Вывод отчета на печать Антиплагиат
Ko’krakda kroll usulida cho’zilgan-itariladigan qo’l harakatlari
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
KARIMOV SH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashqning bajarilishi
3.2.Ko’krakda kroll usulida cho’zilgan-itariladigan qo’l harakatlari
Ко’krakda krol usulini samaradorligi tana holatini suv ichida to’g’riligiga bog’liqdir. Ko’krakda krol usulida to’gri suzish uchun sportchi o’z vaznini oldinga ko’chirib, tana holati qiyaroq, boshi esa pastga qaragan holatda bo’lishi kerak. Suv ichida tana holatining eng qulay vaziyatni egallashi va qorin muskullarini samarali ishlashi quyi-dagi mashqlarning maqsadidir. Mashqning maqsadi: -ko’krakda kroll usulida eshish harakatini his qilish; -tirsakni baland holda ushlashni o’rganish, eshish harakatini sifatli bajarishni o’rganish. Mashqning bajarilishi 1- qadam. Suv havzasini devoridan itariling, yuzingiz suv ichida, qo’llaringiz oldinga cho’zilgan, qo’lingiz bilan suv havzasini tubiga qa-rang. 61 Oyog’ingiz bilan ko’krakda krol usulida harakat qiling. 2- qadam. O’ng qo’lingiz bilan ko’krakda krol usulida eshish ha-rakatini bajaring. Qo’lingizni barmoqlaringizdan boshlab suv ichiga shunday tushirinki, qo’lingiz bilan eshish harakati qilganda tanangiz oldinga harakat qilsin. Bilaklaringiz panjalaringiz eshish harakatini da-vom ettirsin va tirsagingizni baland ushlang. Qo’lingiz bilan eshish ha-rakatini bajarganda, qo’lingizni ozgina yonga va pastga harakatlantira-siz va boshlang’ich eshish harakatini bajarsiz. Bu harakatni bajarganin-gizda tirsagingiz qo’lingiz panjasi va yelkangiz bilan bir chiziqda bo’li-shi kerak. 3- qadam. Ushbu harakatni davom ettirish uchun qo’lingiz bilan suvga bosing va orqaga itaring. Eshish harakatini panjangiz bilan tu-gating. Eshish harakati davomida qo’lingiz suvga qilgan bosimni saq-lash uchun o’zingizga kerakli va qulay chuqurlikni tanlab oling. Eshish harakatini oxirida qo’lingiz tekis bo’lishi kerak. Qo’lingiz eshish hara-katini tos suyagida tugatishi kerak va qo’lingizni katta barmog’i tos suyagiga tegishi kerak. 4- qadam. Qo’lingizni suv ustidan o’tkazib dastlabki holatga kel-tiring (oldinga cho’zilgan holatda). Qo’lingiz yelkangizdan o’tgandan so’ng, ikkinchi qo’lingiz bilan eshish harakatini boshlang, qo’lingizni barmoqlaringiz bilan suvga tushiring va panjangiz bilan eshish haraka-tini boshlang, panjangiz ketidan bilagingiz keyin esa yelakangiz hara-kat qilsin. Eshish harakatini qo’lingiz tekislanguncha davom ettiring, tirsagingiz esa yonga qaragan bo’lishi kerak. 5- qadam. Eshish harakatlarini bajarishni davom eting. Tirsa-gingizni yuqori holatda bo’lishiga e’tibor bering. Har bir eshish harakatini tos suyagida tugatishingiz kerakligini esingizdan chiqarmang. 62 1 -rasm. Tirsakni baland ko’tarilgan holati. 2-rasm. Tirsakni pastga tushirilgan olati. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling