Voleybolchilarni jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi


Yugurish elementlari bor o‘yinlar


Download 220.5 Kb.
bet12/14
Sana07.05.2023
Hajmi220.5 Kb.
#1436964
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
YOSH VOLEYBOLCHILARNI TAYYORLASHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI

Yugurish elementlari bor o‘yinlar.
Yugurish estafetasi
О‘yin joyi, jihozlari. Maydoncha, zal, uchta chillak.
O‘yinga tayyorgarlik. O‘yinchilar uch jamoaga bo‘linib, maydonda “P” harfi shaklida saflanadilar. Maydonning bir tomoniga start chizig‘i chiziladi. Undan 15-20 metr nariga orasi 1,5 metrdan qilib uchta chillak qo‘yiladi.
O‘yinning borishi. Rahbarning signali berilgach, jamoaning birinchi o‘yinchilari startdan yugurib chiqadilar, ro‘paradagi chillaklarni aylanib, so‘ng o‘ng tomondan orqalariga qaytadilar va startda turgan navbatdagi o‘yinchilarning kaftlariga qo‘llarini tekkazadilar va o‘z joylariga borib turadilar. Navbatdagi o‘yinchilar ham o‘yinni xuddi shu tarzda bajaradilar. O‘yin 2-3 marta qaytariladi. Yugurishni boshqalarga nisbatan oldinroq bajargan jamoa o‘yinda g‘alaba qiladi.
O‘yin qoidasi. O‘yinchilar ro‘paralaridagi chillaklarni aylanib yugurishlari shart.
Bo‘sh joy
O‘rin joyi. Maydoncha, zal, yo‘lak, xona.
O‘yinga tayyorgarlik. O‘yinchilar oralari yarim qadam masofada qo‘llarini orqalariga qilib doiraga joylashadilar, boshlovchiesa doira tashqarisiga joylashadi.
O‘yinning borishi. Boshlovchi doira atrofida yugura turib o‘yinchilarning birontasiga qo‘lini tekkizadi va yugurishni davom ettiradi. Boshlovchining qo‘li tekkan o‘yinchi qarama – qarshi tomonga yugurishi lozim. Ikkala o‘yinchi ham doirani bir aylanib, chiqib, bo‘sh joyni egallashga harakat qiladilar. Bunda yo‘lda uchrashgan o‘yinchilar qo‘l berib ko‘rishishlari yoki sharga ko‘ra biron boshqa harakatlarni bajarishlari mumkin. Joysiz qolgan boshlovchi vazifasini bajaradi.
O‘yin qoidasi.
1. Doira bo‘ylab yugurayotgan o‘yinchilarga hyech kim kelishilgan shartdagidan tashqari harakatlar qilib xalaqit bermasligi lozim.
2. Yo‘lda uchrashgan o‘yinchilar oldindan kelishilgan harakatlarni bajarishlari shart.


Yugurish, sakrash estafeta bor o‘yinlar
Yuqoriga sakrash estafetasi
O‘yin joyi, jihozlari. Maydoncha, zal, 3-5 ta bayroqcha, uzunligi 3 metrga teng arqoncha.
O‘yinga tayyorgarlik. O‘yinchilar 6-8 tadan bo‘lib jamoalarga saflanadilar. Birinchi o‘yinchilarning ro‘paralariga bittadan bayroqcha qo‘yiladi. Start chizig‘i bilan bayroqchalar orasida eni 1,5 metrga teng yo‘lak ajratiladi.
O‘yinning borishi. Rahbarning signalidan keyin jamoalarning birinchi o‘yinchilari yugurib chiqadilar, yo‘lak ustidan sakrab, o‘z bayroqchalarini aylanib o‘tadilar. Qaytishda yana yo‘lak ustidan ikkinchi marta sakrab o‘tib, navbatdagi o‘yinchi bilan arqonchani noldan 30-40 sm balandlikda tutgan holda qatordagi o‘yinchilarning oyoqlari tagidan o‘tkazadilar. Bunda o‘yinchilar oyoqlarini bukib, arqoncha ustidan sakrashlari lozim. Shundan so‘ng birinchi o‘yinchi qator oxirida qoladi, ikkinchi o‘yinchi esa arqoncha bilan oldinga yugurib chiqib, mashqni bajaradi. Orqasiga qaytib kelgan ikkinchi o‘yinchi endi uchinchi o‘yinchi bilan arqonchani qatordagi o‘yinchilarning oyoqlari ostidan o‘tkazadi va hokozo. Navbat yana qaytib birinchi o‘yinchiga kelganda u arqonchani yuqoriga ko‘tarib, mashq tugaganini bildiradi.
O‘yin quyidagi variantda qaytarilishi mumkin. Yugurib kelgan o‘yinchilar arqonchani o‘yinchilarning oyoqlari tagidan o‘tkazish o‘rniga uni start chizig‘i ustidan tutib turadilar. Bunda jamoaning o‘yinchilari yugurib kelib, “qadamlash” usuli bilan arqoncha ustidan sakrab o‘tishlari lozim.
O‘yin qoidasi.
1. arqoncha tegib ketgan va yo‘lakni bosib o‘tgan o‘quvchining jamoasiga jarima ochko beriladi.
2. Belgilangan sakrash usulini bajarmagan o‘quvchi ham jarima ochko oladi.



Download 220.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling