklarning oldini olish va tuzalishiga olib keladi. Undan tashqari, biz uchun odatiy bo’lmagan tananing gorizontal holatda bo’lishi va harakatning faolligini aniq chegaralash imkoniyati ham organizmga o’z shifobaxsh ta’sirini ko’rsatadi. Suzishni o’rganishda suvdan qo’rqish va o’z kuchiga ishonmaslik hissini yengish bilan bog’liq jarayondir. Shuning uchun, agar suzishni o’rganish mashg’ulotlari to’g’ri tashkil etilsa, ular insonda dadillik, qat’iy va mardlik kabi xislatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Suzishni o’rganish darslari ko’pincha guruhda bo’lgani sababli, ular do’stlik, birodarlik va jamoatchilik hissiyotlari tashkil topishiga olib keladi. Yaxshi suzish uchun sportchi suzish texnikasini samarali egallagan bo’lish kerak, buning uchun suv ichida tananing holatini his qilishi va tushunish kerak. Keyinchalik esa sportchi kam kuch sarflab masofa-ni iloji boricha tezlik bilan bosib o’tishi kerak. Suzish mashqlari esa suzuvchining texnikasini oshirishga samarali ta’sir ko’rsatadi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling