Вывод отчета на печать Антиплагиат
«Krol usulida kukrakda va chalqanchasiga yotib suzganda qo‘llar
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
KARIMOV SH
- Bu sahifa navigatsiya:
- S u v d a
«Krol usulida kukrakda va chalqanchasiga yotib suzganda qo‘llar
harakatini nafas olish bilan moslashtirishni o‘rganish». Q u r u q l i k d a ׃ 1. Krol usulida kukrakda va chalqanchasiga yotib suzganda, qo‘llar harakatini nafas olish bilan moslashtirish mashqini suvda bajarib ko‘rsatish. 2. Bundan oldingi dars mavzusi bo‘yicha o‘quvchilardan so‘rash. 58 3. Ikkala usul bilan suzganda, qo‘llar harakatini nafas olish bilan moslashtirishning taxlili. 4. Qo‘llar harakati vaqtida yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatolar taxlili. 5. Qo‘llar harakatini nafas olishga moslashtirish yo‘llari bilan tanishtirish mashqlari: a) Oyoqlarni kerib, oldinga engashish, chap (o‘ng) qo‘l oldinda, ikkinchi qo‘l tizzaga tiraladi-eshkaksimon va tayyorgarlik harakatlarini nafas olish bilan moslashtirish. b) Ana shu dastlabki holatda krol usuli bilan kukrakda suzganda, qo‘llar harakatini nafas olish bilan moslashtirish. v) Tik turgan holda krol usuli bilan chalqanchasiga yotib suzganda, qo‘llar harakatini nafas olish bilan moslashtirish. S u v d a : 1. Suvda bir necha marta nafas chiqarish. 2. Tayanch holatida qo‘llar harakatini nafas olish bilan moslashtirishga o‘rgatish mashqlari: a) Oldinga engashish, chap (o‘ng) qo‘l oldinda, ikkinchisi tizzada-qo‘llar harakatini nafas olish bilan moslashtirish. b) Oldinga engashish, bir qo‘lni oldinga uzatib, ikkinchisini erkin holda pastga tushirish-chap (o‘ng) qo‘l harakatini nafas olish bilan moslashtirish. v) Ana shu dastlabki holatda qo‘llar harakatini 1,5 sikl (3 x 3) orqali nafas olish bilan moslashtirish. g) «b» bo‘limdagi mashqni suv tagida yurib bajarish. 3. Sherigi yordamida qo‘llar harakatini nafas olish bilan moslashtirishga o‘rgatish mashqlari (bir joyning o‘zida turib): 59 a) Kukrak bilan dastlabki holatda turib, ikkala qo‘lni oldinga o‘zatish, chap (o‘ng) qo‘l harakatini nafas olish bilan moslashtirish, dastlabki holatga kelganda,qo‘l harakatini tuxtatish. b) Shu mashqning o‘zini dastlabki holatda qo‘llarni tuxtatmay bajarish. v) Dastlabki holat-chap(o‘ng) qo‘l oldinda, ikkinchisi gavdaga yopishgan holda turadi. Qo‘l yopishgan tomonga boshni burib nafas olish; bir vaqtning o‘zida boshni dastlabki holatga kaytarib, chap (o‘ng) qo‘l quloch otadi, ikkinchisi tayyorgarlik harakatini bajaradi, o‘ngacha sanab lahza qilinadi. Shu harakatlarning o‘zi, lekin nafas olish uchun boshni boshqa tomonga burib, ya’ni har safar qaysi qo‘l gavdaga yopishtirilgan bo‘lsa, boshni o‘sha tomonga burib nafas olinadi va bir vaqtning o‘zida qo‘llarning dastlabki holati almashtiriladi lahzadan so‘ng ana shu tarzda davom ettiriladi. g) Chap (o‘ng) qo‘l harakatini ikkala qo‘l gavdaga yopishtirib turilgandagi dastlabki holatdan boshlab nafas olishga moslashtirish. d) Dastlabki holat ikki qo‘l oldinga uzatiladi, qo‘llar harakatini nafas olish bilan moslashtirish, qo‘llar harakatini galma-galdan almashtirib, dastlabki holatga kelganda, qo‘l harakatini tuxtatish-qo‘l quloch otishga uzatilganda nafas olinadi. e) Krol usulida kukrak bilan suzganda, chap (o‘ng) qo‘l harakati 1.5 sikl orqali nafas olib bajariladi. 4. «d» va «e» bo‘limdagi mashqlarni suv ostida sekin yurib harakat kilayotgan sherigi yordamida bajarish. 5. Tayanchsiz holatda krol usuli bilan kukrakda va chalqanchasiga yotib suzganda, qo‘llar harakatini o‘rganish mashqlarini takrorlash. 6. Tayanchsiz holatda qo‘llar harakati bilan nafas olishni moslashtirishni o‘rganish mashqlari: 60 a) Dastlabki holatdan qo‘llarni oldinga uzatib, chap (o‘ng) qo‘l harakatini nafas olish bilan moslashtirish. Bo‘nda oyoqlar juda sekin ishlashi kerak. b) Shu moslashuvning o‘zini dastlabki holatda qo‘llarni tuxtatmasdan bajarish. v) Chap (o‘ng) qo‘l harakatini nafas olish bilan moslashtirish. g) Dastlabki holat ikki qo‘l oldinga uzatiladi, qo‘llar harakatini nafas olish bilan moslashtirish, qo‘llar harakatini navbat bilan almashtirib, dastlabki holatga kelganda, qo‘l harakatini tuxtatish, oyoqlar sekin ishlaydi. d) Qo‘llar harakatini tanlangan tomonga qarab nafas olish bilan moslashtirish, oyoqlar juda sekin ishlashi kerak. e) Kroll usuli bilan chalqanchasiga yotib suzganda, qo‘llar harakatini nafas olish bilan moslashtirish, oyoqlar juda sekin ishlaydi. j) 1,5 sikl orqali (kukrak bilan suvda yotib) nafas olganda, qo‘llar harakatini nafas olish bilan moslashtirish. 7. Suvda bir necha marta nafas chiqarish. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling