Вывод отчета на печать Антиплагиат


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/38
Sana21.04.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1371192
TuriОтчет
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
Bog'liq
KARIMOV SH

Uslubiy ko‘rsatmalar. 
1. Qo‘zg‘almas tayanch oldida oyoqlar harakatini nafas olish bilan 
moslashtirish o‘rganilayotgan paytda, dastlab oyoqlar harakatidan boshlash 
kerak, buni o‘zlashtirib bo‘lgandan keyingina, suvga nafas chiqarish, so‘ngra 
nafas olib, yana shu tarzda mashqni davom etiraverish kerak. Nafas chiqarishni 
tez va to‘xtatmasdan bajarish kerak. 
2. Boshni burayotgan vaqtda tez va chuqur nafas olinadi, oyoqlar harakati 
to‘xtatilmaydi. Bu me’yorlar barcha dastlabki holatlardagi mashqlarga 
ta’luqlidir. 


52 
3. 
Moslashtirish 
mashqlarini 
bajarishga 
yordamlashayotgan 
sherik 
suzuvchining qo‘llari yoniga yopishgan tomonida turib, o‘z o‘rtog‘ining 
moslashuv mashqlarini qanday bajarayotganini ko‘zatib turadi. 
4. Moslashuv mashqlarini tayanchsiz holatda bajarganda ham oyoqlar 
harakatini ham boshlash kerak. Buni o‘zlashtirib olish va sho‘ndan keyingina 
(nafas olish va albatta suvga nafas chiqarishni o‘nutmay) moslashuvni boshlash 
kerak. 
5. Mashqlarni bajarib turib, harakatni nafas olish bilan moslashtirish va buning 
uchun boshni burish kerak bo‘lgan vaqtlarda, bir yonboshdan ikkinchi 
yonboshga «ag‘darilib» olishga ruxsat etiladi. 
6. Mashqlarni harakatdagi tayanch (taxta) bilan bajarishdan oldin o‘quvchilar 
taxta ushlash qoidasi bilan tanishtiriladi: taxtaga tirsaklarni tirab, ikkala qo‘l 
bilan suyanish kerak; yelkalarni tarang qilmay erkin tutish kerak. Taxtaning 
aylana shaklida tekislangan tomoni oldinga qilinib so‘ziladi. 
«Kroll usulida kukrak bilan suzganda qullar harakatini o‘rganish». 
Q u r u q l i k d a : 
1. Krol usulida kukrak bilan suzganda, qo‘llar harakatini suvda bajarib 
ko‘rsatish. 
2. Bo‘ndan oldingi dars mavzusi bo‘yicha o‘quvchilardan so‘rash. 
3. Bu usulda qo‘llar harakati texnikasining taxlilini asoslash. 
4. Oyoqlar harakati nafas olish bilan moslashtirilayotganda yo‘l qo‘yiladigan 
asosiy xatolar taxlili. 
5. Harakat shakllari bilan tanishtirish mashqlari: 
a) Oldinga bir oz engashib, chap (o‘ng) qo‘lni oldinga o‘zatish, ikkinchi qo‘lni 
tizzaga qo‘yib, quloch otish va chap (o‘ng) qo‘l bilan tayyorgarlik harakatlarini 
bajarish, dastlabki holatda qanday turish kerakligini qo‘llar harakatini tuxtatib 
ko‘rsatish. 


53 
b) Oldinga engashish, chap (o‘ng) qo‘lni oldinga o‘zatish, ikkinchi qo‘l erkin 
holda pastga tushirilgan. Krol usulida kukrak bilan suzganda, qo‘llar harakati, 
quloch otish va tayyorgarlik harakatlarini galma-galdan o‘rganish. 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling