Вывод отчета на печать Антиплагиат


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/38
Sana21.04.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1371192
TuriОтчет
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38
Bog'liq
KARIMOV SH

1
1
1


49 
qaratiladi, qo'llar suv tagida galma-gal oldinga uzatiladi, so'ngra xuddi krol 
usulidagi singari eshiladi. Bir qo'l bilan eshganda ikkinchi qo'l suv tagida 
uzatiladi. Qo'llar bilan bir marta eshganda oyoqlar uch marta siltinadi. Qo'l 
bilan ikki marta eshganda bir marta nafas olinadi va bundan keyingi ikki marta 
eshganda nafas chiqariladi. Qo'lni suvdan chiqarmay krol usulida kiyim kiyib 
ham suzish mumkin. 
Suzish sportini rivojlantirishda bu bilan qanoatlanib qolinmadi. Suzish 
uslubiyati, texnikasi, qoidalari borgan sari boyib, turli elementlarni qamrab 
ola boshladi. Natijada bolalarga suzishni o‘rgatishning besh bosqichi taklif 
qilindi. Bu metodikaga ko‘ra, 11-12 yoshli bola 65-mashg‘ulotda suzishning har 
qanday usuli bilan 25-50 m masofani, 9-10 yoshli bola shuncha masofani 85-
mashg‘ulotda bosib o‘ta oladigan bo‘lishi kerak jumladan : 
1. Krol usulida kukrak bilan va chalqanchasiga yotib suzish usullarida oyoqlar 
harakatini nafas olish bilan moslashtirishni suvda bajarib ko‘rsatish. 
2. Har ikkala usul bilan suzganda, oyoqlar harakatini nafas olish bilan 
moslashtirilishining taxlili. 
S u v d a: 
1. Suvda bir necha marta nafas chiqarish. 
2. Ikkinchi darsning 2- bo‘limi mashqlarining barchasini takrorlash. 
3. Ikkinchi darsning 3- bo‘limidagi barcha mashqlarni takrorlash. 
4. Qo‘zg‘almas tayanch yordamida krol usulida kukrak bilan va chalqancha 
yotib suzgan vaqtda oyoqlar harakatini nafas olish bilan moslashtirishga 
o‘rganish mashqlari: 
a) Novni ushlab va qo‘llarni bir oz bukib, qirg‘oqqa
tiragan holda oyoqlar 
harakatini nafas olish bilan moslashtirish boshni suvga tushirib nafas chiqarish, 
suvdan kutarib nafas olish. 
b) Shu moslashuvni qo‘llarni uzatgan holda bajarish. 


50 
v) Shu moslashuvni bir qo‘l bilan qirg‘oqni ushlab turib bajarish. BO‘nda 
nafas olish qaysi tomondagi qo‘llar yonga qilingan bo‘lsa, o‘sha tomonga qarab 
bajariladi. 
g) Shu moslashuvni ikki qo‘lni oldinga o‘zatib novni ushlagan holda nafas 
olish uchun navbat bilan boshni dam o‘ngga, dam chapga, yana o‘ngga va 
xokazo tuxtovsiz bajarish. 
d) Novni ushlagan holda (chalqanchasiga yotib) oyoqlar harakatini nafas olish 
bilan moslashtirish (ikkigacha sanab nafas olish, oltigacha sanab nafas 
chiqarish). 
5. Sherigi yordamida krol usulida kukrak bilan va chalqanchasiga yotib suzgan 
vaqtda, oyoqlar harakatini nafas olish bilan moslashtirishga o‘rganish 
mashqlari: 
a) Sherigiga beldan ushlatib, qo‘llarni yonga yopishtirgan holda suvda yotish. 
Boshni tushirib (nafas chiqarib), kutarib (nafas olib), oyoqlar harakatini nafas 
olish bilan moslashtirish. 
b) Shu moslashuvni nafas olish uchun boshni chap (o‘ng) ga burib bajarish. 
v) Chap (o‘ng) qo‘lni oldinga o‘zatish o‘sha moslashuvning o‘zini nafas olish 
uchun boshni qo‘l yopishtirilgan tomonga burib bajarish. 
g) Sherigi beldan ushlab turganda, qo‘llarni ikki yonga yopishtirib 
chalqanchasiga yotish-oyoqlar harakatini nafas olish bilan moslashtirish: 
ikkigacha sanab nafas olish, turtgacha sanab nafas chiqarish. 
d) Shu moslashuvning o‘zi chap (o‘ng) qo‘l o‘zatilib boshdan oshiriladi. 
e) Shu moslashuvning o‘zi, ikkala qo‘l boshdan oshirib o‘zatiladi. 
6. 2- darsning 9- bo‘limidagi barcha mashqlarni takrorlash. 
7. Tayanchsiz holatda Krol usulida kukrak bilan va chalqanchasiga yotib 
suzganda, oyoqlar harakatini nafas olish bilan moslashtirishni o‘rganish 
mashqlari: 


51 
a) Krol usulida kukrak bilan suzganda, oyoqlar harakati nafas olish bilan 
moslashgan holda bajariladi, qo‘llar yonga yopishgan, bosh nafas olish uchun 
kutarilgan bo‘ladi. 
b) Krol usulida kukrak bilan suzganda, oyoqlar harakatini nafas olishga 
moslanadi, chap (o‘ng) qo‘l oldinga uzatiladi, nafas olish uchun boshni qaysi 
qo‘l gavdaga (yonga) yopishgan bo‘lsa, o‘sha tomonga buriladi. 
v) Krol usulida kukrak bilan suzganda, oyoqlar harakatini nafas olish bilan 
moslashtirilib, qo‘llar oldinga o‘zatiladi, bosh nafas olish uchun suvdan 
ko‘tariladi. 
g) Krol usulida chalqancha yotib suzganda, oyoqlar harakatini nafas olish 
bilan moslashtiriladi, qo‘llar yonga yopishgan bo‘ladi. 
d) Krol usulida chalqancha yotib suzganda, oyoqlar harakatini nafas olishga 
moslashtiriladi, chap (o‘ng) qo‘l boshdan oshirib uzatiladi. 
e) Krol usulida chalqancha yotib suzganda, oyoqlar harakatini nafas olish bilan 
moslashtiriladi, ikkala qo‘l boshdan oshirib o‘zatiladi. 
8. Suv ichida bir necha marta nafas chiqarish. 
9. Tayanch taxta (harakat qiluvchi tayanch) yordamida krol usulida kukrak 
bilan suzish vaqtida oyoqlar harakatini takomillashtirish, bO‘nda nafas olishni 
erkinlashtirish. 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling