Вывод отчета на печать Антиплагиат
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
KARIMOV SH
S u v d a:
1. Suv ichida bir necha marta nafas chiqarish. 2. Tayanch holatida krol usulida kukrak bilan suzganda qo‘llar harakatini o‘rganish uchun mashqlar: a) Oyoqlarni kerish, oldinga engashish, chap (o‘ng) qo‘lni oldinga o‘zatish, ikkinchi qo‘lni tizzaga qo‘yish qo‘llarni dastlabki holatda tutib, chap (o‘ng) qo‘l bilan suzish va suzishga tayyorgarlik harakatlari. b) Shu harakatning o‘zini qo‘llarni dastlabki holatda tuxtatmasdan bajarish. v) Oyoqlarni kerib turish, oldinga engashish, chap (o‘ng) qo‘lni oldinga o‘zatish, ikkinchi qo‘lni erkin holda pastga tushirish. Qo‘llar harakatini o‘rganish uchun dastlabki holat. Ikkala qo‘l bilan galma-gal harakatlar bajarish (erkin nafas olish). g) Shu ikkala mashqni nafas olishni bir oz tuxtatgan holda (yuzni suvga tushirib) bajarish. d) «v» bo‘limdagi mashqni suv ostida gavdani bir oz oldinga engashtirib, asta- sekin yurib bajarish. 3. Sherik yordamida (yurmasdan, bir joyning o‘zida turib) Krol usulida kukrak bilan suzganda qo‘llar harakatini o‘rganish mashqlari: a) Sherik yordamida dastlabki holatdan qo‘llarni oldinga o‘zatish, kukrakni suvga qilib yotish, suzish va suzishga tayyorgarlik harakatlarini qo‘llarni dastlabki holatda tuxtatib, chap (o‘ng) qo‘l bilan bajarish (yuzni suvga tushirish, nafas olishni tuxtatish). b) Shu mashqning o‘zini qo‘llarni dastlabki holatda tuxtatmasdan bajarish. v) Sherik yordamida dastlabki holatdan ikkala qo‘lni yonga yopishtirish suzish va suzshiga tayyorgarlik harakatlarini chap (o‘ng) qo‘l bilan nafas olmay bajarish. 54 g) Sherik yordamida dastlabki holatdan chap (o‘ng) qo‘lni odinga o‘zatish galma-galdan suzish va suzishga tayyorgarlik holatlarini nafas olmay har ikkala qo‘l bilan bajarish. 4. Mashqlarning barcha majmuasini suv ostida asta-sekin yurgan holda sherigi kumagida bajarish. 5. Tayanchsiz holatda turib, qo‘llar bilan harakat qilishni o‘rganish mashqlari: a) Dastlabki holat-sirpanib suzish, qo‘llar oldinga uzatilgan suzish va suzishga tayyorgarlik harakatlarini dastlabki holatda bir oz to‘xtab chap (o‘ng) qo‘l bilan bajarish, nafas olinmaydi, oyoqlar juda sekin harakat qiladi. b) Shu mashqning o‘zini lahzasiz bajarish (qo‘llar dastlabki holatda). v) Dastlabki holatdan ikkala qo‘lni yonga yopishtirish dastlabki holatda qo‘llarni bir pas tuxtatib, tayyorgarlik va suzish harakatlarini chap (o‘ng) qo‘l bilan bajarish, bO‘nda nafas olinmaydi, oyoqlar sekin ishlaydi. g) Shu mashqning o‘zini qo‘llarni dastlabki holatda tuxtatmasdan bajarish. d) Dastlabki holat chap (o‘ng) qo‘l oldinga o‘zatilgan, ikkinchisi gavdaga yopishgan, nafas olinmaydi. Qo‘llarning dastlabki holatini bir vaqtda almashtirish biri suzish harakatini ikkinchisi tayyorgarlik harakatini bajaradi so‘ng lahza, oyoqlar nixoyatda sekin ishlaydi. e) Kukrakni suvga bergan holda ikkala qo‘lni oldinga o‘zatish, navbat bilan suzish va tayyorgarlik harakatlarini bajarish. Bo‘nda, dastlabki holatga kelganda, qo‘llar to‘xtab o‘tadi. j) Krol usuli bilan kukrakda suzganda, qo‘llarning galma-gal harakatini nafas olmay bajarish, oyoqlar juda sekin ishlaydi. 6. Suvda bir necha marta nafas chiqarish. 7. Harakatlanuvchi tayanch (taxta) yordamida oyoqlar harakatini nafas olish bilan moslashtirishni takomillashtirish mashqlari. 8. Tayanchsiz holatda Krol usuli bilan kukrakda suzganda, oyoqlar harakatini nafas olish bilan moslashtirishga o‘rgatish uchun bajariladigan mashqlarni tak- rorlash. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling