Вывод отчета на печать Антиплагиат


Ko’krakda kroll usulida cho’zilgan-itariladigan qo’l harakatlari


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/38
Sana21.04.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1371192
TuriОтчет
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
Bog'liq
KARIMOV SH

3.2.Ko’krakda kroll usulida cho’zilgan-itariladigan qo’l harakatlari 
Ко’krakda krol usulini samaradorligi tana holatini suv ichida to’g’riligiga 
bog’liqdir. Ko’krakda krol usulida to’gri suzish uchun sportchi o’z vaznini 
oldinga ko’chirib, tana holati qiyaroq, boshi esa pastga qaragan holatda bo’lishi 
kerak. Suv ichida tana holatining eng qulay vaziyatni egallashi va qorin 
muskullarini samarali ishlashi quyi-dagi mashqlarning maqsadidir. 
Mashqning maqsadi: 
-ko’krakda kroll usulida eshish harakatini his qilish; 
-tirsakni baland holda ushlashni o’rganish, eshish harakatini sifatli bajarishni 
o’rganish. 
Mashqning bajarilishi 
1- 
qadam. Suv havzasini devoridan itariling, yuzingiz suv ichida
qo’llaringiz oldinga cho’zilgan, qo’lingiz bilan suv havzasini tubiga qa-rang. 


61 
Oyog’ingiz bilan ko’krakda krol usulida harakat qiling. 
2- 
qadam. O’ng qo’lingiz bilan ko’krakda krol usulida eshish ha-rakatini 
bajaring. Qo’lingizni barmoqlaringizdan boshlab suv ichiga shunday tushirinki, 
qo’lingiz bilan eshish harakati qilganda tanangiz oldinga harakat qilsin. 
Bilaklaringiz panjalaringiz eshish harakatini da-vom ettirsin va tirsagingizni 
baland ushlang. Qo’lingiz bilan eshish ha-rakatini bajarganda, qo’lingizni 
ozgina yonga va pastga harakatlantira-siz va boshlang’ich eshish harakatini 
bajarsiz. Bu harakatni bajarganin-gizda tirsagingiz qo’lingiz panjasi va 
yelkangiz bilan bir chiziqda bo’li-shi kerak. 
3- 
qadam. Ushbu harakatni davom ettirish uchun qo’lingiz bilan suvga 
bosing va orqaga itaring. Eshish harakatini panjangiz bilan tu-gating. Eshish 
harakati davomida qo’lingiz suvga qilgan bosimni saq-lash uchun o’zingizga 
kerakli va qulay chuqurlikni tanlab oling. Eshish harakatini oxirida qo’lingiz 
tekis bo’lishi kerak. Qo’lingiz eshish hara-katini tos suyagida tugatishi kerak 
va qo’lingizni katta barmog’i tos suyagiga tegishi kerak. 
4- 
qadam. Qo’lingizni suv ustidan o’tkazib dastlabki holatga kel-tiring 
(oldinga cho’zilgan holatda). Qo’lingiz yelkangizdan o’tgandan so’ng, ikkinchi 
qo’lingiz bilan eshish harakatini boshlang, qo’lingizni barmoqlaringiz bilan 
suvga tushiring va panjangiz bilan eshish haraka-tini boshlang, panjangiz 
ketidan bilagingiz keyin esa yelakangiz hara-kat qilsin. Eshish harakatini 
qo’lingiz tekislanguncha davom ettiring, tirsagingiz esa yonga qaragan bo’lishi 
kerak.
5- 
qadam. Eshish harakatlarini bajarishni davom eting. Tirsa-gingizni 
yuqori holatda bo’lishiga e’tibor bering. Har bir eshish harakatini tos suyagida 
tugatishingiz kerakligini esingizdan chiqarmang. 


62 
1 -rasm. Tirsakni baland ko’tarilgan holati. 
2-rasm. 
Tirsakni 
pastga 
tushirilgan olati. 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling