Volume ǀ issue ǀ 2021
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
2-2. 119. 711-719
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 718 8-rasm C nuqta c nurda MX kesmadan tashqarida yotsin va C 1 nuqtani egallagan bo’lsin. U holda AXM burchak XAC 1 uchburchakka nisbatan tashqi burchak bo’ladi, shuning uchun u MC 1 A burchakdan katta. MXB burchak XBC 1 uchburchakka nisbatan tashqi burchak va shuning uchun u MC 1 B burchakdan katta. Biroq bu holda MXA va MXB burchaklarning gradus o’lchovlari yig’indisi MC 1 A va MC 1 B burchaklarning gradus o’lchovlari yig’indisidan, ya’ni 180 0 dan katta, buning esa bo’lishi mumkin emas. Shunday qilib, C nuqta MX kesmada yotishi mumkin emas va XM nurga to’ldiruvchi nurda ham yotishi mumkin emas. Yagona hol: C nuqta X nuqta bilan ustma-ust tushishi qoldi. Biroq bu holda uchta A, B va C nuqta bitta to’g’ri chiziqda yotadi. Demak, shartda aytilgan figura to’rtburchak emas. (Masalani yechayotganda biz quyidagini isbotlaganimizni aytib o’tamiz: CM nurdan turli tomonlarda gradus o’lchovlari yig’indisi 180° ga teng MCA va MCB burchaklar qo’yilgan bo’lsa, u holda ular qo’shni burchaklardir.) XULOSA Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, maqolada masalalar yechish jarayonida yechimni topish maqsadida qanday tahlil qilish kerakligi, geometriyani о‘rganayotganda о‘xshashlikdan, umumlashtirishdan, konkretlashtirishdan qanday foydalanish kerakligi kо‘rsatilgan. Bunday bilimga ega bо‘lmasdan turib notanish masalalarni yecha olish va geometriyani muvaffaqiyat bilan о‘rganish mumkin emas. Bir qator hollarda qiyin teoremalarning isbotlarini qanday о‘zlashtirish va yodda saqlab qolish haqida maslahatlar beriladi. Maqoladagi masalalar bir qator hollarda geometriya darsligida berilgan masalalardan qiyinroq. Maqolada geometriya darsligi materiali doirasidan chetga chiqadigan material ham bor. Biroq bu material baribir darslik materialiga yaqin bo’lib, bevosita undan foydalaniladi, uni yaxshiroq o’zlashtirishga yordam beradi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling