Musobaqaning yopilish marosimi
Musobaqada ishtirok etuvchi barcha jamoalar o‘yinlari yakunlanganidan so‘ng musobaqaning yopilish marosimi o‘tkaziladi. Musobaqaning yopilish marosimida g’olib va sovrindor jamoalar (ayrim hollarda barcha jamoalar) ishtirok etadi.
Musobaqaning yopilish marosimi ham maxsus ssenariy asosida o‘tkaziladi. Senariyda belgilangan dastur yakunida Davlat bayrog’i tushiriladi va musobaqa yopiq deb e’lon qilinadi.
Musobaqaning yakuniy natijalari va tashkiliy ishlarning saviyasi bo‘yicha rasmiy hisobot tuziladi va ushbu hisobotning nusxalari har bir jamoa vakillariga taqdim etiladi (ilovalarda mavzuga doir andozalar berilgan).
Musobaqa Nizomi
(O‘zbekiston Chempionati misolida)
Chempionatning maqsadi va vazifalari
- O‘zbekistonda voleybolni yanada ommalashtirish;
- voleybolni rivojlantirish va jamoalarning sport mahoratini oshirish;
- mamlakat yagona sport tasnifi talablariga muvofiq voleybolchilarga sport razryadlarini rasmiylashtirish;
- kuchli klublarni aniqlash va Osiyo musobaqalarida ishtirok etish uchun mamlakat terma jamoasini tuzish.
Musobaqaga rahbarlik qilish
Musobaqalar FIVB – Halqaro voleybol Federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan rasmiy qoidalar bo‘yicha o‘tkaziladi. O‘yinlarda «Mikasa» firmasining MVP 200 rangli to‘plari qo‘llaniladi.
Musobaqaga rahbarlik qilish mas’uliyati O‘zbekiston voleybol federatsiyasiga yuklatiladi.
Musobaqa o‘yinlarini Respublika hakamlar uyushmasi tomonidan tasdiqlangan hakamlar guruhi boshqaradi. Musobaqaning bosh hakami vazifasiga – milliy toifadagi hakam ........... tayinlanadi.
Jamoalarni qabul qilish, joylashtirish va musobaqa o‘tkazish joylarini tayyorlash musobaqa o‘tkazilayotgan shahar klubi zimmasiga yuklatiladi.
Mehmonxona, ovqatlanish va safar xarajatlari muvofiq jamoa-klublari tomonidan qoplanadi.
Musobaqa o‘tkazish joyi va vaqti
Chempionatni o‘tkazish tartibi, tizimi, joylari va vaqti ishtirokchi jamoalar soniga qarab chempionatdan 1 oy oldin e’lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |