Voleybo L musobaqa qoidalari,ularni tashkil etish va o‘tkazish


Download 1.01 Mb.
bet6/40
Sana23.12.2022
Hajmi1.01 Mb.
#1048806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
valiybolllll

Musobaqa ishtirokchilari
Chempionatda klublar jamoalari, ko‘ngilli sport jamiyatlari, tashkilot va korxonalar, viloyatlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent shahar terma jamoalari ishtirok etishi mumkin.
O‘zbekiston voleybol Federatsiyasining ijroiy qo‘mitasi qaroriga muvofiq chempionatda ishtirok etish istagini bildirgan jamoalar O‘VF hisob raqami ............ ga ............ so‘m miqdorida a’zolik badali uchun mablag’ o‘tkazishlari lozim. Chempionatda ishtirok etishni tasdiqlovchi xabarnoma ....... yil ...... oktabrgacha taqdim etilishi shart. Ushbu muddatdan kech taqdim etilgan xabarnoma qabul qilinmaydi va jamoa chempionatda ishtirok etish huquqidan mahrum qilinadi.
Chempionatda ishtirok etish huquqini olgan jamoa tarkibi 22 kishi, shu jumladan 18 nafar o‘yinchilar, 2 ta murabbiy, shifokor va jamoa rahbaridan iborat bo‘lishi mumkin.
Jamoa tarkibiga ko‘pi bilan 2 nafar chet el o‘yinchilari federatsiya ruxsati bilan jalb qilinishi mumkin.
Natijalarni aniqlash
Chempionatda jamoalarni guruhlarga bo‘linishi yoki bo‘linmasligi ishtirokchi jamoalar soniga qarab belgilanadi. Musobaqalar va ishtirokchi jamoalar sport bazasida «tur» shaklida aylanma tizim bo‘yicha o‘tkaziladi. Chempionat jadvalidagi o‘rinlar barcha turlarda o‘tkazilgan o‘yinlarda to‘plangan ochkolar yig’indisiga qarab aniqlanadi. G’alaba uchun jamoaga 2 ochko, mag’lubiyat uchun 1 ochko, o‘yinga kelmaganligi uchun 0 ochko beriladi.
Ikki yoki undan ortiq jamoalar bir xil ochkolar sonini to‘plagan bo‘lsa, o‘rinlar quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
a) barcha uchrashuvlardagi partiyalar nisbati;
b) barcha uchrashuvlardagi to‘plar (hisob) nisbati;
v) o‘zaro uchrashuvlardagi partiyalar nisbati;
g) o‘zaro uchrashuvlardagi to‘plar (hisob) nisbati.
Agar qaysi bir jamoa uchrashuv davomida o‘yinni davom ettirishdan voz kechsa, u chempionatda ishtirok etish huquqidan mahrum qilinadi, barcha uchrashuv natijalari bekor qilinadi va unga O‘VDning «Intizom Kodeksi»ga muvofiq jarima choralari ko‘riladi. Ushbu jamoaga qarshi uchrashuv o‘tkazgan barcha jamoalar 3:0 (25:0; 25:0; 25:0) hisobida g’olib deb topiladi.
Agar biror-bir jamoa chempionatda o‘tkaziladigan barcha o‘yinlarning yarmidan kamiga kelgan bo‘lib, keyingi biror-bir turga kelmasa, ushbu jamoaga ham yuqorida qayd etilgan tartibda jarima choralari ko‘riladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling