Вывод отчета на печать Антиплагиат
35 1.3. 10-12 yoshli suzuvchilarning fiziologik xususiyatlari va individual
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
KARIMOV SH
14
35 1.3. 10-12 yoshli suzuvchilarning fiziologik xususiyatlari va individual imkoniyatlarni maksimal amalga oshirish bosqichida suzuvchilarni asosiy saralash va yo`naltirish. Suzuvchilarni saralash va yo`naltirishning to`rtinchi bosqichida ularni maxorat cho`qqisiga erishish ehtimolligi aniqlanadi. Bu davrda suzuvchilarda tegishli motivatsiya, psixologik ishonchlilik darajasi, bellashuv faoliyatini samaradorligi, maxsus tayyorgarlik darajasi, kasalliklar yoki jarohatlarni bor yo`qligi, shuningdek ularni mahorati takomillashuvini jahonning eng sara suzuvchilariga muvofiqligi aniqlanadi. Yuqori mahoratga erishishga intilishni baholash unga sezilarli ta`sir etish mumkin bo`lgan barcha omillar- sportchi yoshi, tayyorgarligi xususiyatlari, salomatlik va organizmni moslanuvchanlik zahiralanishni holati, sportchi oilasida sportga bo`lgan munosabat, uni sheriklari va murabbiylar bilan o`zaro munosabati, ta`lim darajasini hisobga olgan holda amalga oshiradi. Suzuvchi salomatligi holatini baholash chuqurlashtirilgan majmuaviy tibbiy - biologik tekshiruvni nazarda tutadi. Bunda harakat salomatlik holatida mahorat cho`qqisiga erishishga to`sqinlik qiluvchi nuqsonlarni aniqlanadi, balki ularni paydo bo`lish ehtimoli ham tahlil etiladi; oily yutuqlar bosqichida tobora keskinlashib boruvchi tayyorgarlik sharoitida suzuvchini “biologic ishonchliligi”ni har tomonlama baholanadi. Qizlarda 10-11 yoshdan boshlab jinsiy etilish dabri boshlanadi. Gavda uzunligini keskin o’sishi ro’y beradi. Bunga sabab – ichki sekretsiya bezlarining eng muhimi bo’lmish – gipofiz garmonlarini ta’siridir. Mazkur garmonlarning ayrimlari (masalan o’sish garmoni) a’zolar rivojlanishga bevosita ta’sir etsa, boshqalarda masalan gonadotrop garmonlar jinsiy bezlarga ta’sir etib, jinsiy garmonlarni jadal ishlabchiqarilishni olib keladi. Gonadotrop garmonlar jinsiy o’ziga xoslikka ega emas, ya’ni qizlar va o’g’il bolalar organizmida sitnan bir xil garmonlar ishlab chiqariladi. Biroq, erkak organizmida gonadotrop garmon 14 36 erkaklar jinsiy bezi-urug’danga ta’sir etsa, ayol organizmida – ayollar jinsiy bezi tuxumfonlarga ta’sir ko’rsatadi. Bo’yning keskin o’smir boshlanishida qizlarda ham, o’g’il bolalarda ham yuoqori keltirilgan garmonlar umumiy anabolic funksiyani bajaradi – oqsil sintezi, mushak va suyak to’qimasini o’smir hamda rivojlanishning jadallashtiradi. Jinsiy bezlar faoliyati kuchaygan sari umirni jinsiy a’zolar rivojlanishi va etilishi, ikkilanchi jinsiy belgilarni yuzaga kelishi, yog’qatlamigi qayta taqsimlanishi, gavda tuzilishi, qomatni shakillanishiga yo`naltirilgan o`ziga xos ta`siri namoyon bo`la boshlaydi, bunda tadqiqotlar ko`rsatishicha, ayol jinsiy garmonlari (estrogenlar) erkak garmonlari (androgenlar) ga nisbatan suyaklar yetilishi (ossidikatsiya) ga ko`proq darajada yordam beradi. Erkak jinsiy garmonlari, aksincha, suyaklanish jarayonidan ko`ra, ko`proq to`qimalar o`sishini kuchaytiradi. Shuning uchun ham, jinsiy yetilishi jarayonida qizlarni o`sishi o`g`il bolalarga qaraganda tezroq yakunlanadi. O`rtacha suratda rivojlanayotgan o`smir qizlarda gavda uzunligi yil davomidagi maksimal o`sish ko`rsatkichlari 10-12 yoshda qayd etiladi. Shu bilan bir vaqtda, ko`krak kafti aylanasi, tos kengligi, vazn sezilarli ravishda ortadi. O`smirlarning bir qismida bu ko`rsatkichlarni jadal o`sishi bo`yni jadal o`sishi bilan birga davom etsa. Qolgan qismida bo`yni o`sish jadalligi pasayganidan so`ng ro`y beradi. Erta rivojlanish tipidagi qizlarda bo`y o`sishini jadalligi 13 yoshdan so`ng kamaya boshlaydi; 15 yoshda esa to`xtaydi. Nisbatan sekin o`sayotgan qizlarda bo`yni jadal o`sishi 14-15 yoshda boshlanib 17-18 yoshda nixoyasiga yetadi. Muntazam xayz sikli qaror topgach, qizlarda gavda uzunligi kam o`zgaradi. Dastlabki xayz sikli menarxe deb ataladi va o`smir qizlarda o`rtacha xisobda 13 yoshda boshlanadi. Bu xol gavda bo`yi va tos suyaklarini jadal o`sishi bilan birga kechadi. Tos suyaklarini to`liq shakillanishi 16-17 yoshda ro`y beradi. Agar menarxedan oldingi davrda gavda uzunligini o`sishi asosan oyoqlar uzunligini o`sishi xisobiga yuz bersa, menarxe davrida (13 va 16 yosh orasida) 37 tana o`sishi jadalroq kechadi. Gavda proportsiyadagi o`zgarishidan bu xuxusiyatlarini suzish texnikasi bilan ishlashda xisobga olishga to`g`ri keladi. Xayz sikli darxol shakillanmaydi. Uyg`un tarzda jismonan rivojlangan qizlarda menarxe yuzaga kelgandan so`ng bir bir yarim yil davomidagi nomuntazam xayz sikillari mazkur funksiyani meyyorida rivojlanishi deb xisoblanadi. (G.P.Salnikova, 1977)11-12 yoshda yurak qon tomir va nafas olish tizimlari jadal rivojlanadi. Tadqiqotlar ko`rsatishicha (G. Shleyzinger va X. Riger, 1964; M. Miyashit, 1971; D. Kannigem va R. Eynon 1975; A. A. Guminskiy 1976;), sport bilan muntazam shug`ullanish natijasida pubertat davrida yurakni zarb va minutli xajimlari, kislorodni maksimal sarflanishi, kislorod pulsi kabi ko`rsatkichlarni o`sishi kuzatiladi. O`smir sportchilar organizmini aerop imkoniyatlari 13 yoshga kelib, katta yoshli chiniqqan ayol organzmi imkoniyatlari darajasining 80-85% ni tashkil etadi. Keyinchalik organizm chidamliligini ta`minlovchi funksiyalar samaradorligini bu qadar o`sishiga erishib bo`lmaydi. 10-12 yoshda nisbiy mushak kuchi (tana vazni 1kg ga qayta xisoblanadi) jadal o`sish kuchayadi. Mutloq kuch menarxedan so`mg yana bir yil davomida jadal rivojlanishda davom etadi. 12-13 yoshli qizlarda nisbiy mushak kuchi ko`rsatkichlari shu yoshdagi o`g`il bolalar ko`rsatkichlariga yaqinlashadi. Menarxeni yuzaga kelishi bilan pubertat davrni birinchi (o`smirlik) bosqichi yakunlanadi. O`g`il bolalarni jinsiy yetilishi erkak jinsiy garmonlari (asosiy testosteron) ta`sirida ro`y beradi. Bu garmonlarni organizmda xosil bo`lishi 12 yoshdan boshlab kuchaya boradi. Ularda xam, qizlardagi kabi gavda uzunligi jadal o`sish davri kuzatoladi. Maksimal o`sish sur`ati o`rtacha xisobda, qizlardagiga qaraganda 2-2,5 yilga kechroq kuzatiladi. Gavda uzunligini jadal o`sishi (yiliga 8-9 smga) 13-15 yoshga to`g`ri keladi. Keyinchalik o`sish suratlari qiliga 2-3 smgacha sekinlashadi; 17-18 yoshdan boshlab esa sezilarsiz tarzda o`sadi. O`smir bolalarda gavda uzunligini kamroq o`sishi, odatda yuzda tuklar paydo bo`la boshlagan vaqtda kuzatiladi. 6 38 Shu bilan bir vaqtda ko`krak qafasi aylanasi kattalashadi (14 yoshdan boshlab jadal tarzda) mushaklar massasi ko`payadi (13-15 yoshda ayniqsa jadal). Mushak kuchini yakka namoyon bo`lgan tabiiy o`sishi 16-17 yoshda kuzatiladi. Erkak jinsiy garmonlari ayol jinsiy garmonlaridan farqli ravshda, suyaklarning jarayonlaridan ko`ra to`qimalar o`sishini ko`proq rag`batlantiradi. Jinsiy yetilishi davrida o`g`il bolalarda bo`y tanasini uzoqroq kuzatilishi shu bilan tushuntriladi. Natijada o`smir bolalar gavdaning barcha o’lchamlash va mushak kuchi xamda organizmning funksional imkoniyatlari bo`yicha qizlardan o`zib ketadilar. Ularning yuragi va o`pkalari yirikroq; kislorodni maksimal istemoli, qonni kislorod sig`imi, uni mushak faoliyatining zararli moddalarini neytrallash qobilyati qizlarnikiga qaraganda yuqori bo`ladi. Nafas olish va qon aylanish tizimlari samaradorligi hamda unumdorligi ko`rsatkichlarini eng sezilarli tabiiy o`sishi o`smirlarda 13 yoshdan 16-17 yoshgacha qayd etiladi. Bu davr aerob mashqlar yordamida shu tizimlarga yo`naltirilgan pedagogik ta`sir ko`rsatish uchun eng qulay vaqt hisoblanadi. O`smir bolalarda pubertatoldi va pubertat davrlari o`zaro qo`shilib ketadi, hamda o`smir sezilarsiz tarzda yigitga aylanadi. Ko`plab o`smirlarda ikkilamchi jinsiy belgilarni rivojlanishi 12-13 yoshda boshlanadi. G.P. Salnikova ma`lumotlariga ko`ra alohida belgilar paydo bo`luvchi o`rtacha yosh oralig`i quyidagicha: ovoz “sinishi (yo`g`onlashishi) 12 yosh 4 oy; qo`ltiq ostida yuklar paydo bo`lishi 13 yosh 4 oy; yuzda tuklar paydo bo`lishi 14 yosh 2 oy. Bu muddatlarni individual tafovutlari har bir belgi bo`yicha 4-5 yilni tashkil etishi mumkin. Masalan, tezkor suratda rivojlanayotgan o`smirlar 15 yoshda katta yoshli erkaklar ko`rinishiga ega bo`ladi: baland bo`yini, yuzda tuklar yakka namayon bo`lgan va qiqildoq qalqonsimon tog`ati ham turtib chiqqan. Kechroq rivojlanish toifasidagi o`smirlarda bu belgilar 19-20 yoshda batamom rivojlanadi. Ko`rib chiqilayotgan yosh davrining umumiy xususiyatlari qanday? Bazi sport uslubiyatchilari o`smirlik davrini xatar davri deb ataydilar va uni xali yaxshi 39 rivojlanmaganligi haqda so`z yuritadilar. Bunday nuqtayi nazar asossizdir. O`smir sportchi va yoshga xos fizialogiya borasidagi ko`plab ma`lumotlar quyidagicha fikr yuritishga imkon beradi. O`smirlik davri ham yigitlik davri kabi koordinatsiyon murakkab harakatlarni takomilashtirish yuqori toifali suzish texnikasini start va burilishlari har qanday turini nuxna o`rganish; egiluvchanlik, chidamlilikning funksional asoslarini maqsadga yo`naltirilgan holda rivojlanuvchilarni mushaklardagi kuchini reja asosida oshirish uchun katta imkoniyatlar davri hisoblanadi. Shuningdek bu davr sportcha tayorgarlik usullar va vositalarni bir qadar cheklovchi hususiyatlarga ham egadir. Yoshga xos xususiyatlardan biri – to`qima oqsillarni jadal sintezi bo`lib, u ko`p miqdorda quvvat sarflashi bilan kechadi. Xatto tinch holatda ham, oksidlanish jarayonlari o`smirlarda kattalardagiga qaraganda keskin ro`y beradi. Jismoniy yuklamalar o`sayotgan organizmda oqsil sintezini rag`batlantiradi. Lekin, agar organism yuklamalaridan so`ng o`z vaqtida kuchini kayta tiklamagan xolda mashq qilishi munkin emas. Haddan ziyod quvvat sarfi, oqsilli tuzilmalarni izdan chiqunicha olib kelishi mumkin. Bu jarayon organizmni suyuqlanishi vao`sishiga salbiy a`sir ko`rsatadi. Bolalar va o`smirlarni to`g`ri rivojlanishi uchun yuklamalar to`qimalar sintezini rag`batlantirish va organizmni quvvat zaxirasini oshirib kegan. O`smir sportchilar organizmi pubergat oldi davrida va pubergat davri yaqqol nomoyon bo`lgan vaqtda Gipoksiyaga, “so`ngi narsa” gacha tezkormashqlarga kam chidamli bo`ladi. Bunday yuklamalarni qo`llash kuchli toliqishga olib kelishi mumkin. Bu yoshfagi sportchilar o`ta tasirchan va hayajonga beriluvchan bo`lib, yuksak natijalarga erishish istagi ularda kuchli namoyon bo`ladi. Natijada ular o`z kuchlariga haddan ziyod ishonishadi. Indeksiya ham mashg`ulotlarda jismoniy zo`riqish yuzaga olib kelishi mumkin. Ko`p xollarda bunday vaziyatlar surunkali tanzilit yoki burun-xalqali kasaliklariga chalingan o`smir suzuvchilarda kuzatiladi. Davolanishdan so`ng va infeksiya o’g’oti birtaraf egilgach, ishchanlik qobilyati qayta tiklanadi. 40 Murabbiy tomonidan o`smir suzuvchi imkoniyatlarini notog`ri boxolashi ham, jismoniy zo`riqishga sabab bo`lishi mumkin. Ma`lumki, pubertat yoshdagi suzuvchilarda sport natijalarini o`sishi birdan ro`y beradi va nafaqat, bundan avvalgi sportga tayyorgarlik, balki bialogik jarayonlar jadal kechishining natijasi hisoblanadi. Biroq ayrim murabbiylar natijalarini bunday o`sishni o`zlari qo`llayotgan mashq qilish uslubiyatini samaradorligi bilan bog`laydilar va kelgusida jismoniy yuklamalarni sezilarli oshirishga harakat qiladilar. Bunday xatoga, ko`p xollarda, erta rivojlanish xususiyatiga ega. Suzuvchilarga nisbatan ham yo`l qo`yiladi. Shu tariqa tayyorgarlikni jadallashtirish, tezlashtirish sportchini umumiy rivojlantirishga salbiy ta`sir etadi va kelgusi yillarda natijalar turg`unligiga olib keladi. Yakka namoyon bo`lgan erta yoki kech rivojlanishga xos bo`lgan bollar bilan ishlash suvda va quruqlikdagi turli nazorat mashqlarda ularni ko`rsatkichlari o`zgarishini; bu natijalarni biolagik yetuklik darajasiga muvofiqligini diqqat bilan taxlil etishni talab etadi. Salomatlikni mustaxkamlash mashq qilish mashg`ulotdagi ta`lim va dam olish gigienik sharoitlariga rioya qilish haqida g`amxo`rlik qilish pubertat yoshdagi suzuvchilarni bo`lajak sport yutuqlari uchun muxum axamiyatiga ega. O`smir orgonizimini shakillanishi to`liq yakunlanganda va fiziologik funksiyalarni yuqori ishonchlik davri yuzaga kelganda, har tomonlama asosiy tayyorgarlikni mustahkam poydevoriga asos solingach sportchilar uchun mash qilish yuklamalari hajmi va jadalligini sezilarli oshirish o`rinli bo`ladi.To’rtinchi saralash bosqichida suzuvchini psixologik ishonchliligini asosiy mezoni - uni mas`uliyatli musobaqalarda final chiqishlarda yaxshi natijani ko`rsata olishi hisoblanadi. Suzuvchini bellashuv faoliyati samaradorligini baholash uning barcha asosiy tarkibiy qismlari - masofaga suzish bo`laklari, start, burilishlar, maxsus jismoniy tayyorgarlikni baholashni alohida nazorat qilishi; puxta asoslangan, 41 ma`lumotlar sinovlar, shu jumladan, oliy malakali suzuvchilarni funksional tayyorgarlik ko`rsatkichlarini qo`llashni nazarda tutadi. Maxsus texnik tayyorgarlikni baholashda texnikani natijaviyligiga, uning samaradorligini, turg`unligi, variativligi va boshqa asosiy tavsiflarini hisobga olgan holda, asosiy e`tibor qaratiladi; shuningdek harakatning kinematik, dinamik va ritmik xususiyatlarini qayd qilishni zamonaviy uslubiyotlari qo`llaniladi.Suzuvchi mahorati takomillashuvini uning ixtisosligidagi kuchli suzuvchilarnikiga muvofiqligini baholashda turli tipdagi yuqori mahoratni shakillantirish modellari qo’llanilishi mumkin. Bunday modellar sportchilarni ko`pyillik tayyorgarligini oqilona tashkil etish uchun yo`nalishi bo`lib hisoblanadi va ularni istiqbolligini baholash mezoniga aylanadi. Masalan, 100 m. masofaga erkin usulda suzishga ixtisoslashgan erkaklar uchun mahoratni model darajasini hisobga olgan holda, 18 yoshida 51,6 s. dan yomon bo`lmagan natijani ko`rsatgan sportchi kelgusida yuqori natijalarga erishish istiqboliga ega bo`ladi (93% jaxon rekordi) deb aytish mumkin. Olimpiada o`yinlari yoki jahon chempionatida tegishli ixtisoslik namoyon ishtirokini istiqbolini baholashda bunday musobaqalar sovrindorlarini mo`ljallangan natijalarini hisobga olish kerak – 49 s. dan ko`p emas va yirik musobaqalardan oldingi ikki yil ichida natijani o`sishi – 0.5 s. Shu ko`rsatkichlarni hisobga olgan holda aytish mumkinki, yirik musobaqalardan oldingi 2 yil ichidagi natijasi 49,5 s. ko`p bo`lmagan sportchilar muvaffiqatiga erishish imkonini saqlab qoladi. Bir –ikki yil davomida Olimpik o`yinlar yoki boshqa yirik musobaqalarda ishtirok etish uchun ehtimol da`vogorlar imkoniyatlarini baholashda shunga asoslanish kerakki, bir suzish turidagi bo`lajak sovrindorlar, masalan, 50,100 va 200 m. masofaga suzishga ixtisoslashgan erkak suzuvchilar jahonni eng kuchli sportchilarni qatorida bo`lishi kerak; ayollar o`rtasida uzoq masofaga suzish bo`yicha bo`lajak sovrindorlar taniqlilar qatoriga ham kirmagan bo`lishi ham mumkin. 42 Individial imkoniyatlarni maksimal amalga oshirish bosqichi; boshlanishida suzuvchilarni ixtisosligi, odatda aniqlangan bo`ladi, shuning uchun ularni yo`naltirish sportchi uchun eng qulay. Suzish usullari va suzish masofalarini emas, balki bellashuv faoliyati va variantlarini aniqlashtirish bilan bog`liqdir. Xususan, erkin usulda ixtisoslashgan malakali sprinterlarni katta guruhi ishtirokida olib borilgan maxsus tadqiqotlar (Bulgakova, 1996) shuni ko`rsatdiki, 50 m. masofada aynan bir xil natijalarga uchta asosiy yo`l bilan erishish mumkin.50m. masofada erkin usulda suzuvchi yuqori malakali suzuvchilarni bellashuv faoliyati tuzilishi: I- start vaqti (masofani dastlabki 10 metri); II- dastlabki 25 m. ni suzib o`tish vaqti; III- startdan so`ng 30 m. masofani suzib o`tish vaqti; IV – masofani ikkinchi 25 m.ni suzib o`tish vaqti; V - marra bo`lagini (masofani oxrgi 10 metri) suzib o`tish vaqti; VI- 50m.masofadagi natija. 1- Samarali start komponentiga ega suzuvchilar. 2- 2- Masofani bir-xilda suzib o`tgan suzuvchilar. 3- 3- Samarali marrani o`tgan suzuvchilar. -samarali start va masofani birinchi yarimidagi yuqori tezlik hisobiga. -bellashuv faoliyatini barcha asosiy komponentlarini deyarli bir xil darajasi hisobiga. -masofani ikkinchi yarimidagi yuqori tezlik va yaxshi marra hisobiga. Suzuvchilarni bellashuv faoliyatini turli variyantlariga moyilligi ularni morfofunksional xususiyatlari, xususan, organizimni quvvat ta`minotining turli komponentlarini samaradorligi, mushaklarni tuzilishi va funksional xususiyatlari, asab jarayonlarini vazminligi, kuch, harakatchanlik bilan belgilanadi. Suzuvchida shu xususiyatlarni qay darajada namoyon bo`lganiga qarab unga Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling